Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekiston “Bojxona tartib-taomillarini soddalashtirish va uyg‘unlashtirish to‘g‘risidagi xalqaro konvensiya”ga qo‘shilsa, eksport va import qilinadigan mahsulotlar kafolatlanadi. Bu haqda 15-dekabr kuni Senatning Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qo‘mitasi tomonidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qilindi, deya xabar bermoqda “Daryo” muxbiri.

Anjumanda ta’kidlanishicha, Oliy Majlis Senatining 10-yalpi majlisida ko‘rib chiqilishi kutilayotgan “Bojxona tartib-taomillarini soddalashtirish va uyg‘unlashtirish to‘g‘risidagi xalqaro konvensiyaga O‘zbekiston Respublikasining qo‘shilishi to‘g‘risida”gi qonun ko‘rib chiqiladi.

Baxtiyor Rahimov

Baxtiyor Rahimov
Foto: “Daryo”

Tadbirda Davlat bojxona qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Baxtiyor Rahimov mazkur konvensiyaning O‘zbekiston uchun afzalliklari xususida gapirarkan, respublika qishloq xo‘jaligi mahsulotlari importiga Rossiya tomonidan qo‘yilgan taqiqlar yuzasidan ham munosabat bildirdi.

“Ommaviy axborot vositalarida Rossiya tomonidan pomidorlarimizdan zararkunandalar aniqlanib, taqiqlar qo‘yilgani haqida ma’lumotlar tarqalmoqda. Lekin buni tagi yo‘q, deb o‘ylayman. Mening shaxsiy fikrimcha, bu - siyosiy o‘yin. Mazkur konvensiyaga qo‘shilganimizdan keyin yagona darcha, karantin (Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasi – tahr.) kabi sohalar uyg‘unlashsagina, Rossiyaga eksport qiladigan mahsulotlarimiz kafolatlanadi, ya’ni tadbirkorga qulay sharoit yaratiladi. Importda ham xuddi shunday: chet eldan mahsulotni sifatli kirib kelishini ta’minlaydi”, – dedi Baxtiyor Rahimov.

Eslatib o‘tamiz, jigarrang burishgan virusi aniqlangani sababli “Rosselxoznadzor” 26-noyabrdan boshlab Farg‘ona viloyatidan Rossiyaga pomidor va qalampir olib kirishni taqiqlagan edi. Keyinroq quritilgan o‘rik partiyasida ham xavfli zararkunanda (kapr qo‘ng‘izi) aniqlangach, “Rosselxoznadzor” Farg‘onadan barcha turdagi o‘simlik mahsulotlari importini taqiqladi. Rossiya tomoni shu kabi taqiqlarni so‘nggi ikki hafta ichida Navoiy va Qashqadaryo viloyatida yetishtirilgan mahsulotlarga ham joriy etgan.

Farg‘onaga viloyati hokimi Xayrullo Bozorov Rossiyaga yuborilgan pomidordan chiqqan kasallik Farg‘onadagi birorta issiqxonada aniqlanmagani haqida ma’lumot bergan. Hokimning ta’kidlashicha Rossiyaning vakolatli organlari tomonidan Farg‘onada yetishtirilgan barcha qishloq xo‘jaligi mahsulotlari importiga qo‘yilgan taqiq viloyatga juda salbiy ta’sir ko‘rsatadi — taqiq olib tashlanmasa, “Farg‘onaga og‘ir bo‘ladi”.

Avvalroq “Yuksalish” umummilliy harakati yetakchisi, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Bobur Bekmurodov Rossiya tomonidan Farg‘ona, Navoiy va Qashqadaryo viloyatlarida yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari importiga qo‘yilgan taqiqqa munosabat bildirib, “bunday harakatlar... Jahon savdo tashkilotiga a’zolikni tezlashtirish lozimligini yana bir bor eslatayotgani”ni ta’kidlab o‘tgan edi.

Telegram’dagi “Davletovuz” kanalining qayd etishicha, O‘zbekiston qalampiri va pomidoriga qarshi Rossiya tomonidan qo‘yilayotgan taqiqlar “O‘zbekiston hukumati Rossiya vaksinasini rasman (xuddi Qozog‘iston kabi) sotib olmayotgani yoki ‘mahalliylashtirmayotgani’ tufayli” joriy etilayotgan bo‘lishi mumkin. “Hozirgi Rossiya sog‘lom davlat emas”, — deya qo‘shimcha qilgan kanal mualliflari.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Daryo” kundaligida 2-dekabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Mahalliy
“Ifloslantiruvchi to‘laydi” tamoyili, “yashil sertifikatlar”, energiya ulushini kamaytirish: Mirziyoyev “yashil” iqtisodiyot taqdimoti bilan tanishdi
Dunyo
Britaniya razvedkasi Rossiya Ukrainadagi urushda quruqlikdan hujum qilolmayotgani sababini tushuntirdi