“Borussiya D” hujumchisi Erling Holand Bundesligadagi jami gollari sonini 25 taga yetkazib oldi.
Ushbu natijaga 20 yoshli futbolchi 25 ta o‘yinda erishdi. Bu orqali norvegiyalik vunderkind top-5 ligalarda 25 ta gol urish borasida XXI asrdagi eng tezkor natijani qayd etdi. Bu borada Holand Zlatan Ibragimovich (PSJ safida) va Kevin Fillipsning (“Sanderlend”) rekordini yangiladi.
Quyida top-5 ligalar klubida dastlabki 25 ta golni urishga eng kam o‘yin sarflagan futbolchilar top-10 ligi bilan tanishing:
- Erling Holand (“Borussiya D”) — 25 ta o‘yin
- Zlatan Ibragimovich (PSJ) — 26
- Kevin Fillips (“Sanderlend”) — 26
- Neymar (PSJ) — 27
- Krishtianu Ronaldu (“Real Madrid”) — 27
- Diyego Milito (“Jenoa” / “Inter”) — 33
- Andrey Shevchenko (“Milan”) — 33
- Luka Toni (“Bavariya”) — 33
- Aryen Robben (“Bavariya”) — 34
- Fernando Torres (“Liverpul”) — 34
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)