Prezident qarori bilan Jizzax viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan Yunusjon Nasimjonov Davlat soliq qo‘mitasi raisining o‘rinbosari lavozimida ish boshladi.
Yunusjon Nasimjonov 1967-yil Toshkent shahrida tavallud topgan. U 2020-yil mart oyida O‘zbekiston Prezidenti farmoyishiga asosan Jizzax viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlangandi.
Yunusjon Nasimjonov o‘z vaqtida Farg‘ona viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i sifatida ham ishlagan.
Avvalroq Ayubxon G‘aybullayev Namangan shahar Davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi etib tayinlangani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Mavzuga doir:
Izoh (0)