Professional boksning o‘rta vazn toifasida (-72,5 kg) IBO hamda IBF chempionlik kamarlari sohibi Gennadiy Golovkin (41-1-1, 36 KO) 19-dekabr tongida navbatdagi jangini o‘tkazdi.
Golovkin polshalik yengilmas bokschi Kamil Sheremetaga (21-1, 5 KO) qarshi ringga ko‘tarildi. Jangda qozog‘istonlik bokschi ustunlikka ega bo‘ldi va 7 raund davomida raqibini to‘rt bor nokdaun holatiga tushirdi.
8-raund oldidan Sheremetaning murabbiylari jangni davom ettira olmasligini ma’lum qildi.
Shu tariqa Golovkin IBO va IBF chempionlik kamarlarini himoya qildi.
Golovkin va Sheremeta o‘rtasidagi jang videosini bu yerda ko‘rish mumkin — havola
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)