• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Ilm-fan

    Yangi turdagi atom soati vaqtni yanada aniqroq hisoblaydimi?

    Atom soatlarini qo‘llash orqali yasalgan konstruksiya fizik olimlariga mavhum materiyani aniqlashda va gravitatsiyaning vaqtga qanday ta’sir ko‘rsatishini o‘rganishda yordam berishi mumkin. “Daryo” MIT News portalida e’lon qilingan materialni tarjima tariqasida taqdim etadi.

    Atom soati — jahondagi eng aniq xronometrdir. Bunday soatda doimiy bir xil tebranuvchi atom tebranishlarini o‘lchaydigan lazer qo‘llaniladi. Jahondagi eng yaxshi atom soatlari vaqtni shu qadar katta aniqlik bilan o‘lchaydiki, bu soat koinot yaralgan lahzadan boshlab ishlaganida ham hozirgacha ko‘pi bilan yarim soniyaga adashgan bo‘lardi, xolos.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Shunga qaramay, atom soati ham yanada aniqroq bo‘lishi mumkin. Atom soati aniqroq va sezuvchanroq bo‘lganida, u atomlarning tebranishlarini yanada aniqroq o‘lchagan bo‘lardi va bu mavhum materiya hamda gravitatsiya to‘lqinlari singari hodisalarni aniqlashda yordam berardi. Mukammalroq atom soati bo‘lsa, olimlar gravitatsiyaning vaqtning kechishiga qanday ta’sir ko‘rsatishi va koinotning yoshi o‘tgani sayin vaqtning oqimi ham o‘zgaradimi yoki yo‘qmi, degan jumboqli savollarga javob topa olishlari mumkin bo‘lardi.

    Massachusets texnologiya instituti fiziklari tomonidan ishlab chiqilgan yangi turdagi atom soati olimlarga yuqoridagi kabi savollarni tekshirishda va yangicha talqindagi fizika eshiklarini ochishda yordam berishi mumkin.

    Nature jurnalida e’lon qilingan maqolada aytilishicha, ushbu institut olimlari atom bulutlaridagi tasodifiy tebranishlarni o‘lchashga asoslangan tarzda ishlaydigan hozirgi mavjud atom soatlaridan farqli ravishda ishlaydigan, ya’ni buning o‘rniga atom chigalliklaridan foydalanadigan yangi turdagi atom soatini ishlab chiqdi. Ushbu uskuna atom chigalligisiz ishlaydigan soatdan ko‘ra to‘rt karra aniqroq ishlashi mumkin.

    “Kuchaytirilgan atom chigalligiga ega optik atom soati soniyani o‘lchashning aniqligini oshirishi uchun hozirgi mavjud optik soatdan ko‘ra kattaroq potensialga ega bo‘ladi”, — degan tadqiqotning yetakchi mualliflaridan biri, Massachusets texnologiya instituti elektronika tadqiqotlari laboratoriyasida postdoktoral faoliyat yuritayotgan olim Edvin Pedrozo-Penyafel.

    Mavjud atom soatlari ham xuddi Massachusets texnologiya instituti jamoasining atom soati singari atom chigalligini o‘lchashga moslangan bo‘lganida, bunday soatning aniqlik darajasi butun koinot yoshiga nisbatan 100 millisekunddan ham kam bo‘lgan bo‘lar edi.

    Vaqt limiti

    Odamlar vaqtning o‘tishini hisoblay boshlagan ilk paytlarda buni davriy hodisalarga tayanib, masalan, Quyoshning chiqishi va osmondagi harakati singarilarga asoslanib yuritgan. Atomlarning tebranishi esa hozirda olimlar kuzatish imkoniga ega bo‘lgan eng barqaror va aniq davriy hodisadir. Masalan, bitta seziy atomi boshqa bir seziy atomi bilan aniq bir xillikdagi chastota bilan tebranadi.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Vaqt hisobini aniq yuritish uchun atom soati ideal holatda alohida bir dona atomning tebranishini kuzatishi kerak. Lekin bunday miqyosda atom shu darajada kichikki, u o‘zini kvant mexanikasi qoidalariga binoan tutadi: o‘lchashda u xuddi tanga tashlangandek harakat qilib, qanday to‘g‘ri tushishi ehtimolligi faqat tangani qancha ko‘p marta tashlangandagi o‘rtacha qiymatga asoslangan bo‘ladi. Bunday cheklovlarni fizikada standart kvant cheklovi (chegarasi) deyiladi.

    Maqola mualliflaridan biri Kolombo bu haqida “Atomlar soni ortsa, ushbu barcha ko‘p sonli atomlardan olingan o‘rtacha qiymat aniq to‘g‘ri qiymatga yaqinlashib keladi”, deb izoh berdi.

    Shu sababli ham zamonaviy atom soati minglab turdagi atomlarning tebranishlarining o‘rtacha qiymatini o‘lchashga asoslangan. Atom soatida buning uchun lazer sistemasini qo‘llaydi va unda o‘ta past haroratdagi atomlarni lazer yordamida qo‘yilgan tuzoqqa haydaydi. Ikkinchi, o‘ta barqaror lazer esa ushbu atomlarning tebranish chastotasiga yaqin chastotaga ega bo‘ladi va u orqali tuzoqdagi atomlarning tebranishi qayd etiladi.

    Shunga qaramay, standart kvant cheklovi amal qilishi sababli hatto minglab atomlardan iborat tebranishlarda ham ularning har birining individual tebranishiga nisbatan muayyan noaniqlik saqlanib qoladi. Aynan shu o‘rinda kvant chigalligi yordamga kelishi mumkin. Umuman olganda, kvant chigalligi mumtoz fizikaga oid holat emas va unda har bir atom o‘zini xuddi tanga tashlanganidek ehtimoliylik bilan tutsa ham guruhdagi atomlar o‘lchashning korrelyatsion natijalarini taqdim qiladi.

    Ilmiy jamoa shunday xulosaga keldiki, atom chigalligidan foydalaniladigan bo‘lsa, ularning alohida tebranishlari umumiy chastotaga nisbatan kamroq og‘ish bilan yaqinlasha oladi. Shunga asosan atom soati bilan o‘lchanadigan o‘rtacha tebranishlar aniqligi standart kvant cheklovidan kattaroq bo‘ladi.

    Chigal soat

    Yangi turdagi atom soatida ilmiy jamoa, ko‘rinadigan yorug‘lik singari baland chastotada tebranuvchi 350 ga yaqin itterbiy atomini chigallikka olib kirdi. Bu degani bundagi har bir atom seziy atomidan ko‘ra 100 ming marotaba ko‘proq tebranadi demakdir. Itterbiy atomining tebranishini aniq kuzatish imkoni bo‘lsa, unda olimlar yanada kichik vaqt intervallarini o‘lchash uchun ushbu atomlardan foydalanishlari mumkin bo‘ladi.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Yangi turdagi atom soatida olimlar atomlarni ikkita ko‘zgu yordamida hosil qilingan optik rezonatorda sovitish usulidan foydalandi. Keyin esa optik rezonator orqali atomlar tomonga lazer yo‘naltirdi va bu lazer ko‘zgular orasida akslanish orqali atomlar bilan minglab marta o‘zaro ta’sirlashdi.

    “Nur bunda xuddiki atomlar orasini bog‘lovchi vazifasini bajaradi”, deb izoh berdi tadqiqot mualliflaridan biri bo‘lgan Shu ismli olim. “Nurga duch kelgan birinchi atom ushbu nurni biroz o‘zgartiradi, bu nur ikkinchi atomni o‘zgartiradi, uchinchi atomni ham o‘zgartiradi va shu ketma-ketlikdagi ko‘p sonli sikllardan keyin atomlar barchasi bir-birini tanib oladi va hammasi o‘zini bir xil tuta boshlaydi”, dedi u.

    Shu tariqa tadqiqotchilar avvaliga atomlarni chigallashtiradi, keyin ularning chastotasini o‘lchash uchun hozirda mavjud atom soatidagi singari lazerdan foydalanadi. Ilmiy jamoa xuddi shunday eksperimentni atom chigalligisiz takrorlab ko‘rganida, chigallikka ega atomlar bilan bajarilgan tajribadagi aniqlik darajasi to‘rt karra yuqoriligi ma’lum bo‘ldi.

    Ilmiy jamoa a’zosi Vuletichning aytishicha, agar tadqiqotni yanada uzoqroq davom ettirilsa, atom soatini yanada aniqroq qilish mumkin bo‘ladi. “Masala zaruriy aniqlikka erishish uchun qancha vaqt ketishi bilan bog‘liq xolos. Ko‘p hodisalarni o‘lchash uchun juda qisqa vaqt kerak bo‘ladi”, dedi u.

    Uning aytishicha, chigal atomlarga asoslangan atom soati nafaqat vaqt hisobini yuritish uchun, balki mavhum materiya va gravitatsiya to‘lqinlari singari koinot sirlarini o‘rganishda ham yordam beradi.

    Shuningdek, bunday atom soati “Koinot keksaygani sari, undagi yorug‘lik tezligi ham o‘zgaradimi?”, “Elektronning zaryadi o‘zgaradimi?” singari bir necha azaliy savollarga javob olishda xizmat qilishi mumkin. “Yanada aniqroq atom soati bilan shularni tadqiq qilsa bo‘ladi”, deb fikrini yakunlagan ilmiy guruh a’zosi Vuletich.

    Tadqiqot AQSh milliy ilm-fan fondi, harbiy dengiz tadqiqotlari boshqarmasi va DARPA tomonidan moliyalashtirildi.

    24.12.2020, 12:17   Izoh (0)   11651
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Olimlar qadimgi odamlar sovuqdan omon chiqish uchun uyquga keta olganini aniqladi

    22.12.2020, 16:25

    Olimlar insonlarning baxtli bo‘lishi uchun nima zarurligini ma’lum qildi

    18.12.2020, 12:59

    Olimlar koronavirusdan sog‘ayganlarga yangi kasalliklar xavf tug‘dirishi mumkinligidan ogohlantirdi

    16.12.2020, 09:56

    Olimlar g‘ayrioddiy “tovus-dinozavr”ning tasvirlarini namoyish etdi

    15.12.2020, 21:21

    Koronavirusning mutatsiyaga uchrash moyilligi grippga qaraganda 30 marta kam ekanligi ma’lum bo‘ldi

    10.12.2020, 08:26

    Olimlar tabiiy gazni o‘ta yuqori tezlikda qattiq shaklga aylantirish usulini yaratdi (video)

    09.12.2020, 19:22
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Uzbekistan Airports bodi-kameralar xaridi yuzasidan tender natijalari bekor qilinganiga izoh berdi

    O‘zbekiston | 24 avgust, 08:59

    O‘zbekistonga benzin necha puldan import qilinadi?

    O‘zbekiston | 24 avgust, 08:22

    NASA hamkorligida yaratilgan sun’iy intellekt Quyoshdagi chaqnashlarni 2 soat oldin prognoz qila oladi

    Dunyo | 23 avgust, 22:50

    “AQSH bosimiga qarshi birdammiz”: Xitoy Hindistonni qo‘llab-quvvatladi

    Dunyo | 23 avgust, 22:10

    Superliga. “Nasaf” “Surxon”dan ustun keldi, “OKMK” “Xorazm” darvozasiga 3 ta gol kiritdi

    Sport | 23 avgust, 21:50

    Xitoyda ko‘prik qulashi oqibatida 12 nafar ishchi halok bo‘ldi (video)

    Dunyo | 23 avgust, 21:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.