“Liverpul” hujumkor yarim himoyachisi Diogu Jotaning jarohati jiddiy bo‘lib chiqdi.
24 yoshli futbolchi Chempionlar Ligasi doirasida “Midtyulland”ga qarshi bahsda (1:1) tizzasidan jarohat olgandi. Avvalgi xabarlarda futbolchi tez orada safga qaytishi aytilgandi.
Biroq Record nashri versiyasiga ko‘ra, Jotaning jarohati ancha jiddiy va u ikki oy maydonga tusha olmaydi.
Yozgi transfer oynasida “Vulverhempton”dan “qizillar” safiga o‘tgan futbolchi 2020/21-yilgi mavsumda barcha musobaqalarda “Liverpul”ning 9 ta goliga muallif bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, ayni damda “Liverpul”da Aleks Oksleyd-Chemberlen, Virjil van Deyk, Tiago Alkantara kabi futbolchilar jarohat sabab safdan chiqqan.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)