Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Qozog‘istonda 5-dekabr holatiga ko‘ra, yana 792 kishida koronavirus tasdiqlandi. Bu haqda mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligiga tayanib, Tengrinews xabar berdi.

Kadr: YouTube

Kadr: YouTube

Ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakatda hozirga qadar COVID-19 bilan kasallanganlarning umumiy soni 134 706 nafarga yetgan, ularning 118 643 nafari sog‘aygan, 2063 kishi vafot etgan. Shuningdek, 1-avgustdan buyon Qozog‘istonda 42 680 kishida pnevmoniya aniqlangan bo‘lib, ularning 448 nafari vafot etgan.

Koronavirusga chalinish bo‘yicha holatlar quyidagi hududlarda aniqlangan:

  • Olmaota shahri — 16 396;
  • Nur-Sulton shahri — 16 358;
  • Atirau viloyati — 11 754;
  • Qarag‘anda viloyati — 11 213;
  • Sharqiy Qozog‘iston viloyati — 16 938;
  • G‘arbiy Qozog‘iston viloyati — 8220;
  • Chimkent shahri — 5395;
  • Olmaota viloyati — 5866;
  • Jambil viloyati — 4498;
  • Shimoliy Qozog‘iston — 6887;
  • Pavlodar viloyati — 6892;
  • Kostanay viloyati — 5725;
  • Aqmo‘la viloyati — 5599;
  • Turkiston viloyati — 3504;
  • Mang‘istov viloyati — 3445;
  • Qizilo‘rda viloyati — 3297;
  • Aqto‘be viloyati — 3511.
Avvalroq Qozog‘istonda 22-dekabrdan Rossiyaning “Sputnik V” vaksinasini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilishi to‘g‘risida xabar berilgandi.Qirg‘izistonda o‘tgan bir sutka ichida yana 401 kishida koronavirus aniqlab, butun mamlakat bo‘ylab COVID-19’ga chalinganlar soni 74 774 kishiga yetdi. Bu haqda mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligiga tayanib, Kloop xabar berdi.

O‘tgan bir sutka ichida koronavirusga chalinish bo‘yicha holatlar quyidagi hududlarda aniqlangan:

  • Bishkek — 99;
  • Chuy viloyati — 133;
  • O‘sh viloyati — 22;
  • Jalolobod viloyati — 39;
  • Issiqko‘l viloyati — 45;
  • O‘sh shahri — 20;
  • Botken viloyati — 26;
  • Norin viloyati — 2;
  • Talas viloyati — 15.
Shuningdek, o‘tgan bir sutka ichida 425 kishiga kasalxonadan javob berilgan. Bugungi kunga qadar 66 538 kishi virusdan sog‘aygan. Qirg‘iziston Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatda pandemiya boshlanganidan buyon 1290 kishi COVID-19 qurboniga aylangan.Afg‘oniston Sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan bir sutka ichida mamlakatda yana 132 kishida koronavirus aniqlangan, deb xabar beradi Tolo News.

Butun mamlakatda hozirga qadar koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni 47 388 kishiga yetgan.

Bemorlarning 37 347 nafari sog‘aygan bo‘lsa, 1847 kishi virus asoratlari oqibatida vafot etgan.

Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, bugungi kunga qadar davlat markazlarida 155 916 marta koronavirusga test olingan.

Tojikistonda koronavirusga chalinganlar soni 12 349 kishiga yetdi, deb xabar beradi Central Asia.

O‘tgan bir sutka ichida mamlakatda yana 41 kishida koronavirus aniqlangan.

Mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lumotlariga ko‘ra, hozirga qadar Tojikistonda 87 kishi COVID-19 qurboniga aylangan. Hozirga qadar mamlakatda 11 758 kishi sog‘aygan.

O‘zbekistonda 5-dekabr soat 10:00 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 73 751 nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar berdi.

Mamlakatda hozirga qadar 71 002 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar tuzalgan va sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil qilmoqda.

Hozirda O‘zbekistonda 2138 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

Avvalroq O‘zbekistonda koronavirus bo‘yicha savollarga javob beradigan Call-markaz faoliyati vaqtinchalik to‘xtatilgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
The Best sovriniga da’vogar darvozabonlar yakuniy uchligi ma’lum bo‘ldi
Dunyo
Granatomyot zarbidan omon qolgan Gruziya prezidenti Shevardnadze, kommunistlarga qarshi ov boshlagan Makkarti va halokatga uchragan “Tu-104”. Kun xronologiyasida 9...
Mahalliy
O‘zbekistonlik qutqaruvchilar Turkiyada yana ikki kishining hayotini saqlab qoldi