13-yanvar kuni dunyoning turli burchaklaridan olingan eng qiziqarli suratlar jamlanmasini taqdim etamiz.

Angliyaning Sixem hududida quyosh botishi.

Foto: Reuters

Nepalning Katmandu shahrida parlamentni tarqatib yuborishga qarshi namoyishchilar politsiya tomonidan ushlandi.

Foto: Reuters

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Telegram’da rasmiy kanalini ochdi. U o‘zining birinchi postida messenjerda akkaunt ochganini ma’lum qilgan va mushukning suratini joylashtirgan.

Foto: Telegram / Rajab Toyyib Erdo‘g‘on

Hindistonning Chennay shahrida Hosil bayramini nishonlash doirasida ko‘chada yoqilgan gulxan atrofida nog‘ora chalayotgan bolakay.

Foto: AFP

Hindistonning Mumbay shahridagi Dxaravi xarobalarida ishlayotgan kulolning qo‘llari va uning mehnat namunasi.

Foto: AFP

Xitoyning Xuayan hududida Pekin-Hanchjou katta kanalida ko‘mir olib o‘tayotgan kemalar.

Foto: Rex

Indoneziyaning Bandung hududida muzlatkichdan COVID-19’ga qarshi vaksinalarni olayotgan tibbiyot xodimi.

Foto: AFP

Pokistonning Karachi hududida eski poyabzallarni qayta ishlash uchun yig‘ayotgan ishchi.

Foto: AFP

Saudiya Arabistonining Neom hududida “Dakar rallisi” davom etmoqda.

Foto: AFP

AQShning Vashington shahridagi Kolumbiya okrugida tabiat himoyachilari Kapitoliydagi “Missisipining ochilishi” surati chetlarini tozalamoqda.

Foto: Getty Images

Toshkentda masofa saqlamaslik oqibatida 5 ta avtomobil to‘qnashdi. 

Foto: YHXBB matbuot xizmati

Xitoyning Pekin shahridagi Beygun o‘rmon bog‘ida muzlab qolgan ko‘l.

Foto: Rex

Suriyaning Idlib shahrida muhojirlar lagerida isinib o‘tirgan bolalar.

Foto: Getty Images

Hindistonning Assam hududida qishloq aholisi Hosil bayramini nishonlash doirasida umumiy baliq ovida ishtirok etmoqda.

Foto: AFP

Uganda ko‘chalarida boshida ananaslar bog‘ini ko‘tarib olgan ayol.

Foto: Reuters

Shri-Lankada ko‘cha ovqati sotuvchisi xaridorlarini kutmoqda.

Foto: Reuters

Muhojirlar Bosniyadagi qochoqlar lagerida tushlik tayyorlamoqda.

Foto: Reuters

Moldova prezidenti Mayya Sandu Ukrainaning Kiyev shahriga tashrif buyurib, o‘zining ilk rasmiy safarini amalga oshirdi.

Foto: Reuters

Janubiy Koreyadagi shifoxonalardan birining tibbiyot xodimlari qorparchalarni ko‘rib quvonmoqda.

Foto: Reuters

AQSh prezidenti Donald Tramp Meksika bilan chegaradagi ta’mirlangan devor qismini borib ko‘rdi.

Foto: Reuters