O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 12-dekabr kuni Xorazm viloyatiga jo‘nab ketdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Tashrifdan asosiy maqsad — islohotlarning mahallabay tizimda yo‘lga qo‘yilganini, odamlar hayotidagi ifodasini ko‘rish, navbatdagi rejalarni belgilash.
Safar davomida qishloq xo‘jaligi va sanoat korxonalari faoliyati bilan tanishish, viloyat faollari, yoshlar bilan uchrashuvlar o‘tkazish mo‘ljallangan.
Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev 2020-yilning mart oyidagi Xorazm viloyatiga tashrifi doirasida “Hazorasp” erkin iqtisodiy zonasiga borgan hamda u yerdagi yangi to‘qimachilik korxonasi bilan tanishgan. Shuningdek, Prezident Yangiariqdagi yiliga 5 million dollar daromad keltiradigan issiqxonaga tashrif buyurgan.