Daryo

Ilon Mask: odam yaqin olti yil ichida Marsga qadam qo‘yadi

“Agar omadimiz chopsa, bu to‘rt yil ichida ham yuz berishi mumkin”, — dedi Mask

1 daqiqa o‘qish30 318 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: “Hi-news.ru”

SpaceX asoschisi Ilon Mask fikricha, odam yaqin olti yil ichida Marsga qadam qo‘yadi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.

Foto: “Hi-news.ru”

“Agar omadimiz chopsa, bu to‘rt yil ichida ham yuz berishi mumkin”, — dedi Mask insoniyat taraqqiyotiga ta’sir o‘tkazuvchi innovatsion g‘oyalar uchun beriladigan Axel Springer mukofotini topshirish marosimida.

CNBC aniqlik kiritishicha, Mask shu tariqa 2016-yilda Marsga o‘n yil ichida qadam qo‘yilishi haqida aytgan gaplarini yana bir bor tasdiqlagan.

Marsga parvoz qilish uchun SpaceX Starship kemasi va shu nomdagi raketa ustida ishlamoqda, uning to‘liq o‘lchamdagi prototipi 2020-yil avgustida muvaffaqiyatli tarzda uchirib sinab ko‘rilgan edi.

Avvalroq Ilon Mask birinchi kolonistlar Marsda qanday yashashini so‘zlab bergan edi. U Marsda tashkil qilinadigan shahar aholisi avval shisha gumbazlar ostida yashashi, keyinchalik sayyora Yerdagi kabi hayotni qo‘llab-quvvatlash uchun terraformaga aylanishini aytdi. Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar