Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘ziga xos ko‘rinishi bilan ishtahani ochib yuboruvchi “xolodes” taomi bayram dasturxoni uchun ajoyib tanlovdir.

Foto: Lifehacker

Foto: Lifehacker

Kerakli mahsulotlar:

  • Jelatin kukuni − 5 choy qoshiq;
  • Tovuq go‘shti bulyoni − 400 mg;
  • Tuxum − 10 dona;
  • Dudlangan go‘sht − 300 gramm;
  • Qizil bulg‘ori qalampiri − 1/2 dona;
  • Makkajo‘xori donachalari − 5 osh qoshiq.
  • Petrushka, tuz va ziravorlar.
Tayyorlanish jarayoni
  1. Jelatin 150 ml bulyonda 20-30 daqiqa davomida ivitib olinadi.
  2. Tuxumlarning bir tomoni teshilib, ichidan oq va sarig‘i chiqarib olinadi. Tuxum qobiqlari yaxshilab yuviladi.
  3. Dudlangan go‘sht va bulg‘ori qalampiri to‘rtburchak shaklda to‘g‘raladi. Petrushka yaproqlari ajratib olinadi.
  4. Har bir tuxum qobig‘iga petrushka, dudlangan go‘sht, bulg‘ori qalampiri va makkajo‘xori donachalari joylashtiriladi. Tuxumlar ichi zich bo‘lib ketmasligi kerak.
  5. Ivitilgan jelatin pechda biroz isitilib, ortib qolgan bulyon bilan aralashtiriladi. So‘ngra tuxum qobig‘i ichiga quyiladi. 3-4 soatga muzlatkichga qo‘yiladi.
  6. Tayyor bo‘lgan “xolodes”lar tuxum po‘stidan ehtiyotkorlik bilan chiqarib olinadi va dasturxonga tortiladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Iqtisodiyot
O‘zbekistonda yanvar oyida kimlarga eng yuqori maosh taklif qilindi?
Dunyo
“Rossiya yutqazadi, Ukraina g‘alabasi dunyoni o‘zgartiradi”: Zelenskiy Buyuk Britaniya parlamentida nutq so‘zladi (video)
Mahalliy
Qoraqalpog‘istondagi uyda gaz portlashi oqibatida bir kishi vafot etdi