Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Rossiyada 2020-yilning to‘qqiz oyi davomida chet el fuqarolari sodir etgan YTHlar orasida O‘zbekiston fuqarolari ulushi yuqori bo‘ldi. “Kommersant”ning yozishicha, ular hissasiga jami 3478 ta YTHning 797 tasi to‘g‘ri kelgan.

Foto: “Avtovzglyad.ru”

Foto: “Avtovzglyad.ru”

Bunday ma’lumotlar Rossiya Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi ilmiy markazi hisobotida keltirilgan. YTHlarning 701 tasiga qirg‘izistonliklar, 599 tasiga tojikistonliklar, 282 tasiga ozarbayjonliklar, 280 tasiga armanistonliklar sababchi bo‘lgan.

Eng ko‘p o‘lim holatlari (76 nafar) Tojikiston fuqarolari keltirib chiqargan YTHlarda qayd etilgan. O‘zbekistonliklar sababchi bo‘lgan 797 ta avariyada 58 kishi vafot etgan, 1080 kishi jarohatlangan.

Xabarda aytilishicha, yuqoridagi davlatlar fuqarolari tomonidan sodir etilgan YTHlarning ko‘pligi ma’lum darajada Ichki ishlar vazirligining migratsiya bo‘yicha ma’lumotlari bilan o‘zaro bog‘liq: to‘qqiz oy ichida 4,15 million O‘zbekiston va Tojikiston fuqarolari yoki barcha chet el fuqarolarining 54 foizi migratsiya ro‘yxatidan o‘tgan.

Bu vaqt davomida Ukraindan 612 ming, Qozog‘istondan 534 ming, Armanistondan 283 ming, Ozarbayjondan 278 ming, Belarusdan 215 ming kishi Rossiyaga kelgan. Shu bilan birga, IIV ma’lumotlariga ko‘ra, koronavirus pandemiyasi sababli Rossiyada 2020-yilda migrantlar soni 9-11 milliondan 6,3 millionga kamaydi.

Butunrossiya o‘zbeklar va o‘zbekistonliklar kongressi raisi Ibrohim Xudoyberdiyevning bildirishicha, O‘zbekistondan bo‘lgan ayrim haydovchilar yaxshiroq pul topish maqsadida 14-15 soatdan ishlashlariga to‘g‘ri keladi. Shu bilan birga, YTHlarga haydovchilik madaniyati ham sabab bo‘lishini qayd etib o‘tgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Navoiydagi ko‘p qavatli uylarda lift muammosi: aholi lift ishlamayapti desa, mas’ullar uning to‘xtatilishiga lift ichidagi o‘g‘rilik, fohishabozlik sabab demoqda
Mahalliy
“Daryo” kundaligida 26-sentabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Mahalliy
“Toshkent hokimligi barcha OAV vakillari bilan ishlashga tayyor va hozirjavob bo‘ladi”. Zoir Mirzayevning matbuot kotibi jurnalistlar bilan muloqot qildi