Shavkat Mirziyoyev 29-dekabr kuni parlamentga murojaat bilan chiqish chog‘ida kelgusi yilda mamlakatga 23 milliard dollar qiymatdagi investitsiyalarni o‘zlashtirish vazifasi qo‘yilganini ma’lum qildi. Natijada 2021-yilda 226 ta yirik sanoat va infratuzilma obyektlari ishga tushiriladi.
Jumladan, Navoiy kon-metallurgiya kombinatida 2 ta yirik metallurgiya zavodi, Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida texnogen rudani qayta ishlash zavodini ishga tushirish rejalashtirilgan.
Prezidentning aytishicha, butun respublika bo‘yicha to‘qimachilik, qurilish materiallari, charm-poyabzal, oziq-ovqat va farmatsevtika tarmoqlarida yuzlab yangi ishlab chiqarish quvvatlari barpo etiladi. Birgina Toshkentdagi Yashnobod texnoparkida yana 11 ta zamonaviy elektrotexnika korxonasi ishga tushirilib, u yerdagi jami korxonalar soni 17 taga, ishlovchilar soni 11 mingtaga yetkaziladi.
Izoh (0)