Daryo

O‘zbekistonda yer silkinishi qayd etildi

Zilzila O‘zbekistonning faqat Buxoro viloyatida sezilgan va uning kuchi 3 ballni tashkil etgan

1 daqiqa o‘qish91 060 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: “Trend.az”

Toshkent vaqti bilan 30-noyabr kuni soat 18:58 da O‘zbekistonda zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring respublika markazi xabar qildi.

Yer silkinishi magnitudasi epimarkazda 3,9 ballni tashkil qilgan va 10 kilometr chuqurlikda yuz bergan. Zilzila epimarkazidan Toshkentgacha bo‘lgan masofa janubi-g‘arbiy yo‘nalish bo‘yicha 479 kilometrni tashkil qilgan.

Zilzila O‘zbekistonning faqat Buxoro viloyatida sezilgan va uning kuchi 3 ballni tashkil etgan.

Eslatib o‘tamiz, 6-noyabr, 10-noyabr,  12-noyabr, 19-noyabr va 26-noyabr kunlari qo‘shni davlatlarda yuz bergan zilzila kuchi O‘zbekiston hududida sezilgan edi.

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar