Xalqaro futbol tarixi va statistikasi federatsiyasi (IFFHS) so‘nggi o‘n yillikning eng yaxshi darvozabonlari reytingini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, “Bavariya” klubi va Germaniya terma jamoasi posboni Manuel Noyer birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Keyingi o‘rinlarga Janluiji Buffon (“Yuventus”, Italiya) va Tibo Kurtua (“Real”, Belgiya) joylashdi.
So‘nggi o‘n yillikning eng yaxshi darvozabonlari top-10 ligi:
1. Manuel Noyer
2. Janluiji Buffon
3. Tibo Kurtua
4. Ugo Lyoris (“Tottenhem”, Fransiya)
5. Keylor Navas (PSJ, Kosta-Rika)
6. Yan Oblak (“Atletiko”, Sloveniya)
7. Petr Chex (“Chelsi”, Chexiya)
8. Mark-Andre ter Shtegen (“Barselona”, Germaniya)
9. David De Xea (“Manchester Yunayted”, Ispaniya)
10. Iker Kasilyas (“Real”, Ispaniya)
- Futbolda so‘nggi o‘n yillikning eng yaxshi terma jamoa murabbiylari aniqlandi
- IFFHS so‘nggi 10 yillikning eng yaxshi pleymeykerlari o‘nligini e’lon qildi. Messi yetakchi, Modrich va Kroos top-5 likda
- IFFHS talqiniga ko‘ra 2020-yil ramziy terma jamoasi e’lon qilindi
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)