Deputatlarning takliflari viloyat hokimligining samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Bu haqda Buxoro viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Botir Zaripov 19-dekabr kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida aytib o‘tdi.
Avvalroq Botir Zaripov viloyat hokimi sifatidagi faoliyati davomida o‘z o‘rinbosarlari, viloyatdagi shahar va tuman hokimlariga ishonishini ma’lum qilgani haqida xabar berilgan edi. “Daryo” muxbirining xabar berishicha, hokim deputatlarga ham suyanishini ta’kidlab, ulardan tashabbus kutayotganini bildirgan.
“Sizlardan faoliyatimizga tanqidiy baho berib, oldimizda turgan dolzarb vazifalarni amalga oshirish bo‘yicha taklif bildirishlaringizni so‘rayman. Takliflaringiz viloyat hokimligi va tarmoqlar faoliyatining samaradorligini oshirishga xizmat qiladi”, — deya ta’kidlagan Buxoro viloyati rahbari deputatlarga qarata.
Izoh (0)