Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

AQShda bir kecha-kunduzda COVID-19’dan vafot etganlar soni butun pandemiya davridagi eng yuqori ko‘rsatkichga yetdi, deb yozadi “RBK”.

Foto: AP Photo

Foto: AP Photo

The New York Times ma’lumotlariga ko‘ra, so‘nggi 24 soat ichida mamlakatda 3011 kishi koronavirus oqibatida vafot etgan. Bundan avvalgi rekord 3-dekabrda qayd etilgan, o‘shanda o‘limlar soni 2879 tani tashkil qilgan edi. Bunga qadar o‘lim darajasi bo‘yicha rekord yarim yildan ortiq vaqt davomida saqlanib turgan va pandemiyaning birinchi to‘lqini chog‘idayoq o‘rnatilgan edi (15-aprelda 2752 ta o‘lim holati).

Nashrning yozishicha, AQSh koronavirus qurbonlarining umumiy soni bo‘yicha ham yana bir katta raqamga yaqin qolgan (ularning soni tez orada 300 ming kishiga yetishi mumkin). Nashr hisob-kitoblariga ko‘ra, hozirda mamlakatda COVID-19 oqibatida kamida 288 ming kishi hayotdan ko‘z yumgan.

Covid Tracking Project portali ma’lumotlariga qaraganda, ayni vaqtda Amerika kasalxonalarida 106 mingdan ziyod koronavirus bemorlari yotibdi. Mamlakat bo‘yicha har kuni o‘rtacha 200 mingdan ortiq odam kasallikka chalinmoqda.

Amerikaning Jons Hopkins universiteti ma’lumotlariga ko‘ra, AQSh COVID-19 bilan kasallanganlar va uning oqibatida vafot etganlar soni bo‘yicha dunyoda birinchi o‘rinni egallamoqda. Butun pandemiya davrida mamlakatda 15,3 million kishi kasallikni yuqtirgan, qariyb 290 ming kishi vafot etgan. Butun dunyoda esa 68,8 million kishida virus aniqlangan, shularning 1,56 millioni vafot etgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
“Gulja qirg‘ini” — uyg‘urlarni o‘ldirishni boshlagan Xitoy, chechenlarni ommaviy o‘ldirgan rus OMONi va vodorod bombasini botqoqqa tashlagan AQSH samolyoti. Kun xr...
Mahalliy
Toshkent viloyatida avtokran qulashi oqibatida mashinist vafot etgani yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Mahalliy
“Tez yordam mashinasi 5 yilda ikki baravarga ko‘paydi, bitta chaqiruv dorisi 640 so‘mdan 7,5 ming so‘mga oshdi”. “Daryo” tibbiyotdagi o‘zgarishlarni Namangan viloy...