• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12705.79
    • RUB159.2
    • EUR14704.41
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Kambag‘allar uchun ko‘chaga chiqqan boylar. Dekabristlar qo‘zg‘oloni tarixi

    1825-yil 14-dekabr kuni Rossiya imperiyasida tarixda dekabristlar qo‘zg‘oloni nomi bilan mashhur bo‘lgan isyon bo‘lib o‘tdi. Isyon qattiqqo‘llik bilan bostirildi. Mazkur voqea rus ijtimoiy-siyosiy hayotida o‘ziga xos iz qoldirdi. “Daryo” sana munosabati bilan ushbu isyon tafsilotlari haqida hikoya qiladi.

    Qo‘zg‘olon ildizlari

    Rossiya imperiyasi XVIII asrning o‘rtalarida ikki muhim ichki muammoga duch keldi va bular uning Yevropa diplomatiyasida o‘z o‘rnini yo‘qota borishiga zamin hozirladi. Ulardan birinchisi avtokratiya bo‘lsa, ikkinchisi krepostnoy huquqi edi. O‘zini Vizantiya imperiyasi merosxo‘ri deb bilgan Rossiya podsholigi avtokratik boshqaruv tizimini ham o‘ziga meros qilib olgan edi. Mazkur boshqaruv tizimi 1547-yilda Ivan IV Grozniy taxtga o‘tirishi va o‘zini “butun Rusiya shohi” deb e’lon qilishi bilan amal qila boshladi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Uzoq yillar davomida mutlaq monarxiya va avtokratiyani aralashtirib yuborish hollari kuzatib kelindi. Rossiya podsholigi avtokratiya emas, balki mutlaq monarxiya degan qarashlar ham bo‘lgan. XVIII asrga kelib esa avtokratiya Rossiyaning tan olingan rasmiy boshqaruv shakli deb e’lon qilindi.

    Rus avtokratiyasi dekabristlar harakatidan deyarli yuz yil oldin inqirozni boshidan kechirishni boshladi. Jumladan, 1730-yilgi Anna Ivanovnaning taxtga chiqishi paytida bir guruh aristokratlar undan ba’zi bir huquqlaridan voz kechishni talab qildi. Boshida bunga ko‘ngan bo‘lsa-da, qirolicha keyinchalik kelishuvni buzdi.

    Dekabristlar harakatiga turtki bergan yana bir jihat bu tashqi omil bo‘lib, buyuk fransuz inqilobi va Napoleonning rus yurishidan keyingi voqealardir. Rossiyaga yurishdagi muvaffaqiyatsizlik va uning ortidan yuz bergan 1814–1815-yilgi voqealar fonida Napoleon hukmronligiga barham berildi. Uni mag‘lub qilganlar orasida Rossiya imperatori Aleksandr I ham bor edi va u Napoleon qo‘shinlarini ta’qib e’tib, Parijgacha kirib bordi. Aynan u Lui XVIII dan taxtga chiqishning yagona sharti sifatida konstitutsiya qabul qilishni talab qilgan edi.

    G‘arbdagi yangi siyosiy institutlarni ko‘rgan aristokratiyadan chiqqan yosh ofitserlar yurtga qaytgach, o‘zlarida ham shunday o‘zgarishlarni ko‘rishni istay boshladi. Ular Russo, Volter, Monteskye kabi mutafakkirlar g‘oyasi bilan tanishdi. Aleksandrdan umid qilgan yoshlar tez orada uning sustkashligidan hafsalalari pir bo‘la boshladi. Rossiya va Ukraina hududlarida islohotchilik harakatlari paydo bo‘la boshladi.

    Bunday harakatlar Italiyadagi karbonarizmdan ruhlanib, maxfiy tashkilot sifatida shakllanib bordi. Ana shunday maxfiy tashkilotlar a’zolari amalga oshirgan harakat tarixda dekabristlar harakati deya nomlandi. Ularning g‘oyalari turlicha bo‘lsa-da, asosiy birlashtiruvchi maqsadlari Rossiyadagi avtokratiyaga barham berish va krepostnoy huquqini bekor qilish edi. Shu maqsadda 1825-yil 14-dekabr kuni ular imperator Nikolay I ga qarshi qo‘zg‘olon ko‘tardi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Qo‘zg‘olondan oldingi voqealar

    1825-yil 19-noyabr kuni hech qanday vorisga ega bo‘lmagan imperator Aleksandr I vafot etishi munosabati bilan mamlakatda qo‘shhokimiyatchilik vujudga keldi. Bundan esa islohotchilar foydalanib qolishga harakat qildi. Provaslav qonunlari bo‘yicha taxtga hukmdorning yosh jihatdan undan keyingi ukasi o‘tirishi kerak edi. Bu esa Konstantin Pavlovich edi. Maxfiy hujjatga ko‘ra, u oldinroq taxtdan voz kechganini e’lon qilgan edi. Taxt esa o‘z-o‘zidan undan keyingi Nikolayga o‘tishi kerak edi. Ammo uning dvoryanlar orasida obro‘si past edi.

    Bir necha haftalik tortishuvlardan keyin 13-dekabrdan 14-dekabrga o‘tar kechasi Konstantin Pavlovichning taxtdan ikkinchi bor voz kechishi natijasida Rossiya Senati Nikolayning taxtga huquqini tan oldi va u imperator deb e’lon qilindi. Bu esa dekabristlar uzoq kutgan vaqt edi. Maxfiy tashkilotlar a’zolari harakatga o‘tishning vaqti kelganini anglab yetdi va bir qarorga keldi. Bundan tashqari, ularning qulog‘ida jandarmeriyaning ommaviy hibslar o‘tkazishi haqidagi xabar ham yetib kelgan edi.

    Qo‘zg‘olonga tayyorgarlik va jarayon

    Aslida, isyon asosan ikki muhim o‘zaro qarama-qarshi harakat atrofida rejalandi. Ulardan birinchi Shimoliy uyushma bo‘lib, uning asoschisi Nikita Muravyov edi. Bu harakatning maqsadi konstitutsion monarxiyaga erishish bo‘lsa, ikkinchi guruh Pavel Pestelning Janubiy uyushma bo‘lib, ular ancha radikal kayfiyatdagi respublikachilar edi.

    Qo‘zg‘olon boshlanishidan bir sutka oldin Janubiy uyushma raisi jandarmeriya tomonidan hibsga olindi. Dekabristlar Senat va harbiylarning yangi imperatorga qasamyod qilishiga to‘sqinlik qilishga qaror qildi. Shu maqsadda qishki saroy va Petropavlosvk qal’asini egallab, podshoh oilasini hibsga olishni, zarur bo‘lsa o‘ldirishni reja qildi. Isyonga boshchilik qilishga knyaz Sergey Trubetskiy tanlandi.

    Ular o‘ylagan rejalari amalga oshgan taqdirda, Senatdan oldingi hokimiyat shakli tugaganini e’lon qiladigan umumxalq manifestini qabul qilishni va inqilobiy muvaqqat hukumat tuzishni talab qilmoqchi edi.

    Shuningdek, deputatlar asosiy qonun – konstitutsiya qabul qilishlari kerak edi. Senat manifest e’lon qilmasa, uni bunga kuch ishlatib majbur qilish rejalandi. Keyin esa umumxalq yig‘ini chaqirilib, yangi boshqaruv shakli tanlanishi kerak edi. Respublika tuzumi o‘rnatilgudek bo‘lsa, podshoh oilasi xorijga surgun qilinishi lozim edi. Dekabristlar liderlaridan biri, shoir Rileyev Nikolay uchun Fort Ros qal’asini taklif qildi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Rileyev 14-dekabr erta tongida Kaxovskiydan qishgi saroyga bostirib kirib, Nikolayni o‘ldirishni so‘radi. Ammo Kaxovskiy dastlab rozi bo‘lgan boo‘lsa-da, keyin buni rad etdi. Bir soatdan keyin Yakubovskiy ham Gvardeyskiy ekipaj motroslarini hamda Izmaylov polkini qishki saroyga boshlab kirishdan bosh tortdi.

    Shu kuni soat 11 da dekabristlar Peterburgdagi Senat maydoniga 800 nafar Moskva leyb gvardiyasi polka askarlarini olib chiqdi, keyinroq ularga Grenaderskiy polki va Gvardeyskiy ekipaji motroslari ham kelib qo‘shildi. Shunday qilib ularning umumiy soni 2 350 kishiga yetdi.

    Shuningdek, turli hisob-kitoblarga ko‘ra, 10 mingga yaqin Peterburg ahli ham isyonchilarga hammaslak ekanini bildirib maydonda to‘plandi. Podshoh oilasini saroydan olib chiqish masalasi ham ko‘rila boshlandi. Isyonchilar va hukumat kuchlari o‘rtasida to‘qnashuvlar bo‘ldi, muzokaralar olib borildi, ruhoniylar ishga solindi. Lekin hech biri foyda bermadi. Dekabristlar chekinishni istamadi.

    Uch mingga yaqin isyonchi askarga qarshi hukumat to‘qqiz ming piyoda qo‘shin, uch ming otliq qo‘shin, umumiy hisobda keyinchalik chaqirilgan artilleriyachilarni va rezerv uchun chaqirilgan yetti minglik shahar tashqarisidan kelganlarni hisobga olmasa, 12 ming kishilik kuchni tashladi.

    Isyonchilar ishini artilleriya va binolar tomidan otilgan o‘qlar bitirdi. Shu kuni tunda isyon bostirildi. Maydonlar va ko‘chalar yuzlab jasadlarga to‘lib ketdi. 700 ga yaqin isyonchi askar hibsga olindi Petropavlovskiy qal’asi zindoniga tashlandi. Dekabristlar a’zolari esa hibsga olinib, qishki saroyga olib ketildi. Ularni shaxsan imperator Nikolay I so‘roq qildi.

    Jami 579 kishi sudga tortilgan bo‘lsa, ulardan 287 nafari aybdor deb topildi. Besh nafar dekabristlar rahbarlari K.F Rileyev, P.I Pestel, P.G Kaxovskiy, M.P Bestujev-Ryumin va C.I Muravyov-Apostollar o‘lim jazosiga hukm etildi. 120 kishi Sibirga katorga ishlariga surgun qilindi.

    Oqibatlar

    Dekabristlar harakati rus jamiyati xotirasida uzoq vaqt saqlanib qoldi. XIX asr mobaynida bir necha bor ular uchun qasos olishga urinishlar bo‘lib turdi va 1917-yilgacha davom etdi. Rossiyada krepostnoy huquqi 1861-yilga kelibgina bekor qilindi.

    Bir nechta yozuvchilar o‘z asarlarida dekabristlar faoliyatiga to‘xtalib o‘tdi. Jumladan, Lev Tolstoy o‘zining “Urush va tinchlik” romanida mazkur harakat haqida hikoya qilgan edi. Ularning xotirasiga atab bir nechta muzeylar va uy muzeylari tashkil etildi.

    Jahongir Ostonov tayyorladi.

    15.12.2020, 10:46   Izoh (0)   108546
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    AQSh Marokashning G‘arbiy Sahroi Kabir ustidan suverenitetini tan oldi. BMT fikricha, Afrikadagi bu noyob hudud hech kimga tegishli emas, ammo mustaqil ham emas

    15.12.2020, 10:22

    Rossiyaning “Sputnik V” vaksinasi koronavirusning og‘ir holatlariga qarshi 100 foiz samaradorlik ko‘rsatgani ma’lum qilindi

    15.12.2020, 09:41

    Koronavirusning yangi turi aniqlangani sababli Londonda eng yuqori karantin cheklovlari joriy qilinadi

    15.12.2020, 00:51

    AQShda koronavirusga qarshi emlash boshlandi

    14.12.2020, 21:59

    Svazilend bosh vaziri koronavirus oqibatida vafot etdi

    14.12.2020, 21:11

    JSST kasalxonalarda suv yo‘qligi tufayli 1,8 mlrd kishi COVID-19’ga chalinishi mumkinligidan ogohlantirdi

    14.12.2020, 19:09
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Mikrokreditbank xalqaro moliya institutlari bilan muhim kelishuvlarga erishdi


    Uzbekistan Airways bilan Kuala-Lumpur va Bangkokga sayohatni rejalashtiring


    American University of Technology: ikkita magistrlik diplomi va AQSHda o‘qish imkoniyati


    110% grant va xalqaro amaliyotlar: Central Asian University va AKFA Medline University Hospital rezidentura dasturiga qabul davom etmoqda


    Hyundai Tucson: 24 oyga bo‘lib to‘lash imkoniyati — qulay, tez, foydali


    TENET: “Stellar Residence” apartamentlari 24 oygacha bosqichma-bosqich to‘lov bilan 


    Bekobodda "Biznesni rivojlantirish banki"ning  zamonaviy bank xizmatlari markazi ish boshladi


    Golden House’dan “O‘z Makon”: Toshkentdagi shahar hayotining yangi mezoni


    InfinBANK AstraSend orqali xalqaro pul o‘tkazmalarini yo‘lga qo‘ymoqda


    Way II Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etmoqda 


    InfinBank Visa kartalari bilan endi WeChat Pay va Alipay orqali to‘lash mumkin


    President Tech Award: 1 000 000 dollarlik sovrin jamg‘armasiga ega innovatsion loyihalar milliy tanlovi boshlandi


    Mobiuz xodimlari onkologik va gematologik kasalliklar bilan kurashayotgan bolalarga yordam ko‘rsatdi


    SAG 25 yilligi munosabati bilan Abu-Dabida hamkorlari uchun biznes tur tashkillashtirdi 


    G‘alabadan ilhom, kelajak sari dadil qadam – Jahon chempionatiga yo‘l olgan chempionlar uchun BYD avtomobillari tuhfa etildi

     

    Tavsiya etamiz

    35 yildan so‘ng topilgan sotqin – urush paytida nemislar tomonga o‘tib ketgan ayol qanday fosh bo‘lgandi?

    14 iyun, 17:20
    Audio Icon

    Isroil va Eron mojarosi: sabablari, xronologiyasi, oqibatlari (foto, video)

    14 iyun, 16:36

    G‘azodagi ayol va qizlar: Isroil qamali ostida ularning hayoti qanday kechmoqda? (foto)

    13 iyun, 08:31
    Audio Icon

    “Hokim uyingni ekskavator bilan buzib tashlayman deb po‘pisa qilyapti”, — Samarqandda uyi “snos”ga tushganlarga kompensatsiya to‘lab berilmadi

    11 iyun, 20:50
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    ChatGPT’dan diniy savollarga javob olish joizmi? Musulmonlar idorasi javob berdi

    O‘zbekiston | 14 iyun, 21:18

    Tailand va Kamboja chegara mojarosini hal qilish uchun uchrashuv o‘tkazdi

    Dunyo | 14 iyun, 21:10

    Endryu Robertson “Atletiko”ga o‘tishi kutilmoqda

    Sport | 14 iyun, 20:57

    Erondagi cheklovlar sababli Dubay va Sharm ash-Shayxga aviareyslar jadvali o‘zgartirildi

    O‘zbekiston | 14 iyun, 20:50

    Isroilning Eronga hujumidan so‘ng qaysi aviakompaniyalar parvozlarini to‘xtatdi yoki bekor qildi?

    Dunyo | 14 iyun, 20:45

    Toshkent–Tel-Aviv–Toshkent aviareyslari iyun oxirigacha bekor qilindi

    O‘zbekiston | 14 iyun, 20:19

    Hindistonlik milliarder polo o‘yini paytida asalari chaqishidan vafot etdi

    Dunyo | 14 iyun, 19:50

    Turkiyada o‘gay otasi jinsiy tajovuz qilgan o‘zbekistonlik qiz vatanga qaytarildi

    O‘zbekiston | 14 iyun, 19:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.