• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12676.11
    • RUB161.56
    • EUR14975.56
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +28°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Haftalik dayjest: Metsenatlar himmati, avtomobilsiz bir kun, koronavirus vaksinasi O‘zbekistonda

    G‘ala-g‘ovur bilan yana bir hafta o‘tdi. Dayjestimiz xabarlarida yaxshisi ham bor, noxushi ham, antiqasi ham. Siz esa joylashib o‘tirib oling.

    Sobiq tuzumdan beri odat bo‘lib kelayotgan “qo‘shib yozish” (pripiska) bugun ham tez-tez yuzini ko‘rsatib turadi. Paxta yetishtirish bo‘yicha eng zaiflardan biri Surxondaryo viloyatida 21,3 foiz paxta qo‘shib yozilgan bo‘lishi mumkinligi aytildi. Xabar qilishlaricha, eng ajablanarlisi, yog‘ingarchilik kunlari ham Surxondaryoning “paxta xirmon”lariga xomashyo kirim qilingan.

    Foto: “Agro.uz”

    Foto: “Agro.uz”

    Qishloq xo‘jaligi vazirligi hisobotiga ko‘ra, Surxondaryo viloyatida paxta xomashyosini topshirish bo‘yicha reja 82,3 foizga bajarilgan. Viloyatdagi 535 ta fermer xo‘jaligi paxta xomashyosi tayyorlash va topshirish rejasini 50 foizga ham bajarmagan. Sherobod tumanida — 205 ta, Qiziriq tumanida — 166 ta, Sho‘rchi tumanida — 50 ta, Bandixon tumanida — 37 ta, Uzun tumanida — 29 ta, Denov tumanida — 19 ta, Angor tumanida — 13 ta, Jarqo‘rg‘on tumanida — 10 ta, Muzrabot va Oltinsoy tumanlarida uchtadan fermer xo‘jaligi amalda rejani 50 foizga ham uddalay olmagan.

    Ammo Surxondaryo viloyati prokuraturasi bu xabarni rad qildi. “Mazkur topshiriq asosida amalga oshirilgan prokuror nazorati tadbirlari natijasida kelib chiqishi mumkin bo‘lgan paxta mavsumida hisob-kitob masalalarida qo‘shib yozish holatlarining oldi olingan. Chunonchi, mazkur topshiriq yuborilgan vaqtda paxta mavsumi davom etayotgan bo‘lib, yakuniy hisob-kitoblar hali tamomlanmagan edi...”, deb yozadi prokuratura.

    * * *

    Shavkat Mirziyoyev o‘tgan yili metsenatlikni qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risidagi qonunni imzolagan edi. O‘tgan oyda huquqshunos, bloger Xushnudbek Xudoyberdiyevning tashabbusi bilan “Metsenat.u” loyihasi ishga tushdi. Loyiha O‘zbekistondagi metsenatlarni jalb qilgan holda ehtiyojmand va iqtidorli talabalarning to‘lov-kontraktini to‘lashga yordam berish, shuningdek, stipendiyalar e’lon qilishni ko‘zda tutadi. Hozirgacha Yoshlar ishlari agentligi, Yoshlar ittifoqi va “Mehrli qo‘llar” xayriya fondi barcha talabalar uchun jami 400 million so‘mlik, “Xushnudbek.uz” Telegram-kanali Toshkent davlat yuridik universiteti talabalari uchun jami 30 million so‘mlik, “Najot ta’lim” markazi tibbiyot sohasida o‘qiyotgan xotin-qizlar uchun jami 15 million so‘mlik grant e’lon qilgan bo‘lsa, bu hafta ular safiga Samarqand viloyati hokimligi ham qo‘shildi. Samarqanddagi OTMda o‘qiyotgan talabalarning o‘n nafari saralab olinib yarim yil davomida har oy 1 million so‘mdan stipendiya berib turiladi. Stipendiya dasturida ishtirok etish uchun davlat granti yoki to‘lov-kontrakt asosida o‘qishning ahamiyati yo‘q. G‘oliblarni saralashda nomzodning a’lo o‘qishi, xorijiy tillarni bilishi, ijtimoiy hayotda faolligi va boshqa jihatlar inobatga olinadi.

    Hokimlik ta’limga sarmoya kiritgani Trailblazer xarid qilganidan ko‘ra yaxshiroqdir.

    * * *

    Bu yil hokimlar va umuman, rahbarlar ancha vazn tashlaydigan bo‘ldi. Qorin aylanasini o‘lchab borilishi haqida o‘tgan hafta yozgan edik. Quyidagi rasmda Sirdaryoda rahbarlar viloyat hokimi G‘ofurjon Mirzayev boshchiligida sport normativlari topshirmoqda.

    Foto: Telegram / “Davletov.uz”

    Foto: Telegram / “Davletov.uz”

    Huquqiy axborot kanali yozishicha, 2020-yil 1-dekabrdan barcha davlat organlari va tashkilotlari hamda hokimlar va o‘rinbosarlariga “Shaxsiy namuna” tamoyili asosida haftada kamida bir marta avtomobillardan foydalanmagan holda ishga kelishi va ketish tavsiya etildi. G‘arb davlatlaridagidek vazirlar, hokimlarni oddiy fuqaro kabi ko‘chada uchratib qoladigan kunlarimiz yaqinlashmoqda. Albatta, agar barcha hamjihatlikda amal qilsa.

    Darvoqe, bu boradagi hukumat qarori rahbarlarnigina emas, barchani ko‘zda tutgan. Maktablarda sport musobaqalari o‘tkazish, “avtomobilsiz kun” tashkil etish, shahar, tuman, mahalla va qishloqlarda piyoda va velosipedchilar uchun yo‘laklar yaratish shular jumlasidan.

    * * *

    Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi va UzAuto Motors o‘rtasidagi sud ishi to‘g‘risida ko‘p va xo‘p yozildi. Oxiri, UzAuto Motors sudda yutib chiqqan ham edi. Ammo hormas-tolmas antimonopolchilar sud qarori ustidan appelyatsiya shikoyatini kiritdi va sud ishi yana qaytib ko‘riladigan bo‘ldi. Bu bahs tarixi batafsil ushbu xabarda yozilgan. Joriy yilning 11-dekabr kuni  Toshkent shahar ma’muriy sudi UzAuto Motors’ga bog‘liq ishni qayta ko‘rib chiqadi. Shunday qilib achchiq ichakdek cho‘zilgan sud ishini kuzatishda davom etamiz.

    * * *

    Energetika vazirligi har kuni respublikada elektr energiyasi va tabiiy gaz ta’minoti holati, hodisalarni o‘rganish va choralar ko‘rishga, iste’molchilar murojaatlarini tahlil qilishga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida ma’lumot berishni boshladi, deb yozmoqda “Davletov.uz”. Youtubedagi ushbu kanalda respublikada elektr energiyasi, tabiiy va suyultirilgan gaz hamda ko‘mir ta’minoti holati, iste’molchilar murojaatlarini tahlil qilishga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risidagi kunlik ma’lumot va amalga oshirilgan ishlar aytib borilmoqda.

    Energetikaga oid yana bir xabar. O‘zbekistonda ma’lum me’yordan ortiqcha ishlatilgan elektr energiyasi uchun ustama joriy etilishi mumkin. Garchi tok o‘zi yetarli berilmayotgan bo‘lsa-da, bu yo‘l bilan isrofgarchiliklarning oldini olishmoqchi.

    * * *

    Hafta o‘rtalarida Rossiya sanoat va savdo vaziri Denis Manturov O‘zbekistonga keldi. Shavkat Mirziyoyev juma kuni uni qabul qildi. Denis Manturov koronavirusga qarshi “Sputnik V” vaksinasini olib keldi.

    Foto: Rossiya savdo va sanoat vazirligi

    Foto: Rossiya savdo va sanoat vazirligi

    O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi sentabr oyida Rossiya to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar fondi (RTIF) O‘zbekistonning LAXISAM farmatsevtika kompaniyasi bilan mamlakatga 35 million doza “Sputnik V” vaksinasini yetkazib berish bo‘yicha kelishuvga erishganini ma’lum qilgandi. 2020-yil oxiri yoki 2021-yil boshlarida O‘zbekiston “Sputnik V” vaksinasining klinik sinovlariga kirishishi aytilgan.

    * * *

    O‘zbekiston Prezidenti Davlat xavfsizlik xizmatiga Alisher Usmonov yangi rais etib tayinlandi. Alisher Abrorovich Usmonov 1964-yilda tug‘ilgan. U ilgari Davlat xavfsizlik xizmati raisining o‘rinbosari bo‘lib ishlagan. 2007-yilda II darajali “Shon-sharaf” ordeni bilan taqdirlangan.

    Oktabr oyida O‘zbekiston Prezidenti Davlat xavfsizlik xizmati raisi sifatida faoliyat yuritib kelgan Bahodir Toshmatov Prezident huzuridagi Xavfsizlik Kengashi kotibining o‘rinbosari etib tayinlangan edi. Alisher Abrorovich Usmonovni o‘zbek milliarderi Alisher Burhonovich Usmonov bilan adashtirmaslik joiz.

    “Daryo”ni hamisha kuzatib boring va eng qaynoq yangiliklardan xabardor bo‘ling.

    06.12.2020, 23:32   Izoh (0)   22875
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Sergelidagi qozonxonada o‘rtacha 950 ta hovli uyning bir oylik ehtiyojini qondirishi mumkin bo‘lgan tabiiy gaz o‘g‘irlangani aniqlandi

    06.12.2020, 23:24

    O‘zbekistonda chaqaloqlar savdosi yildan yilga ortib bormoqda. Bunday jinoyatlarning sabablari ma’lum qilindi

    06.12.2020, 22:26

    Namanganda aholidan maishiy chiqindilarni olib ketish xizmati xususiy korxona ixtiyoriga berildi

    06.12.2020, 21:28

    “O‘zgidromet” 7-dekabr kuni qanday ob-havo kutilayotganini ma’lum qildi

    06.12.2020, 20:38

    Deputat Alisher Qodirov aholining kommunal to‘lovlar bo‘yicha qarzdorligini kamaytirish yo‘lini taklif qildi

    06.12.2020, 19:23

    Yunusobodda 10 yoshli bola pirotexnika o‘ynab ko‘zini kuydirib oldi

    06.12.2020, 15:23
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    BI Group va Asakabank O‘zbekistonda tijorat ko‘chmas mulki uchun biznes ipotekasini ishga tushirdi


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar

     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonda endi 7-9-sinf o‘quvchilari universitetda ham o‘qitiladi

    O‘zbekiston | 1 iyul, 23:15

    “Daryo” dayjesti: 1-iyulning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 1 iyul, 23:00

    Uorren Baffet 6 mlrd dollarlik Berkshire aksiyalarini xayriya qildi

    Dunyo | 1 iyul, 22:40

    Toshkent arxitektura-qurilish universitetida dual ta’lim joriy etiladi

    O‘zbekiston | 1 iyul, 22:25

    3 yil davomida uydan chiqmagan erkak axlat va chiqindilar uyumi orasidan topildi

    Dunyo | 1 iyul, 22:14

    “Kunning kamida 2-3 soatini salqin xonada o‘tkazing”. JSST anomal issiqda aholiga zarur bo‘lgan tavsiyalar berdi

    O‘zbekiston | 1 iyul, 21:55

    AQSH sog‘liqni saqlash vaziri amerikaliklarni dunyodagi eng kasal millat deb atadi

    Dunyo | 1 iyul, 21:45

    “Yoshlar Ittifoqi” qurib bitkazgan “Asr qurilishi” — BAM tarixi

    Dunyo | 1 iyul, 21:35

    WP: Mask raqobatchilarning maxfiy ma’lumotlariga kirish imkoniyatiga ega bo‘lgan

    Dunyo | 1 iyul, 21:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.