2020-yilning 25-dekabr kuni Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston yoshlari forumida Shavkat Mirziyoyev OAV va ochiqlik siyosati haqida so‘z yuritdi, deya xabar bermoqda “Daryo” muxbiri Mirolim Isajonov.
“Bugun men aytib o‘tgan oilaviy ajrimlar, ma’naviyat, ma’rifat, internet bo‘yicha muammolar ko‘p. O‘zbekiston endi ochildi, orqaga yo‘limiz yo‘q. Yana bir marta ta’kidlamoqchiman, ommaviy axborot vositalari to‘rtinchi hokimiyat bo‘lish nuqtayi nazaridan kimgadir yoqmaydi. Ammo oxirgi bir yil ichida jurnalistlar, blogerlar va yoshlarning ijtimoiy tarmoqlarda chiqqan ovozlari bizning islohotlarimiz va qarorlarimizga katta ko‘mak beryapti, bu haqiqat. Yoqadimi, yoqmaydimi, ularni eshitishga majburmiz. To‘g‘risini eshitib, xulosa chiqaramiz, noto‘g‘risini to‘g‘ri yo‘lga solish burchimiz, vazifamiz. Bitta narsani hammalaringiz bilinglar, bizga tinchlik, osoyishtalik kerak”, dedi davlat rahbari.
Mavzuga doir:
- “Ular borligi uchun muammolar oshkor etilyapti”. Shavkat Mirziyoyev jurnalist va blogerlarga minnatdorlik bildirdi
- “Men tizimdagi muammolarni ko‘tarib chiqayotgan, yoritib berayotgan jurnalist va blogerlardan xursandman” — Shavkat Mirziyoyev jurnalist va blogerlar haqida
- Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston yoshlari forumiga yig‘ilgan yigit-qizlar bilan muloqot qildi
- “Yoshlar murojaati” elektron platformasi yaratiladi – Shavkat Mirziyoyev
Izoh (0)