Samarqand viloyat maktabgacha ta’lim boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Dilfuza Azizova Samarqand tumani hokimiga o‘rinbosar etib tayinlandi. Bu haqda “Daryo”ga tuman hokimligi axborot xizmati xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, Samarqand tumani hokimining 2021-yil 11-yanvardagi qaroriga asosan Azizova Dilfuza Erkinovna tuman hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan.
Qo‘shimcha qilinishicha, Dilfuza Azizovaga qadar mazkur lavozimda Zebiniso Shodiyeva ishlab kelgan. Zebiniso Shodiyeva Samarqand viloyat xalq ta’limi boshqarmasiga rahbar etib tayinlanganidan so‘ng ushbu lavozim bo‘sh turgan edi.
Izoh (0)