• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12658.19
    • RUB161.44
    • EUR14672.11
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +42°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrida zamonaviy, muhtasham kutubxona barpo etishni taklif qildi

    O‘zbekiston yoshlari forumida ishtirok etgan Shavkat Mirziyoyev san’at, adabiyot, sportni rivojlantirish bo‘yicha kelajakdagi vazifalarga to‘xtalib o‘tdi.

    Foto: “Daryo”/ Madina Nurman

    Foto: “Daryo”/ Madina Nurman

    “Kelgusi yili buyuk bobomiz Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligini keng nishonlaymiz. Yoshlarimizga hazrat Navoiy ijodini chuqur o‘rgatishni tizimli yo‘lga qo‘yish muhim ahamiyatga ega. Shuning uchun Alisher Navoiy asarlarining bugungi yoshlar tushunadigan ixcham namunalarini yaratib, turli mobil ilova va elektron dasturlar ishlab chiqish kerak”, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

    Prezident Toshkent shahrida zamonaviy, muhtasham kutubxona barpo etish taklifini bildirdi.

    “Bu ma’rifat saroyi ilm-fanning so‘nggi yutuqlari asosida jihozlanadi. Bu dargohda yurtimiz va jahondagi eng nodir, noyob va bebaho asarlar jamlanadi. U buyuk ajdodlarimizning boy merosi va nomlarini butun dunyoga tarannum etadigan, barcha yurtdoshlarimiz, birinchi navbatda, siz, qadrli farzandlarimiz uchun chinakam ziyo maskaniga, g‘urur va iftixorimiz ramziga aylanadi, deb ishonaman.

    Yaqinda mamlakatimizning sport hayotida quvonchli yangilik bo‘ldi. Osiyo Olimpiya Kengashining qaroriga ko‘ra, 2025-yilda Yoshlar o‘rtasidagi Osiyo o‘yinlariga Toshkent shahri mezbonlik qilishi belgilandi. Bu musobaqada Osiyo qit’asidagi 45 ta davlat yoshlari 20 ga yaqin sport turi bo‘yicha o‘zaro bellashadi.

    Bunday nufuzli xalqaro sport o‘yinlarining O‘zbekiston tarixida birinchi marotaba o‘tkazilishi barchamizga faxr-iftixor bag‘ishlaydi, albatta. Shu bilan birga, u bizga g‘oyat katta mas’uliyat ham yuklaydi. Mana, sizlar kabi navqiron va azamat yoshlarning o‘z kuch va mahoratini ko‘rsatib, Vatanimiz bayrog‘ini yuksakka ko‘tarishlari uchun yana bir zo‘r imkoniyat”, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Ushbu sport bayramini yuksak saviyada o‘tkazish, Osiyo o‘yinlari dasturiga kiritilgan sport turlari bo‘yicha tuman, shahar, viloyat va respublika chempionatlari, “Hokim kubogi” musobaqalarini tashkil etish yuzasidan ko‘rsatmalar berildi.

    “Yurtimizda yosh avlodning jismoniy va ma’naviy yetuk bo‘lib ulg‘ayishi, jumladan, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil qilish, ommaviy sportga keng jalb etish maqsadida “Sog‘lom turmush tarzi” elektron platformasi ishlab chiqilmoqda. Piyoda va velosipedda yurishga mo‘ljallangan “Salomatlik yo‘laklari” barpo etilmoqda”, – dedi davlat rahbari.

    Keyingi yillarda mahallalarda tashkil etilgan sport maydonchalari yoshlarning sevimli maskaniga aylandi. Bu ishlar davom etishi aytib o‘tildi. Ayni paytda, maktab sport zallaridan darsdan tashqari vaqtlarda ham unumli foydalanish choralari ko‘riladi.

    Foto: “Daryo”/ Madina Nurman

    Foto: “Daryo”/ Madina Nurman

    Forumda yoshlar ma’naviyati bilan bog‘liq muammolar ham ochiq aytildi. Jahonda turli nizo va ziddiyatlar avj olayotgani, terrorizm, ekstremizm balosi va boshqa tahdidlar internet makoniga chuqur kirib, moslashib olgani ta’kidlandi.

    “Mana shunday murakkab sharoitda yoshlarimiz sezgir va ogoh bo‘lishi, har bir masalada, avvalo Vatan manfaatlarini o‘ylab ish tutishi zarur. Ilm-ma’rifat va kasb-hunarga intilish, oilani muqaddas bilish, ma’naviy poklik, kattalarga hurmat, kichiklarga shafqat, qadriyatlarimizga sadoqat kabi ezgu fazilatlar azaldan xalqimiz, millatimizning qonida bo‘lib kelgan. Biz mana shunday bebaho merosimizni nafaqat asrashimiz, balki uni yanada boyitishimiz, kelgusi avlodlarga bezavol yetkazishimiz kerak.

    Shu o‘rinda men hurmatli ota-onalar, bobolarimiz va momolarimizni, jonkuyar ustoz va murabbiylarni, muhtaram ziyolilarimiz, keng jamoatchiligimizni bu masalaga befarq bo‘lmasdan, yoshlar tarbiyasiga qaratilgan ishlarimizni yanada kuchaytirishga da’vat etaman.

    Qanchalik qiyin bo‘lmasin, biz yoshlar tarbiyasi bo‘yicha o‘zimizga xos va ta’sirchan, bugungi kunga hamohang usullarni izlab topishimiz kerak. Jondan aziz farzandlarimizni buzg‘unchi va zararli g‘oyalar, jinoyatchilik, giyohvandlik, loqaydlik, ma’naviy qashshoqlik kayfiyatidan asrashimiz zarur. Bunday salbiy holatlarni bartaraf etishda barchamiz, avvalo, siz, aziz yoshlar faol bo‘lishingiz kerak. Xalqimizning ma’naviy qudrati va boqiy an’analarini asrab-avaylash va butun dunyoga tarannum etishga sizlar albatta qodirsiz”, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Davlat rahbari forumda yoshlar kelajagi bilan bog‘liq har qanday vazifa birlamchi ahamiyatga ega ekanini alohida ta’kidladi.

    “Yoshlar bilan ishlash Prezidentdan tortib vazirgacha, hokimdan tortib mahalla raisigacha – hammamizning eng asosiy ishimizga aylanishi zarur. Har qaysi hokim, har bir vazir, har qaysi mahalla raisi “Bugun men yoshlar uchun nima ish qildim? Ertaga farzandlarimiz manfaati uchun yana nima ish qilishim kerak?” degan savollarga javob beradigan, shunday e’tiqod bilan yashaydigan vaqt keldi.

    Aziz farzandlarim! Xalqimiz, Vatanimiz sizlardan buyuk ishlar kutayotganini hech qachon yodingizdan chiqarmang! Yurtning yuksak ishonchi va umidini to‘la oqlash, unga munosib bo‘lish dunyodagi eng ulug‘ baxtdir. Shunday sharaf barchangizga nasib etsin”, – dedi Shavkat Mirziyoyev so‘zining yakunida.

    Prezidentimiz forumda yoshlar bilan ochiq muloqot qilmoqda.

    Prezident Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston yoshlari forumida ishtirokiga oid boshqa xabarlar:

    • “Yoshlar murojaati” elektron platformasi yaratiladi – Shavkat Mirziyoyev
    • Shavkat Mirziyoyev 2021-yilda kamida 500 ming nafar yoshni ish bilan ta’minlashi mumkin bo‘lgan dasturni ma’qulladi
    • Xalqaro ta’lim dasturlari bo‘yicha eng yuqori ballarni to‘plagan yoshlarga imtihon topshirish xarajatlari to‘liq qoplab beriladi – Shavkat Mirziyoyev

    25.12.2020, 20:40   Izoh (0)   20311
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Urganch tumani mansabdor shaxslari davlatga 8 mlrd so‘m zarar yetkazgani aniqlandi

    25.12.2020, 20:10

    Xalqaro ta’lim dasturlari bo‘yicha eng yuqori ballarni to‘plagan yoshlarga imtihon topshirish xarajatlari to‘liq qoplab beriladi – Shavkat Mirziyoyev

    25.12.2020, 19:56

    Shavkat Mirziyoyev 2021-yilda kamida 500 ming nafar yoshni ish bilan ta’minlashi mumkin bo‘lgan dasturni ma’qulladi

    25.12.2020, 19:11

    “Yoshlar murojaati” elektron platformasi yaratiladi – Shavkat Mirziyoyev

    25.12.2020, 18:59

    Jahongir Ortiqxo‘jayev — tiktokerlarga: “Biz har doim siz bilan birgamiz”

    25.12.2020, 18:57

    “Navoiyazot”ning yangi kimyoviy majmuasida ilk karbamid mahsuloti olindi

    25.12.2020, 18:42
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya

     

    Tavsiya etamiz

    Kobulda transafg‘on temiryo‘li bo‘yicha uch tomonlama bitim imzolandi

    18 iyul, 09:12

    Toshkentda kichik halqa avtomobil yo‘lining bir qismi 4 kunga yopiladi

    18 iyul, 08:47

    O‘rtoqlik uchrashuvi. “Bashakshehir” Germaniya klubidan ustun keldi. Shomurodovdan assist (video)

    17 iyul, 23:16

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Los-Anjelesdagi mashg‘ulot bazasida yuz bergan portlashda uch nafar sherif yordamchisi halok bo‘ldi

    Dunyo | 19 iyul, 17:30

    Bezarardek tuyulsa-da, qondagi qand miqdorini oshirib yuboradigan mahsulotlar

    Layfstayl | 19 iyul, 17:01

    “To‘liq taftish o‘tkazilishi zarur”. Ekovazirlik Murod Nazarov fikrlariga keskin munosabat bildirdi

    O‘zbekiston | 19 iyul, 16:41

    “Real” jamoaning 4 nafar a’zosi kelajagini muhokama qilmoqda

    Sport | 19 iyul, 16:40

    Samolyotda ko‘pchilik foydalansa-da, aslida foydasiz bo‘lgan 5 narsa

    Layfstayl | 19 iyul, 15:40

    Istanbuldan Toshkentga uchayotgan samolyot bortida chaqaloq tug‘ildi

    O‘zbekiston | 19 iyul, 15:15

    Avstraliya Ukrainaga 49 ta Abrams tanklarini yetkazib berdi

    Dunyo | 19 iyul, 15:05
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.