Toshkent vaqti bilan soat 15:28 da O‘zbekistonning bir qator hududlarida yer silkinishi sezildi.
FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabariga ko‘ra, zilzila Toshkent vaqti bilan 15:28 da Qirg‘izistonda sodir bo‘ldi. Zilzila episentridan Toshkentgacha masofa 238 kilometrni tashkil etadi. Episentrida zilzila kuchi 5,3 magnituga teng bo‘lgan, o‘chog‘i 10 km chuqurlikda joylashgan.
Zilzila kuchi Farg‘ona shahrida 6 ballni tashkil etgan.
Qirg‘izistonda yuz bergan zilzilaning O‘zbekiston shaharlarida sezilishi:
- Toshkent: 238 km, 3 ball;
- Namangan: 90 km, 4 ball;
- Andijon: 88 km, 4 ball;
- Farg‘ona: 24 km, 5-6 ball;
- Guliston: 246 km, 2 ball;
- Jizzax: 325 km, 2 ball;
- Samarqand: 405 km, 2 ball.
Eslatib o‘tamiz, 6-noyabr, 10-noyabr, 12-noyabr, 19-noyabr, 26-noyabr, 30-noyabr va 10-dekabr kunlari qo‘shni davlatlarda yuz bergan zilzila kuchi O‘zbekiston hududida sezilgan edi.
Izoh (0)