• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12834.61
    • RUB162.65
    • EUR14662.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +28°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “O‘qimaganimda edi, hayot shu ekan deb yuraverardim”. 9 yildan beri Rossiyada ishlayotgan o‘zbekistonlik muhojir hikoyasi

    “Daryo” “Muhojirlar hayoti” loyihasi doirasida xorijda mehnat qilayotgan o‘zbekistonliklarning hayotini yoritishda davom etadi. Loyihaning bu galgi qahramoni — to‘qqiz yildan beri Rossiyada ishlayotgan kishi.

    Suhbatdoshimizning iltimosiga ko‘ra, uning ism-sharifi hamda shaxsini oshkor etishi mumkin bo‘lgan boshqa ma’lumotlar o‘zgartirildi.

    Ismim Sanjar, yoshim 38 da. Navoiy viloyatidanman. To‘qqiz yildan beri Rossiyadaman. Ikki nafar farzandim bor. Ular O‘zbekistondaligi uchun bir yo ikki yilda borib ko‘rib kelaman.

    Yillarni taxminan yozaman, sababi to‘qqiz yillik Rossiya hayoti xotiramni ancha pasaytirgan.

    Foto: “Yandeks”

    Foto: “Yandeks”

    Maktabda yaxshi o‘qiganman. Ulg‘ayib, kimdir bo‘lishni, hayotda o‘z o‘rnimni topishni orzu qilardim. Ammo soddaligim tufayli kelajagimga, orzularimga nuqta qo‘yilgan. Keling, hammasini batafsil aytib beraman.

    9-sinfni bitirib, tumanimizdagi biznes maktabida qishloq xo‘jalik hisobchisi, oziq-ovqat mollari sotuvchisi yo‘nalishida o‘qiganman. U yerga meni o‘qishga olib borgan insonni ham uning gaplariga laqqa ishongan o‘zimni ham haligacha kechirolmayman.

    Biznes maktabida 10-11-sinfni tamomlab, Navoiy davlat pedagogika institutiga hujjat topshirishga borganimda, hujjatlarim qabul qilishmagan. Sababi, menda 11-sinfni tugatganim to‘g‘risidagi attestat o‘rniga biznes maktabidan berilgan diplom bor edi xolos. O‘sha maktabda faqat kasbga oid darsliklar o‘tilardi, masalan, tovarshunoslik va hokazolar. Ona tili, adabiyot, tarix kabi fanlar o‘tilmasdi. Shu bois diplomimda bu darslarning baholari bo‘lmagan. O‘qishga qabul qilish uchun bu juda ahamiyatli edi. Qaniydi, hammasini ortga qaytarib bo‘lganda...

    O‘shanda dekanmi, rektormi, yodimda yo‘q, hujjatlarim bilan xonasiga kirib, “nahotki men bir umrga o‘qishga topshirolmasam, axir men boshqa davlatda emas, o‘zimizning yurtda o‘qidimku? Hujjatlari o‘tmas ekan, nega davlat bunaqa biznes maktablarni ochgan, nega yopmayapti, deb so‘raganman. U savollarimga javob bermay, xonasidan chiqarib yuborgan. Ketishimda yana “mabodo tanish-bilishchilik qilib, soxta baholar yozdirib kelsang, o‘zingdan ko‘r. Men seni eslab qoldim”, deb aytgan.

    Aslida menga yo‘l-yo‘riq ko‘rsatib, himoya qiladigan, o‘sha tanish-bilishni o‘zi bo‘lmagan, agar bo‘lganida shunaqa sarson bo‘lib yurarmidim? Xullas, boshqa oliygohlarga ham shu diplomni deb hujjatlarim qabul qilinmagan.

    Foto: “Yandeks”

    Foto: “Yandeks”

    Ota-onamni ko‘p xafa qilganman

    Buxgalteriya sohasi men uchun emasdi. Bor-yo‘g‘i ikki oy shu kasb bo‘yicha ishladim va ishdan bo‘shadim.

    Hayotdan soviganim, qiziqishim so‘ngani uchun yashagim kelmasdi. Doim kundalik yuritardim. O‘sha kundaliklarimning ko‘pini tandirda yoqqanman. Boisi, onam topib o‘qib qolganlar. O‘zini bir nima qilib qo‘ymasin deb, qo‘rqib, doim meni kuzatib yuradigan bo‘lgan. Chunki kundaligimda faqat ushalmagan orzularim, tez orada o‘lishim haqida yozardim.

    Uch yil tumanimizdagi bir fermer xo‘jaligida ota-onam, singlim va ukam bilan dalada ishladik. Erta-yu kech ketmon chopishni o‘zimga ravo ko‘rmasdim. Nega unda buncha o‘qidim, o‘qimaganimda edi, hayot shu ekan deb, sabr qilib yurgan bo‘lardim. Nimaga men boshqalarga o‘xshamayman? Nega bu oilaga tug‘ildim, deb ota-onamni ko‘p xafa qilganman.

    Hozir bundan juda pushaymonman va shu oilada tug‘ilganimdan faxrlanaman.

    Foto: “Yandeks”

    Foto: “Yandeks”

    Ko‘p kitob o‘qiganim uchun hayot va odamlar chiroyli ko‘rinardi

    Keyin Toshkentga ko‘chib ketdim. Xayolimda u yerda yaxshi insonlar ko‘p, mendagi qobiliyatni ko‘rib yordam berishadi deb o‘ylardim. Ko‘p kitob o‘qiganim uchun hayot va odamlar chiroyli ko‘rinardi. Biroq hayot boshqa, kitob va kino boshqa ekan.

    Toshkentda boshdan kechirganlarim ham bir kino. U yerdanam qaytib kelgach, Navoiy shahriga borib, duch kelgan do‘konlardan, odamlardan ish so‘radim.

    Bir qancha vaqt sutni qayta ishlash korxonasida, keyinroq yo‘l tuzatuvchi bo‘lib temir yo‘lda ishladim.

    Ishdan bo‘shaganimdan so‘ng, tanlov asosida NTT telekanaliga kirdim. Biror marotaba maosh olmagan bo‘lsam-da, baxtli edim. Chunki o‘zim orzu qilgan kasbda ishlardim. To‘ylarda boshlovchilik qilardim. Ko‘pincha tanish-bilish va qarindoshlar to‘ylarida xizmat qilib, pul so‘rolmaganimdan uchun oila boqolmadim.

    Keyin bir kafeda ofitsiantlik qildim. Ochig‘i, bu ishda yaxshi pul topdim. Bu orada uylandim.

    Qizlarimning kelajagi uchun Rossiyaga ketdim

    2011-yil ota-onamni qarshiligiga qaramay, Rossiyaga keldim. Sababi, ko‘pchilik tengdoshlarim allaqachon uy-joy qurgandi. Bu orada ikkinchi qizim ham dunyoga kelgandi. Ularni kelajagini ta’minlash va menday sarson bo‘lmasdan, yaxshi o‘qib, institutlarga kirib, aynan televideniyega ishga kirib, kasbimni davom ettirishlari uchun sharoit yaratishim kerak edi.

    Xudoga shukur, ayni damda ikkala qizim ham yaxshi o‘qiydi. Kattasi sinf sardori. Molga qarash, dalada ketmon chopishdan ozod, muntazam dars qiladi. Stol-stul, kitob javoni, hatto noutbuklargacha olib berganman.

    Foto: “Yandeks”

    Foto: “Yandeks”

     Boshida Rossiyaga kelganimga ming pushaymon bo‘lganman

    Ko‘chalarda qolib, ochlikdan qor yeb, o‘rmon o‘rtasidagi vagonchalarda yotib qiynalganman. Ammo qo‘ni-qo‘shni, xotin urug‘ oldida qanday quruq qo‘l bilan qaytaman deb, qolishga majbur bo‘lganman.

    Uydagilarga qo‘ng‘iroq qilganimda, xavotir olishmasin deb bu yerlarni doim maqtardim.

    To‘qqiz yil mobaynida juda ko‘p shaharlarda, ishxonalarda ishladim. Shunday kunlar bo‘ldi, ruslarning Pasxa bayramida qabristonlaridan shirinlik va qaynatilgan tuxumlar olib kelib yedik. Biroq Yaratganning bergan hech bir sinovidan nolimayman. Aynan shu sinovlar meni kuchli, irodali qildi.

    Rossiyada qilmagan ishim qolmagan

    Boshida ishni sementni qayta ishlash sexidan boshladim, keyinchalik bir buxorolik tanishim orqali armanilarning kafesiga joylashdim. Kichkina do‘konda sheriklarim bilan shaurma va boshqa pishiriqlarni tayyorlab sotardik.

    Biroq yurtdoshlarimizni himoya qilib, bizni qulday xohlagan ko‘yga solishlariga qarshi bo‘lganim uchun u yerdan ishdan ketdim. Keyinchalik shirinlik sexida, Sharq oshxonasida oshpaz bo‘lib ishladim.

    Foto: “Yandeks”

    Foto: “Yandeks”

    O‘tgan Yangi yil oldi uch oylik maoshimizni ololmay, ishsiz va pulsiz qoldik

    20 ga yaqin o‘zimizning yigitlar bilan ishlardik. Hozir sakkiz kishi qoldik. Chunki Novosibirskdagi ishxonamiz yopilib, o‘tgan Yangi yil oldi uch oylik maoshimizni ololmay, ishsiz va pulsiz qoldik.

    Ishxonamiz va ish yurituvchilardan nolimayman. Ular qasddan bizni aldab, pulsiz qoldirgani yo‘q. Yaxshi haq to‘lashardi. Zavodda ish to‘xtab qolganida ham “bu bizning aybimiz, sizlar ishlash uchun uzoqdan kelgansizlar”, deb, ishlamagan kunimizga ham har birimizga kuniga 750 rubldan yozib borishdi.

    Shu yili fevral—mart oylarida anchagina pullarimizni to‘lashdi. Ozrog‘i qoldi. Birovni ishlatib, haqqini olib yeganday bo‘lmay deb o‘z ukamning puli hisobidan jamoamdagilarga berdim.

    Tomskda qayta hujjat qilib, yana bir arralash sexida ishladik. Bir tashlandiq uy berishdi. O‘sha uyni ta’mirlab ikki oycha ishladik. Juda kam maosh berishardi. Qish kuni boradigan joyimiz yo‘qligi uchun sabr qildik.

    Shu yili martda xitoylik tanishimning taklifi bilan Chita shahriga keldik. Rossiyada bir viloyatga qilingan patent ikkinchisiga o‘tmagani uchun qaytadan hujjat qildik.

    Tarjima qilish uchun ham ming bir bahona topishdi. Maqsad — yangi patent va pul . Eng achinarlisi, karantin boshlandi.

    Ming azobda shaharga hujjat topshirib, 700 kilometr uzoqlikdagi arralash sexiga bir necha postlarni tekshirishlaridan o‘tib keldik. Baxtimizga bu yerga ko‘p tekshirish kelmas ekan. Maoshi ham yaxshi. Ishlamay yurgan kunlarimizdagi pullarni ham shu yerdan topdik.

    Prezident qarorlariga qaramay o‘z vaqtida, bolalarni patentini to‘lab, propiskaga qo‘yib yurdim. Chunki patent topshirib olib, ko‘p xarajat va sarsonliklar ko‘rgandik. Hozir “vid na jitelstvo” olganman. Ayni damda Chita shahri yaqinidagi o‘rmonda arralash sexida brigadir bo‘lib ishlayapman.

    Foto: “Yandeks”

    Foto: “Yandeks”

    Ko‘rgan uqubatlarim oldida bu yerning sharoiti men uchun shohona

    Ertalab 07:00 dan kechgi 19:00 gacha ishlaymiz. Orada qisqa tanaffuslar bor. Dam olishni o‘zimiz belgilaymiz. Xarajatimiz ko‘pligi uchun tinmay ishlashga harakat qilamiz. Oyda bir yoki ikki kungina dam olamiz.

    Qo‘l ostimdagi bolalarning osh-ovqatini tayyorlayman. Hujjatlari bilan shug‘ullanaman. Yog‘och uyda yashaymiz. Vagonni oshxona qilganmiz. O‘zimizga kerakli sharoitni yaratib olganmiz. Yashash joyimiz bepul. Faqat uy o‘rmonda joylashgani uchun aloqa yaxshimas. Chekkaroqqa chiqib, uydagilar bilan gaplashib kelamiz. Hozir Wi-Fi o‘rnatishgan. Oz-moz ishlaydi. Boshqa kamchiligimiz yo‘q.

    Ko‘rgan uqubatlar va sarsonliklar oldida bu yerning sharoiti men uchun shohona. Karantin bo‘lishiga qaramay, ishlab turdik. Chunki aholi yashaydigan punktdan anchagina uzoqda. Faqat oziq-ovqat uchun chiqmasak, boshqa payt chiqmaymiz.

    Hozir 500 dollardan ortiq maosh olib kelyapmiz. Faqat yog‘ingarchilik ko‘p bo‘lgani tufayli avgust va sentabr oyida ishlolmadik. Shunga qaramay rahbarlarimiz, ikki oylik patent, propiska va yeb-ichimiz uchun o‘z hisoblaridan pul ajratishdi. Oktabrdan qayta ishni boshladik. Umuman olganda, ishimdan mamnunman.

    Hozirgi maoshimni yarmini O‘zbekistonda topganimda edi...

    Bilasizmi, televideniyeda ishlab, bu yerda topayotgan maoshimning yarmini topganimda edi, to‘qqiz yildan beri qizlarimni voyaga yetayotganini, tug‘ilgan kun, bayramlarda ko‘rmay Rossiyada yurmasdim.

    Bir yili Rossiyadan qaytgach, O‘zbekistonda qolmoqchi bo‘lib, bir kafedan ish topdim. Maoshi 800 ming ekan. O‘sha payt ijara haqining o‘zi 400 ming so‘m edi. Qo‘limda hunarim, diplomim yo‘q, ayting qayerda ishlay olardim. Shu oylikka oilamni boqolarmidim?

    Foto: “Yandeks”

    Foto: “Yandeks”

    “Sendaylar O‘zbekistonga ham kerak emas”

    2015-yil fevral oyida Tomskning Asino shahridagi arralash zavodida ishlab yurgan 24 yoshli jiyanimni bexosdan ishda miyasiga qon quyildi. Insult bo‘lib, bir oy komada yotdi. Oldiniga ishxonada kimdir urdi yoki biror texnik muammodan bo‘ldi deb o‘yladik, adashibmiz.

    Shifokorlar birinchi yordamni ko‘rsatdi. Ikkinchi nurli operatsiya uchun bir hafta davomida 100 ming rubl pul topib borishim kerak edi. Bir hafta ichida buncha pul topolmasligim aniq edi.

    Ish yurituvchimiz Irina Pavlovna bilan moddiy yordam so‘rash maqsadida Tomskdagi konsulga bordik. U yerda buxorolikmi, g‘ijduvonlikmi, bir akaxon ishlarkan. Iltimos qilib, vaziyatni tushuntirdik. U esa yordam qilolmasligini aytdi.

    “Siz muhojirlarga yordam berolmasangiz, bu yerda nima qilib o‘tiribsiz? Nahot shunday og‘ir paytlarda davlat yordam ko‘rsatmasa?” deganimga, u “sendaylar O‘zbekistonga ham kerakmas, kerak bo‘lganlaringda bu yerlarga emas, yurtimizda yurgan bo‘larding”, — degandi.

    “Unday bo‘lsa, o‘zingiz Rossiyada nima qilib yuribsiz? Yana bir vagon qarindoshlaringiz bilan!” deb chiqib ketganman.

    Bilaman, birovga yomonlik tilamaslik kerak, lekin o‘sha paytda gaplari jonimdan o‘tganidan u va unga o‘xshaganlarning farzandlari bizday sarson bo‘lishini, shu kunlar boshiga tushishini Xudodan so‘raganman.

    Pul topolmay sarson bo‘lishimni ko‘rayotgan shifokorlar “shuncha pulga operatsiya qilganimiz bilan baribir oldingiday bo‘lmaydi, bir umrga nogironlar aravachasida qolishi yo jinni bo‘lib qolishi mumkin. Yaxshisi sun’iy havo beradigan apparatni o‘chiraylik”, deyishgan. “Menga jiyanim har qanday sharoitda tirik kerak, o‘ligini uyga olib bormayman”, deb baqirib chiqib ketganman.

    Irina Pavlovnaning yordami bilan ishxonamizda har bir o‘zbek uchun beriladigan 400 ming rubl miqdoridagi tibbiy polis borligini aniqladik. Moddiy yordam bilan barcha muolajalar samarali o‘tdi. Jiyanimni uyga sog‘-salomat olib bordim. Ayni paytda oilali, bir nafar shirin qizalog‘i bor. Hozirda qayta Rossiyaga kelib ishlash uchun pul to‘playapti.

    Shu voqeadan so‘ng qaytib, O‘zbekiston konsul idoralariga murojaat qilmaganman.

    Foto: “Yandeks”

    Foto: “Yandeks”

    Rossiyada ishlab niyatlarimga erishdim

    Shuncha qiyinchilik ko‘rsam ham Xudoga behisob shukur, to‘qqiz yil davomida o‘zim orzu qilgan hovli joy qildim. Navoiydan ikki xonali kvartira oldim. Oxirgi niyatim ukam bilan birga yana bir necha yil ishlab, pul yig‘ib, O‘zbekistonda tadbirkorlikni boshlamoqchimiz.

    Ukam qurilish sohasiga juda qiziqadi. Internetlardan doim har xil, qurilish uskunalarini kuzatib boradi. Kredit bilan ish boshlash niyatimiz yo‘q. O‘z pulimiz bilan boshlaymiz. Chunki bizni yo‘l-yo‘riq ko‘rsatib, qo‘llab-quvvatlaydigan tadbirkor qarindoshimiz yo‘q. Zarar ko‘rsak ham o‘zimizning pulga kuyamiz. Davlat bergan kreditiga emas. Axir uni ham to‘lash bor.

    O‘z hayotingiz bilan yashang

    Ko‘p maqol, ko‘p ibora bor, lekin hammasi ham bizga to‘g‘ri kelavermaydi. Eskilar daraxt bir joyda ko‘karadi, deyishadi. Ammo men maqolga amal qilsam, o‘sha fermer xo‘jaligida ketmon chopib ishlab yurishim kerak edi. Ketmonim hech qachon uchmasdi. Dunyoda shunday chiroyli joylar borligini bilmasdim.

    Inson daraxt emas. U doim harakatda, izlanishda bo‘lishi kerak

    Hayotda o‘z yo‘lini topolmayotgan ukalarimga maslahatim, hech qachon taslim bo‘lmang. Hayotning zarbalari-yu qiyinchiliklarida sinib qolmang. O‘zimdan misol, Allohning har bir bandasi uchun ajratib qo‘ygan, yorug‘ kunlari bor ekan. Niyatni poklang, harakat qiling, izlagan imkon topar.

    Yaxshiyam besh marotaba jonimga qasd qilganimda, Xudo meni asragan ekan. Asramaganida shunday orzu-havas va farzandlarimni ko‘rmay o‘lib ketarmidim. Har kuni shukur qilib charchamayman.

    Dalada ketmon chopib, faqat paxta payti qo‘lim pul ko‘rib, eski kiyimsotarlardan kiyim olib yurganimda kimdir kun kelib, hozirgidagi uy-joyim va kvartiram bo‘lishini aytganida ishonmasdim. Ertagingni boshqasiga ayt derdim.

    O‘qishga kirolmagan paytlarim qattiq o‘qiganim uchun afsuslangandim, ammo o‘sha bilimlarim sabab hayotda o‘rnimni topdim.

    Hozir farzandlarimga ham imkon borida o‘qib olinglar. Faqat universitetga kirish, diplom olish uchun emas, o‘zingiz uchun ilm olinglar deyman.

    Eng muhimi, hayotdan hech qachon nolimang. Qo‘lingizdagi imkoniyatni kimdir olib qo‘ysa ham peshonangizga yozilganiga hech kim to‘sqinlik qilolmas ekan. Har kimning bir og‘rig‘i, armoni bor. Ayrimlarga o‘xshab YouTube’ga chiqvolib nolimasdan, o‘zingiz uchun o‘zingiz harakat qiling. Kurashavering, chunki sizga baxt berishga hech kim majbur emas.

    Xonzodabegim A’zamova suhbatlashdi

    12.12.2020, 12:41   Izoh (0)   102813
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Hyundai Uzbekistan - foizsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati qaytdi!


    Octobank bankomatlarni BS/2 bilan birga “aqlliroq” qiladi


    2025-yilning 5 oyi davomida Mobiuz minglab tayanch stansiyalarini ishga tushirdi va texnik infratuzilmani zamonaviylashtirdi


    ANORBANK va BS/2 O‘zbekistonda banklarda o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish tarmog‘ini kengaytirmoqda


    Xon Saroy tomonidan an’anaviy “Mening orzuyimdagi uy” rasmlar tanlovi boshlandi 


    Yangiyo‘lda “Tomorqa maktabi” ochildi


    Suv — bebaho neʼmat: Agrobankdan fermerlar uchun yangi metodik to‘plam


    Mastercard Digital Uzbekistan 5- xalqaro PLAS-Forumida qatnashdi


    InfinBLACK - ortiqcha to‘lovlar talab qilmaydigan kredit karta


    LUKOIL: yosh iste’dodlar ovozi katta sahnada yangradi


    Centrum Air yozgi yo‘nalish ochadi: Toshkentdan Issiqko‘lga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar


    Moliyaviy firibgarliklar: firibgarlar keksalarni qanday aldamoqda 


    O‘zbekiston Milliy banki Xitoy yuani ayirboshlash xizmatini Toshkent shahri va poytaxt aeroportida yo‘lga qo‘ydi


    Sistit — bu uyat emas!


    Chirchiqdagi yangi bog‘ - zamonaviy ko‘ngilochar va dam olish maskani ochildi

     

    Tavsiya etamiz

    Gitlerdan so‘ng eng mashhur natsist – dorga osilgan Ribbentropning ayanchli taqdiri

    31 may, 19:25

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Anjelina Joli va Bred Pittning qizi o‘z ism-familiyasidan voz kechdi

    Kino | 3 iyun, 20:55

    Suv — bebaho neʼmat: Agrobankdan fermerlar uchun yangi metodik to‘plam

    Reklama | 3 iyun, 19:30

    Simone Inzagi “Al-Hilol” bilan kelishuvga erishdi

    Sport | 3 iyun, 20:45

    Ko‘zi o‘tkir, qulog‘i sezgir temir qushchalar. Razvedkachi dronlarning “katta akalari”

    Dunyo | 3 iyun, 20:40

    Rossiyada Leonardo Di Kaprioning qiyofadoshi suratga tushgan film taqdim etildi

    Layfstayl | 3 iyun, 20:20

    Volkswagen Germaniyada 20 ming xodimini ishdan bo‘shatadi

    Dunyo | 3 iyun, 20:03

    Moliyaviy firibgarliklar: firibgarlar keksalarni qanday aldamoqda

    Reklama | 3 iyun, 18:00

    Konditsioner yoqilganda derazani yopish kerakmi?

    Layfstayl | 3 iyun, 19:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.