Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Ummonning Maskat shahrida Osiyo Olimpiya kengashining bosh assambleyasi bo‘lib o‘tmoqda.

Foto: REUTERS

Foto: REUTERS

16-dekabr kungi yig‘ilishda 2030 va 2034-yillarda bo‘lib o‘tadigan Osiyo o‘yinlariga mezbonlik qiladigan mamlakat nomi ma’lum bo‘ldi.

Unga ko‘ra, 2030-yilgi Osiyo o‘yinlariga Qatarning Doha shahri mezbonlik qiladi. Mezbonlik uchun kurashda yengilgan Ar-Riyod shahriga (Saudiya Arabistoni) esa 2034-yilgi Osiyo o‘yinlari mezbonligi topshirilgan.

Doha bunga qadar 2006-yilgi Osiyo o‘yinlariga mezbonlik qilgan, biroq Saudiya Arabistoni uchun bu yangilik hisoblanadi.

Ma’lumot uchun, so‘nggi Osiyo o‘yinlari 2018-yilda Indoneziyaning Jakarta va Palembang shaharlarida o‘tkazilgan. 2022-yilgi o‘yinlarga Xitoyning Xanchjou shahri mezbonlik qilsa, 2026-yilgi musobaqa Yaponiyaning Nagoya shahrida bo‘lib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistoning Toshkent va Samarqand shaharlari 2030-yilgi Osiyo o‘yinlari mezbonligi uchun da’vogarlik qilishi aytilgandi.

Xususan, 2018-yilning dekabr oyida Prezident Shavkat Mirziyoyev parlamentga murojaatida O‘zbekiston kelajakda Osiyo o‘yinlari musobaqalaridan biriga mezbonlik qilishi kerakligi va bu borada istiqbolli rejalar ishlab chiqilishi lozimligi haqida aytgandi.

2019-yilning fevral oyida Osiyo Olimpiya Kengashi prezidenti Shayx Ahmad al-Fahad as-Saboh Toshkentga tashrif buyuradi. As-Saboh va Milliy Olimpiya qo‘mitasining o‘sha vaqtdagi prezidenti Umid Ahmadjonov ikki kun davomida Osiyo o‘yinlariga mezbonlik qilish imkoniyatlarini muhokama qilgandi. O‘sha paytda Ahmadjonov Milliy olimpiya qo‘mitasi rahbariyati tomonidan 2030-yilgi Osiyo o‘yinlarini Toshkent va Samarqandda o‘tkazish bo‘yicha ariza Osiyo Olimpiya Kengashiga taqdim etilgani haqida ma’lum qilgandi.

2019-yilning may oyida esa O‘zbekistonda yozgi Osiyo o‘yinlarini tashkil etish to‘g‘risida hukumat qarori e’lon qiligandi. Unda O‘zbekiston 2030-yilgi Osiyo o‘yinlari musobaqasi mezbonligiga da’vogar bo‘lishi imkoniyati mavjudligi ta’kidlanib, o‘yinlarni o‘tkazish uchun munosib infrastrukturani yaratish chora-tadbrilarini ishlab chiqish belgilangandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari ikki davlatga ID karta orqali o‘tishi mumkin bo‘ladi
Mahalliy
Hokimiyat xodimlarini ovqatlantirishga 1,3 milliard so‘m, talabalar uchun Dubayga sayohat, “tushunmasdan” lotni yutib qo‘ygan tadbirkor — 27-yanvardagi qiziqarli t...
Dunyo
Sayfullo Soipov 2017-yil Nyu-Yorkda yuz bergan teraktda aybdor deb topildi. U o‘limga hukm qilinishi mumkin