• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12699.14
    • RUB162.16
    • EUR14847.83
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Begona urush qurbonlari. Chechenistonda o‘ldirilgan britaniyalik muhandislar qismati

    1998-yil 8-dekabr kuni Chechenistondagi yo‘llardan birining yoqasida uchta Buyuk Britaniya va bitta yangi zelandiyalik fuqaroning kesib olingan boshlari topildi. Ularning o‘g‘irlanishi va shafqatsizlarcha o‘ldirilishi haqidagi voqea butun dunyoda momaqaldiroq kabi gumburladi. “Daryo” voqea tafsilotlari haqida hikoya qiladi.

    Asirga olingan chet elliklar, isyonkor Ichkeriya va uning chet ellik homiylari o‘rtasidagi siyosiy o‘yinlarning qurboni bo‘lgan, degan versiyalar mavjud. Ushbu to‘rt nafar ajnabiy Buyuk Britaniya fuqarolari Piter Kennedi, Daren Xiki, Rudolf Petchi va yangi zelandiyalik Stenli Shou edi. Ular 1998-yil oktabr oyining boshlarida o‘g‘irlab ketildi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Muhandislarning o‘g‘irlanishi

    Asirlar Buyuk Britaniyaning Granger Telecom kommunikatsiya kompaniyasining muhandislari bo‘lib, ular ushbu kompaniya va “Chechentelekom” o‘rtasida tuzilgan shartnomaga ko‘ra bu yerga kelishgandi. Ushbu muhandislar Chechenistonda uyali aloqa, sun’iy yo‘ldosh va telefon aloqalarini o‘rnatish bilan shug‘ullanardi. Mahkumlar Grozniy shahrida joylashgan Lermontov ko‘chasidagi uyda yashardi.

    1998-yilning 4-oktabr kuni, taxminan, yigirma nafar qurollangan jangarilar ularning uyiga bostirib kirib, qo‘llarini bog‘lab, to‘rtalasini ham Achxoy-Martan tumaniga olib ketdi. O‘sha paytda jangarilar tomonidan chet ellik asirlar joylashtirilgan zindonda 65 yoshli dog‘istonlik Magomed Chaguchiyev ham bor edi.

    Chaguchiyev hikoyasi

    Tirik qolgan Chaguchiyevning so‘zlaridan ma’lum bo‘lishicha, jangarilar tomonidan uchta ingliz va bitta yangi zelandiyalikning qatl qilinishi videotasvirga tushirilgan. Keyin jangarilar ushbu videolarni boshqa asirlarni dahshatda ushlab turish uchun ularga qo‘yib bergan.

    60 yoshli Magomed Chaguchiyev iqtisod professori va Checheniston bosh vazirining sobiq o‘rinbosari edi. U Londonda chiqadigan Sunday Times gazetasiga to‘rt kishining o‘limi haqidagi barcha tafsilotlarni aytib bergan. U chet elliklar bilan bir zindonda saqlangan va hamma narsani o‘z ko‘zi bilan ko‘rgan.

    Tirik qolgan Chaguchiyevninig so‘zlaridan angliyalik va yangi zelandiyalik injenerlar shafqatsiz o‘limni qabul qilishlaridan oldin qanday kunlarni ko‘rganini bilish mumkin. Mahbuslar muntazam qattiq kaltaklangan, ularning haftalik ovqatlari bir chelak suv va bir dona nondan iborat edi. Asirlarga oldin ijro etilgan qatllar va qiynoqlarning videolavhalari namoyish etilgan. Ular ruhan sindirilgan. Jangarilar avvaliga ularni josuslikda ayblashgan va ushbu aybni bo‘ynilariga qo‘yishga qattiq harakat qilgan.

    Josusga aylantirilgan muhandislar

    Uzoq davom etgan ruhiy va jismoniy qiynoqlardan so‘ng muhandislar harbiy forma kiyib, Chechenistonda turli telefon suhbatlarini tinglagani va keyin ularni Buyuk Britaniya va Isroil maxsus xizmatlariga ma’lumot sifatida yuborgani haqida kameraga gapirishga majbur bo‘ldi. Piter Kennedi, shuningdek, G‘arb razvedka xizmatlarining islomga qarshi faoliyatga aloqadorligini e’lon qilishga majbur bo‘ldi – go‘yoki ushbu tashkilotlarning Chechenistondagi asosiy maqsadi shu edi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Chaguchiyevning o‘zi Chechenistonga bir yil oldin g‘oyib bo‘lgan o‘g‘lini izlash uchun kelganida jangarilar tomonidan qo‘lga olindi. Professor chet ellik to‘rt muhandis bilan Urus-Martandagi kalamushlar va suvaraklar bilan to‘lgan zax yerto‘lada ikki oy o‘tirdi. “Biz u yerda o‘n bir kishi edik, — deydi Chaguchiyev. — Chelak hammaga hojatxona bo‘lib xizmat qilardi. Yerto‘la juda sovuq edi. Jangarilar o‘zini hayvonlar kabi tutdi”.

    “Ular tunda yerto‘laga bostirib kirib, kimnidir olib ketardi va kaltaklashardi. Rudolf Petchi eng ko‘p kaltaklandi. Ehtimol, u ozgina rus tilida gapirgani sababli tez-tez kishanlanib, boks qopi sifatida ishlatildi. Uning tanasini tepib, go‘yoki karate bo‘yicha mashq qilishardi”, — deb eslaydi Chaguchiyev. 13-noyabr kuni mahbuslar boshqa yerto‘laga ko‘chirildi. Chaguchiyevning so‘zlariga ko‘ra, bir guruhdagi jangarilar ularni boshqa guruhga sotib yuborgan edi.

    Qatl

    7-dekabr kuni kamuflyaj forma va qora niqob kiygan terrorchilar, muhandislar va Chaguchiyevning o‘g‘li Raulni yerto‘ladan sudrab olib chiqib ketdi. Inglizlar va yangi zelandiyaliklarni avtomat qo‘ndog‘i bilan kaltakladi, so‘ngra uzun xanjarlar bilan boshlarini oldi.

    “Ularning boshlarini xuddi qo‘ylarnikiday kesishgan”, deb hikoya qiladi bu dahshatli voqea guvohi bo‘lgan Raul. Ertasi kuni ertalab jangarilar videokamera va televizor bilan yerto‘laga keldi. Ular kulib, yerto‘lada qolgan asirlarga vahshiylarcha amalga oshirilgan qotillik haqidagi qalbni vayron qiluvchi kadrlarni namoyish etdi.

    Buxenvald mahbusi

    8-dekabr kuni Grozniy yaqinidagi yo‘lda garovga olinganlarning kesilgan boshlari topildi. Oradan ikki hafta o‘tgach, tanalari ham topildi. Ushbu ikki kun o‘rtasida muhandislar bilan nima yuz berganini patologoanatom va sudmedekspert doktor Ien Uest London sudida aytib berdi. U hech bir emotsiyasiz, sovuqqon professionallarcha quruq dalillarni keltirib bayon qildi. U xuddi rezina qo‘lqopli qo‘llari bilan yana o‘sha to‘rtta jasadni his qilayotgandek edi. Zalni o‘lik sukunat qopladi.

    Zalda faqatgina qurbonlar qarindoshlarining yig‘isi eshitilardi. Garovga olingan to‘rt kishining hammasi “yomon ovqatlanishdan holdan toygan”, deb ta’kidladi shifokor. Eng zaifi Buxenvald (nemis konslageri) mahbusi kabi ozib ketgan Rudolf Petchi edi. “Aftidan, u chechen asirligida bo‘lgan ikki oy ichida umuman ovqatlanmagan”, deydi doktor Uest.

    Petchi sobiq harbiy aloqa xodimi edi, rus tilini bilardi. Shuning uchun, ofitser sifatida u terrorchilar bilan muzokaralarni o‘z zimmasiga olgandi. Aynan shu sababli u eng ko‘p qiynoqqa solindi. Britaniyalik patologanatom aniqlaganidek, Petchining yuziga avtomat qo‘ndoqlari bilan urishgan edi. U va qolgan uch kishini ham “to‘mtoq qurollar” bilan, ya’ni o‘sha AK-47 qo‘ndog‘i bilan boshlarining orqa qismida urishdi. Shuning uchun o‘lim paytida garovga olingan ikki kishi behush holatda edi. Ammo ikkitasi – Daren Xiki va o‘sha Rudolf Petchilar ular bilan nima yuz berayotgani anglab, o‘limni qabul qildi, doktor Uestning bunga ishonchi komil edi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Asirlar nega garov evaziga qilinmasdan o‘ldirildi?

    Nima uchun ular o‘ldirildi? Nega jangarilar Britaniyaning Granger Telecom kompaniyasi tomonidan garovdagilarni ozod qilish uchun yig‘layotgan 4 million dollar to‘lovni kutmadi? Bunga prezident Aslan Masxadov va Chechenistondagi vahobiylarning eng nufuzli qo‘mondoni Arbi Barayev o‘rtasidagi ziddiyat sababchi edi. Masxadovning maxsus xizmatlari asirlarni ozod qilish uchun muvaffaqiyatsiz urinishni amalga oshirgan edi. Masxadovning Granger Telecom bilan 300 million dollarlik shartnoma imzolagan chechen firmasi bilan bog‘liqligi bor edi. Ammo Barayev butun dunyoga Masxadovni hurmat qilmasligini, bu yerda hamma narsani boshqarayotgan yagona odam Barayev ekanini ko‘rsatib qo‘ymoqchi edi...

    Oradan uch hafta o‘tgach, o‘sha paytdagi Checheniston hukumati, sakkiz ming dollar evaziga  o‘ldirilganlarning jasadlarini jangarilardan sotib oldi.

    Dog‘iston va Ozarbayjon orqali Piter Kennedi, Daren Xiki, Rudolf Petchi va Stenli Shouning qoldiqlari Angliyaga jo‘natildi. Rasmiy versiyalarga ko‘ra, Checheniston dala qo‘mondoni Arbi Barayev odam o‘g‘irlash va o‘ldirishda bevosita ishtirok etdi. Har holda Chechenistonning o‘sha paytdagi prezidenti Aslan Masxadov ushbu jinoyatlarga Arbi Barayev aloqadorligini ta’kidladi. Arbiy Barayev 2001-yilda FSBning maxsus operatsiyasi orqali o‘ldirildi.

    Usama bin Laden izi...

    Keyinchalik ma’lum bo‘lishicha, chet ellik ish beruvchilar jangarilarga 10 million dollar miqdorida to‘lov taklifi bilan murojaat qilgan edi. Ba’zi mutaxassislarning fikriga ko‘ra, ushbu kelishuv amalga oshmay qolishiga “Al-Qoida” terrorchilik tashkilotining o‘sha paytdagi yetakchisi Usama bin Laden tomonidan bu summaning uch baravari taklif qilingani ko‘rsatiladi, ammo bin Laden bu summani garovga olinganlar o‘ldirilishi uchun to‘lamoqchi bo‘lgan edi...

    Xulosa

    O‘sha paytdagi Chechenistondagi tarqoq va chigal vaziyat bu qotilliklarning to‘liq ochilishiga to‘sqinlik qildi. Ushbu va shunga o‘xshash voqealar chechen urushlari davrida juda ko‘p ro‘y bergan, hammasi birinchi chechen urushidan boshlangan edi. Ammo bu endi umuman boshqa hikoya...

    Nurbek Alimov tayyorladi.

    08.12.2020, 22:58   Izoh (0)   36579
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    AQSh Pfizer tomonidan yaratilgan koronavirusga qarshi vaksinaning samaradorligini tasdiqladi

    08.12.2020, 22:35

    Aleksandr Lukashenko Armanistonga Tog‘li Qorabog‘ning bir qismini 5 mlrd dollar evaziga Ozarbayjonga berishni tavsiya qilgani ma’lum bo‘ldi

    08.12.2020, 22:11

    Koronavirusga qarshi vaksina olmoqchi bo‘lganlarga spirtli ichimliklardan 56 sutka tiyilish tavsiya etildi

    08.12.2020, 21:36

    Bloomberg: Kanada 154 mln kishini emlashga yetarli COVID-19’ga qarshi vaksina buyurtma qildi. Bu mamlakat aholisi sonidan 4 baravar ko‘p

    08.12.2020, 21:10

    Ruminiyada parlament saylovlaridan keyin bosh vazir iste’fo berdi

    08.12.2020, 20:44

    Armanistonda Nikol Pashinyanga bo‘ysunmaslik aksiyasi boshlandi

    08.12.2020, 19:57
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi

     

    Tavsiya etamiz

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07

    Oilasini qashshoqlik va ochlikdan qutqargan jangchi yigit: Arda Gyulerning kurashga to‘la hayot maktubi

    13 iyul, 22:15

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Xitoy okeanlarni o‘rganish uchun o‘zining birinchi “aqlli” kemasini yaratdi

    Dunyo | 14 iyul, 23:55

    “Putin ko‘pchilikni aldagan, lekin meni aldolmaydi” — Tramp

    Dunyo | 14 iyul, 23:40

    “Daryo” videoreportaji: Namanganda 50 kun davom etgan gullar festivali yakuniga yetdi

    O‘zbekiston | 14 iyul, 23:27

    Yer evaziga 600 ming dollar: O‘zbekistonda hokim o‘rinbosari va qator mansabdorlar pora bilan ushlandi

    O‘zbekiston | 14 iyul, 22:40

    Obama Trampning tarif urushlarini tanqid qildi

    Dunyo | 14 iyul, 22:30

    “Ukrainani qurollantirish uchun AQSH Xitoydan qarz olishga majbur” — amerikalik senator

    Dunyo | 14 iyul, 22:10

    Yevroittifoq Isroilni jazolashning 10 ta usulini taklif etdi

    Dunyo | 14 iyul, 21:50

    Hayot mohiyatini ochib beruvchi 10 falsafiy multfilm

    Kino | 14 iyul, 21:35

    “Liverpul” Vinisius uchun “Real”ga katta summa taklif qildi

    Sport | 14 iyul, 21:31
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.