Professional futbol Ligasi (PFL) O‘zbekiston chempionatining noyabr oyidagi eng yaxshilarini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, “Nasaf” legioneri Marko Stanoyevich noyabr oyining eng yaxshi o‘yinchisi deb topildi. Serbiyalik futbolchi o‘tgan oydagi 4 o‘yinda ikkita gol urishga muvaffaq bo‘ldi.
Stanoyevich so‘rovnomada Shohruz Norxonov (“So‘g‘diyona”) va Sardor Abduraimovni (“Mash’al”) ortda qoldirdi.
“Nasaf” ustozi Ro‘ziqul Berdiyev esa noyabr oyining eng yaxshi murabbiyi nomiga loyiq ko‘rilgan.
Ushbu sovrin uchun shuningdek, Shota Arveladze (“Paxtakor”), Dilyaver Vaniyev (“Mash’al”) va Ulug‘bek Baqoyev (“So‘g‘diyona”) kabi mutaxassislar kurash olib borgandi.
Shuningdek, Stanoyevichning “Bunyodkor” darvozasiga urgan goli oyning eng chiroyli goli deb topildi. Marko oktabr oyida ham mazkur sovringa ega bo‘lgandi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)