Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Samarqand va Surxondaryo viloyat xalq ta’limi boshqarmalariga yangi rahbarlar tayinlandi. Bu haqda “Daryo” muxbirlari xabar berdi.

Zebiniso Shodiyeva.

Zebiniso Shodiyeva.
Foto: “Daryo”

“Daryo”ning Samarqand viloyatidagi muxbiri Farhod Norbo‘tayevning xabar berishicha, 21-dekabr kuni viloyat hokimligida Erkinjon Turdimov hamda xalq ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari Usmon Sharifxo‘jayev ishtirokida xalq ta’limi sohasida amalga oshirilayotgan ishlarning natijalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tgan.

Yig‘ilishda tashkiliy masala ham ko‘rilgan. Shu vaqtga qadar Samarqand tumani hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida faoliyat olib borgan Zebiniso Shodiyeva viloyat xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlangan. Avvalgi rahbar Saidahmad Usmonov esa nima sababdan ishdan olinganligi ma’lum qilinmagan.

Surxondaryo viloyat hokimligi axborot xizmati rahbari Zahiriddin To‘rayevning ma’lumot berishicha, Surxondaryo viloyat xalq ta’limi boshqarmasiga ham ayol rahbar tayinlangan.

Aytilishicha, bugun, 21-dekabr kuni xalq ta’limi vazirligining Kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish bo‘limi bosh mutaxassisi lavozimida ishlab kelgan Suluv Hamidova viloyat xalq ta’limi boshqarmasining yangi rahbari sifatida tanishtirilgan.

Suluv Hamidova.

Suluv Hamidova.
Foto: Surxondaryo viloyat hokimligi

Ma’lum qilinishicha, Suluv Hamidova 1969-yil Sho‘rchi tumanida tug‘ilgan bo‘lib, 1990-yilda Toshkent xalq xo‘jaligi institutini tamomlagan.

Iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent Suluv Hamidova mehnat faoliyati davomida Termiz davlat universiteti o‘qituvchisi, katta o‘qituvchisi, moliya-iqtisodiyot fakulteti dekani o‘rinbosari, Termiz tumanidagi Yangiariq qishloq xo‘jalik kasb-hunar kolleji direktori, TerDU qoshidagi Termiz akademik litseyi direktori, “Adolat” sotsial demokratik partiyasi viloyat Kengashi raisi, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti dotsenti lavozimlarida ham ishlagan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Madaniyat
Instagram: Ustozlarini tabriklayotgan mashhurlar, onasiga qo‘shni bo‘layotgan Nilufar Usmonova, Ziyodaning volidasiga atalgan syurprizi
Sport
A Seriya. “Roma” Eldor Shomurodov maydonga tushmagan o‘yinda “Inter”ni mag‘lub etdi
Dunyo
Nikaragua hukumati Niderlandiya bilan diplomatik munosabatlarni uzdi