Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Rossiyada yanvar oyining ilk haftalarida koronavirusga chalinish holatlari ko‘payishi kutilmoqda. Bu haqda infeksionist va “Lider-Meditsina” tibbiyot markazi bosh shifokori Yevgeniy Timakov ogohlantirdi, deb yozadi “RBK”.

Foto: “RBK”

Foto: “RBK”

Uning “RIA Novosti”ga aniqlik kiritishicha, ta’til chog‘ida odamlar bir-biri bilan ko‘proq muloqot qiladi, bu esa kasallanganlar soni oshishiga olib keladi.

Shifokorning fikricha, Moskvadagi vaziyat yanvar oxiriga kelib barqarorlashadi. Butun mamlakat darajasidagi barqarorlashuv bir oydan keyin, fevral oxiriga kelib yuz beradi, deb hisoblaydi ekspert.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ayni paytda kasallanish bilan bog‘liq vaziyat keskin, ammo barqaror.

Yana bir infeksionist, tibbiyot fanlari doktori Nikolay Malishev ham shu fikrda. U ta’tildan keyin Moskvani COVID-19’ga chalinish holatlarining ko‘payishi kutmoqda, degan fikrda. “Odatda qishki ta’tildan keyin o‘sish yuz beradi. Ta’til chog‘ida esa kasallanish pasayadi. Bu ko‘p yillar davomida respirator kasalliklar va gripp ustidan olib borilgan kuzatuvlarga asoslanadi”, — dedi u “RIA Novosti”ga.

Vaksinatsiya kampaniyasining kengayishi bilan poytaxtda virusga qarshi kurashda muvaffaqiyatlarni kutish mumkin, dedi Malishev.

Ammo “RBK” suhbatlashgan ekspertlar kasallanish holatlari bayramlar fonida o‘sishini qat’iy prognoz qilmadi, buni epidemiologik jarayonlarga ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan ko‘p sonli omillar bilan izohladi.

“Umumiy mulohazalardan kelib chiqib aytadigan bo‘lsak, kasallanish bayramlardan keyin o‘sadi deb hisoblamaslik uchun hech qanday asoslar yo‘q. Chunki muloqotlar qanchalik ko‘p bo‘lsa, kasallanish o‘sishining imkoniyatlari shunchalik ko‘p bo‘ladi, — deb hisoblaydi virusolog, MDU professori, biologiya fanlari doktori Aleksey Agranovskiy. — Ikkinchi tomondan, hammasi bunday oddiy emas. Axir ko‘p odamlar uyda o‘tiribdi va bu muloqotlar soni pasaygan. Ammo odamlar baribir yig‘ilishgan. Yuz foizlik ehtimol bilan bayramlardan keyin kasallanish ko‘rsatkichi ko‘tariladi deb aytib bo‘lmaydi”. Ekspert u o‘zgarishsiz qolishi mumkinligini aytdi, ammo pasaymasligiga ishonch bildirdi.

Sankt-Peterburg vitse-gubernatori Yevgeniy Yelin esa shahar hukumati Yangi yil bayramlari tugaganidan keyin koronavirus infeksiyasi tarqailishining uchta yangi to‘lqinini kutayotganini aytdi.

“Bayramlar tugaganidan keyin uchta yangi to‘lqinni kutyapmiz: ko‘ramiz, Yangi yildan keyin, Rojdestvodan keyin va odamlar ta’tildan qaytgandan keyin nima bo‘larkan?”, — dedi u.

Yelinning so‘zlariga ko‘ra, “bayramlar effekti” tufayli, Peterburgda koronavirusga chalingan odamlar 30 foizga kamroq kasalxonaga yota boshladi, chunki bu kunlarda odamlar uyda davolanishni afzal ko‘radi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
General Pyotr Pavel Chexiyaning yangi prezidenti etib saylandi
Dunyo
Amerikadagi rus mafiyasi boshlig‘iga aylanib, Rossiyada o‘lim topgan “qonundagi o‘g‘ri” — “Yaponchik”. Kun xronologiyasida 29-yanvar
Mahalliy
“O‘tgan yil davomida ichki ishlar xodimlari bilan bog‘liq 644 ta salbiy video tarqalgan” — Shohrux G‘iyosov