Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Bayram dasturxoni har yilgidan ham ko‘ra o‘zgacharoq bo‘lishi barcha bekajonlarning asosiy maqsadiga aylanib qolgan bo‘lsa kerak. Yangi retseptlar esa ular uchun juda katta sovg‘a bo‘lishi shubhasiz. Birgina qatlamali xamirdan ikki xil pirog tayyorlab ko‘rib, bayram dasturxonini yanada boyitish mumkin.

Foto: “Domashniy ochag”

Foto: “Domashniy ochag”

Go‘shtli pirog

  1. 500-600 gramm go‘sht mayda bo‘laklanib, 3 osh qoshiq un bilan aralashtiriladi. So‘ngra tovada qizitilgan yog‘ bilan qizarguncha qovurib olinadi.
  2. Navbat to‘g‘ralgan piyoz, sabzi va qo‘ziqoringa. Ular ham tovada yumshaguncha pishiriladi. Aralashma ustidan go‘sht tovaga solinadi. Ustidan kekik (timyan) va bir stakan suv solib, dimlanadi. Go‘sht yumshaguncha past olovda pishiriladi.
  3. Tayyorlangan qatlamali xamir qolipga joylashtiriladi, ichiga “nachinka” solinganidan so‘ng xamirning ikkinchi qismi ustidan yopiladi. Xamir yuzasiga tuxum sarig‘i surilib, 20 daqiqaga pechga qo‘yiladi.
Olmali pirog
  1. 600 gramm olma po‘stlog‘i va urug‘idan tozalanib, “kubik” shaklida to‘g‘raladi. Qolipga ikki osh qoshiq un sepilib, olmalar joylashtiriladi. Pechga 180 darajaga, 20 daqiqa davomida olmalar qizarguncha qo‘yiladi.
  2. 100 gramm shakar, 1 osh qoshiq limon po‘sti kukuni va dolchin aralashtiriladi. Pishirilgan olmalar ushbu aralashmaga botirib olinadi va yog‘langan qolip ichiga joylashtiriladi.
  3. Qatlamali xamir ichiga “nachinka” solinib, yuzasiga tuxum sarig‘i suriladi va 40 daqiqa davomida pechda pishiriladi.
Yoqimli ishtaha!

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda ham tut, ham oziq-ovqat ekish uchun aholiga 1-2 gektardan yer beriladi
Kino
“Qo‘zilar sukunati”, “Shindler ro‘yxati” va “Yomg‘ir odam”: qachonlardir “Oskar”ga munosib ko‘rilgan eng esda qolarli 10 ta film
Mahalliy
O‘zbekistonda tadbirkorlarga banklar ishtirokisiz, to‘g‘ridan to‘g‘ri 130 mln dollar ajratiladi