Daryo

Mol go‘shti va sabzavotlardan xushta’m taom tayyorlaymiz

Taomni dasturxonga tortishdan avval ko‘katlar bilan bezatish mumkin

1 daqiqa o‘qish25 270 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Lifehacker

Kechki dasturxon uchun ajoyib yechim. Tayyorlab ko‘ring, barcha oila a’zolariga manzur kelishi shubhasiz.

Foto: Lifehacker
Kerakli mahsulotlar:
  • Mol go‘shti − 600-700 gramm;
  • Sabzi − 1 dona;
  • Piyoz − 2-3 dona;
  • O‘simlik yog‘i − 1-2 osh qoshiq;
  • Yog‘li qaymoq − 200 ml;
  • Un − 1 choy qoshiq;
  • Xantal − 2 choy qoshiq;
  • Tuz va ziravorlar.
Tayyorlash jarayoni:
  1. Go‘sht mayda bo‘laklarga bo‘linadi. Sabzi va piyoz parrak qilib to‘g‘raladi.
  2. Barchasi idishga solinib, yog‘ bilan aralashtiriladi.
  3. Idishning ichiga o‘simlik yog‘i surtib, aralashma solinadi va idish qopqog‘i yopiladi. Pechga 180 darajaga 2 soatga qo‘yiladi.
  4. Qaymoqqa un, xantal, tuz va ziravorlar solib, aralashtiriladi.
  5. Pechda pishayotgan aralashma olinadi va ustidan qaymoqli sous quyiladi. Yana yarim soatga pechga qo‘yiladi.
  6. Taom tayyor bo‘lgach ko‘katlar bilan bezatish mumkin.
Yoqimli ishtaha! Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar