• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Samarqandda mahallaga suv toshiradigan nobop ariq bor. Davosi — ariqdagi beton-qurilmani buzish. Uni sentabrda hatto Erkinjon Turdimov buzishga tayyor edi, lekin hali ham buzilgani yo‘q

    Samarqand shahrining “So‘zangaron” mahallasi hududidan “Shaar-tashlama” nomli ariq oqib o‘tadi. Bundan sakkiz yil avval uning o‘zanini shu mahallada yashovchi Suhrob Muhammadiyev o‘zboshimchalik bilan, balandligi 1,5 metr va uzunligi 25 metr bo‘lgan beton devor quyish orqali o‘zgartirgan. Muhammadiyevning qo‘shni Jo‘rabek Davronovning “Daryo”ga ma’lum qilishicha, so‘nggi to‘rt yildan beri yog‘ingarchilik ko‘paygani sabab sakkiz yil avvalgi o‘zan o‘zgarishi o‘zini yomon tomondan ko‘rsatmoqda — har yomg‘irdan so‘ng mahalla yo‘llari va uylar, xususan, Davronovning ham uyi suv ostida qoladi.

    Foto: “Daryo”

    “Telegram orqali Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimovga murojaat qilganimdan so‘ng barcha mutasaddi tashkilotlar tomonidan ushbu masala atroflicha o‘rganilgandi. Ariqning o‘zaniga kiritilgan o‘zgarish tabiiy ofatlarga olib kelishi bo‘yicha tegishli tashkilotlar xulosa ham bergan. Ammo noqonuniy ravishda ariqning o‘zanini o‘zgartirgan qo‘shnim qurilishni buzishga qarshilik qildi”, — deydi Jo‘rabek Davronov.

    Uning ta’kidlashicha, tegishli tashkilotlar hech qanday chora ko‘rmagach, otasi Bahrom Davronov sudga murojaat qilgan. 2020-yil 13-yanvarida fuqarolik ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudi Suhrob Muhammadiyevning zimmasiga “Shaar-tashlama” arig‘ining o‘zanini tabiiy yo‘nalishiga qaytarish majburiyati yuklash haqida qaror chiqargan. 21-may kuni fuqarolik ishlari bo‘yicha viloyat sudining kassatsiya instansiyasida ish qayta ko‘rilib, shahar sudining hal qiluv qarori o‘zgarishsiz qoldirilgan.

    “Oradan shuncha vaqt o‘tsa-da, sud qarorining ijrosi ta’minlanmadi. Shundan so‘ng 7-sentabr kuni viloyat hokimi Erkinjon Turdimovning sayyor qabuliga borishga majbur bo‘ldim. Hokim murojaatimni tinglab, viloyat MIB boshlig‘i Alisher Zokirovga bir hafta ichida ariq o‘zanini o‘zgartirib, noqonuniy qurilgan betonlarni olib tashlashni buyurdi. Hokimi MIB boshlig‘iga: ‘Agar buza olmasangiz, o‘zim borib buzaman’, degandi. Ammo ijro turli bahonalar bilan ta’minlanmadi”, — deydi Davronov.

    Kuchli yog‘ingarchilik vaqtida ariq toshib, mahalla yo‘llarini ham suv bosadi.

    Kuchli yog‘ingarchilik vaqtida ariq toshib, mahalla yo‘llarini ham suv bosadi.
    Foto: “Daryo”

    Oradan bir oy o‘tgach, Davronov yana hokim qabuliga borgan. Bu safar uni MIB xodimlari qabul kiritmaslikka harakat qilib, “Qabulga kirmang, ariqni o‘zimiz borib, buzdirib beramiz”, deb va’da bergan.

    “Shundan so‘ng, 14-oktabrda ijrochilar keldi. Qo‘shnim bir haftada daraxtlarni olib, betonlarni buzaman deb, hammani aldadi. MIBchilar old tomondagi betonlarni ozgina buzib, so‘ng ketdi. Shu bilan ular qaytmadi. MIBga borsam, erta-indin deb, aldab yuribdi. Ijrochilar ariq bo‘yidagi daraxtlarni bahona qildi. Ekologiya boshqarmasidan ruxsatnoma olib kelganimdan keyin ham ijroni bajarishmadi. Byuroga boraman-kelaman, qo‘ng‘iroq qilaman, natija yo‘q. Hali bunisi qarindosh chiqadi, hali unisi tanish chiqadi, hali bunisi bilan oldi-berdisi bor. Xullas, ijro bajarilmayapti”, — dedi Davronov.

    2020-yil aprelida Samarqand shahar hokimi hamda shahar prokurori boshchiligida tegishli tashkilotlar tomonidan “Shaar-tashlama” arig‘ining “Bog‘i Mirzo” va “Qo‘shchinor” mahallaridan oqib o‘tgan qismida obodonlashtirish, kanal atrofida muhofaza hududini tashkil etish ishlari amalga oshirilgan.

    “Ammo biz ariqda noqonuniy qurilish ishlari olib borilganligi bo‘yicha barcha tegishli tashkilotlarning xulosalari, hatto sud qarorini olgan bo‘lsak-da, ikki yildan buyon ariqni tozalash, noqonuniy qurilishni buzish bo‘yicha hech qanday ishni amalga oshira olmayapmiz. Viloyat hokimning Telegram’ga murojaat qilinganimiz ham, sayyor qabulida bo‘lganimiz ham foyda bermadi”, — deydi fuqaro.

    Mavzuga doir: Kun fotosi: Samarqandda beligacha suvga botgan niqobli xodimlar bemor ayolni zambilda olib ketyapti

    Hamma bir ovozdan: “Tabiiy o‘zanni qayta tiklash kerak!”

    Fuqaro Davronov 2018-yil iyunidan beri ariqning o‘zanini o‘zgartirish bo‘yicha turli tashkilotlarga murojaat qiladi. Ma’lum bo‘lishicha, Samarqand shahar qurilish bo‘limi ariq o‘zani o‘zgargani, uning hududida tabiiy ofatlarga olib kelish ehtimolini oldini olish maqsadida 2018-yilning 30-iyun kuni yo‘riqnoma orqali Suhrob Muhammadiyevga umumiy foydalanishdagi ariqni o‘z holiga qaytarish yuzasidan ogohlantirish bergan.

    Foto: “Daryo”

    Shuningdek, Samarqand viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi 2018-yil 25-dekabrda viloyat hokimiga yo‘llagan xatida ham fuqaro Suhrob Muhammadiyev ariqning o‘zanini uch metrga o‘zgartirilgani ma’lum qilinib, “Shaar-tashlama” arig‘ining tabiiy o‘zanini ruxsatsiz o‘zgartirgani uchun uni o‘z o‘z hisobidan tabiiy holatiga qaytarishi lozimligi bildirilgan.

    Suv xo‘jaligi vazirligi Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasining 2018-yil 25-dekabrdagi viloyat hokimigiga yo‘llagan xatida ham “So‘zangaron” mahallasidan o‘tuvchi “Shaar-tashlama” arig‘ida 2008—2010-yillarda fuqaro Suhrob Muhammadiyev tomonidan 25 metr uzunlikda, 1,5 metr balandlikda beton qurilish ishlari olib borilib, uning o‘zaniga o‘zgartirish kiritilganligini ma’lum qilingan.

    2019-yil 12-aprel kuni Samarqand shahar hokimligi ham “Shaar-tashlama”ning tabiiy o‘zani o‘zgartirilganligi, bu holat ofatlarga olib kelishi mumkinligi, ariqni tabiiy o‘zaniga qaytarish bilan suv toshqinlarining oldini olish mumkinligini bildirgan.

    Samarqand shahar Sanitariya-epidemologik osoyishtalik markazining fuqarolik ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudiga 2019-yil 24-dekabrda yo‘llagan xatida fuqaro Suhrob Muhammadiyev ariq o‘zanini 3 metrga o‘zgartirgani uchun fuqaro Bahrom Davronovga tegishli uy-joy va uning yashash xonalari devorlariga zarar yetgani, devorlar sanitariya qoida va normalariga javob bermasligini bildirgan.

    Foto: “Daryo”

    Samarqand shahar qurilish bo‘limi tomonidan 2019-yil 26-dekabr kungi fuqarolik ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudiga chiqarilgan xatda ta’kidlanishicha, “Shaar-tashlama” ichki ariq hisoblanib, “So‘zangaron”, “Abdulla Qahhor”, “Sharq”, “Fidoyilar” mahallalaridan oqib o‘tadi va uning yo‘nalishini mutasaddilar bilan kelishmagan holda o‘zgartirish mumkin emas. Shahar qurilish bo‘limining xatida qayd etilishicha, fuqaro Suhrob Muhammadiyev ariqni o‘z holiga qaytarish lozim.

    21.12.2020, 19:59   Izoh (0)   29592
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonliklar Yangi yil bayramida ketma-ket 3 kun dam oladi

    21.12.2020, 19:55

    "Milliy tiklanish" partiyasidan Oliy Majlisga saylangan Akmal Saidov partiya rahbari Alisher Qodirovni populistlikda aybladi

    21.12.2020, 19:27

    Gurbanguli Berdimuhamedov Shavkat Mirziyoyevni MDHga samarali raislik qilgani va Hamdo‘stlik sammitini muvaffaqiyatli o‘tkazgani bilan tabrikladi

    21.12.2020, 19:14

    Ishiga qaytgan Buxoro shahar prokurori qonunni buzgani uchun jazolangan. Shunga qaramay u “tekshiruv natijasidan qanoatlandi”

    21.12.2020, 18:59

    Voyaga yetmagan qizni zo‘rlaganlikda ayblanayotgan Jasur Umirov qamoqqa olindi

    21.12.2020, 18:52

    O‘zbekistonda haftaning ikkinchi yarmidan boshlab havo harorati ko‘tariladi

    21.12.2020, 17:43
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Quyosh faolligi oshdi: 24 soat ichida 15 ta chaqnash kuzatildi

    Dunyo | 2 avgust, 23:50

    “Har qanday xatoga qarshi raketalar bilan javob qaytaramiz” — Hindiston Pokistonga ogohlantirish berdi

    Dunyo | 2 avgust, 23:25

    Superliga. “Dinamo” “Navbahor”ga qarshi bahsda g‘alabani qo‘ldan chiqardi

    Sport | 2 avgust, 23:20

    Davlat byudjetidan nafaqalarga xarajat qisqarib, subsidiyalar ko‘paytiriladi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 23:16

    BAA banklari Rossiya kompaniyalarining hisoblarini ommaviy ravishda bloklashga kirishdi

    Dunyo | 2 avgust, 22:55

    Qurollar faqat mustaqil Falastin davlati barpo etilgandagina topshiriladi — HAMAS

    Dunyo | 2 avgust, 22:30

    Superliga. “Bunyodkor” “Neftchi”dan, “Nasaf” “So‘g‘diyona”dan ustun keldi

    Sport | 2 avgust, 22:21

    O‘z joniga qasd qilish, o‘zidan qoniqmaslik va kuchli stress. Ijtimoiy tarmoqlarga bo‘lgan qaramlik nimasi bilan xavfli (foto, video)

    O‘zbekiston | 2 avgust, 22:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.