Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Pandemiya boshidan buyon COVID-19’ga chalingan rossiyaliklarning haqiqiy soni rasmiy statistika ma’lumotlaridan olti barobar ko‘p bo‘lishi mumkin. “Sberindeks” tahlilchilari shunday xulosaga keldi, deb yozadi Meduza.

Foto: Regnum

Foto: Regnum

“Modellashtirish ma’lumotlari shuni ko‘rsatmoqdaki, virusni yuqtirishning haqiqiy darajasi kasallanishning yengil va simptomsiz kechish holatlari hisobiga rasmiy statistika ma’lumotlaridan 5-6 marta ko‘proq bo‘lishi mumkin. Yoppasiga majburiy testdan o‘tkazish amaliyoti bo‘lmaganligi sababli bunday holatlar aniqlanmasdan qoladi, bu esa o‘lim holatlari haqidagi ma’lumotlarni va ko‘pchilik hollarda kasallik kechishining og‘irligi haqidagi tasavvurni oshirib yuboradi”, — deyiladi xabarda.

Tahlilchilar fikricha, hozir koronavirusga har kuni taxminan 165 ming kishi chalinayotgan bo‘lishi mumkin. Yangi yilgacha 16,6 million rossiyalik COVID-19 bilan kasallanishga ulgurishi mumkin, deb hisoblaydi “Sberindeks”dagilar.

Koronavirusga qarshi kurash bo‘yicha tezkor shtabning rasmiy ma’lumotlariga qaraganda, Rossiyada pandemiya boshidan buyon qariyb uch million kishi kasallangan. Dekabr oxirlarida kuniga 2829 mingta virusga chalinish holatlari qayd etilmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda ishbilarmonlik faoliyati qanday o‘zgardi?
Sport
Krishtianu Ronalduning muvaffaqiyatsiz seriyasi davom etadi. Hujumchi 2022/23-yilgi mavsumda faqat bitta gol urdi
Mahalliy
O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi yana tushdi