Adham Eshchonov Moliya vazirligi Ta’lim, fan va madaniyat tarmoqlarida budjet siyosati departamenti direktori lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Moliya vazirligi axborot xizmati xabar berdi.
Adham Eshchonov 1988-yil Xorazm viloyati Urganch shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy, 2011-yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti bakalavriati, 2013-yilda ushbu universitetning magistraturasini tamomlagan.
Mehnat faoliyatini 2013-yilda Moliya vazirligi Ijtimoiy soha va fanni moliyalashtirish bosh boshqarmasi Oliy ta’lim va fanni moliyalashtirish bo‘limi 1-toifali iqtisodchisi sifatida boshlagan.
2016—2017-yillarda Moliya vazirligi Ijtimoiy soha va fanni moliyalashtirish bosh boshqarmasining Oliy ta’limni moliyalashtirish bo‘limi yetakchi iqtisodchisi, 2017—2018-yillarda Moliya vazirligi Ijtimoiy soha va fanni moliyalashtirish bosh boshqarmasi Umumta’lim muassasalarini moliyalashtirish bo‘limi bosh iqtisodchisi, 2018—2020-yillarda Moliya vazirligi Ijtimoiy soha va fanni moliyalashtirish bosh boshqarmasi Umumta’lim muassasalarini moliyalashtirish bo‘limi boshlig‘i, 2020—2020-yillarda Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi Inson kapitalini rivojlantirish departamenti direktori o‘rinbosari sifatida faoliyat yuritgan.
U tayinlovga qadar Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi Innovatsion va raqamli iqtisodiyotni hamda xizmatlar sohasini rivojlantirish departamenti direktori bo‘lgan.
Avvalroq Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga yangi rahbar tayinlangani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Izoh (0)