• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12658.19
    • RUB161.44
    • EUR14672.11
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +28°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistonda tartibga solinmagan serqatnov piyodalar va velosipedda harakatlanuvchilar uchun o‘tish yo‘llarida maxsus svetoforlar o‘rnatiladi

    Vazirlar Mahkamasining “Aholining sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash va jismoniy faolligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi, deya xabar bermoqda “Kun.uz”.

    Qarorga muvofiq:

    • Xalq ta’limi vazirligi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi bilan birgalikda hududlarning o‘ziga xos xususiyatlari, aholining qiziqishi va xohish-istaklaridan kelib chiqib, umumta’lim maktablarini kamida bittadan ustuvor, istiqbolli, rivojlanayotgan, shu jumladan milliy sport turlariga ixtisoslashtiradi;
    • umumta’lim maktablarining sport turlariga ixtisoslashuvidan kelib chiqib, ularning har birida har oyda kamida bitta sport turi bo‘yicha sport musobaqalari o‘tkazilishini ta’minlaydi.
    Shu bilan birga, 2021-yildan boshlab 22-sentabr mamlakat bo‘yicha “Avtomobilsiz kun” sifatida e’lon qilindi hamda shu kuni shaxsiy avtomobilda harakatlanishdan ixtiyoriy ravishda voz kechish (maxsus texnikalar, taksi va yetkazib berish hamda tibbiy tez yordam uchun xizmat ko‘rsatadigan texnikalar, jamoat transportlari bundan mustasno) tavsiya etildi.

    Ichki ishlar vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:

    a) ikki oy muddatda piyodalar o‘tish yo‘laklarida yo‘l-transport hodisalarining sonini keskin qisqartirish, shuningdek, aholining piyoda yurishi uchun qulayliklar yaratish maqsadida barcha ko‘chalarda o‘rnatilgan svetoforlarning ruxsat beruvchi chiroqlari vaqti oralig‘ini xalqaro standartlar asosida qayta ko‘rib chiqib, piyodalar o‘tish yo‘laklarida, shu jumladan, tartibga solinmagan serqatnov piyodalar va velosipedda harakatlanuvchilar uchun o‘tish yo‘llarida maxsus svetoforlar (tugmachalar orqali boshqariladigan) o‘rnatilishini, piyodalar o‘tish joylarining (zebra) xalqaro tajribadan kelib chiqib tashkil etilishini ta’minlaydi;

    b) 2021-yil 1-aprelga qadar mahallalar, qishloqlar, tumanlar, shaharlardagi piyoda va velosipedda yurish uchun mo‘ljallangan “Salomatlik yo‘laklari”ga avtomobil qo‘yishni taqiqlovchi belgilarni, yo‘laklarning boshlanish qismiga avtomobillarning harakat qilishining oldini olish maqsadida maxsus to‘siqlarni o‘rnatadi, bunda to‘siqlar piyoda yurish va velosipedda harakatlanishga xalaqit bermaydigan bo‘lishi inobatga olinadi.

    v) piyoda va velosipedda yurish uchun mo‘ljallangan “Salomatlik yo‘laklari”da avtomobil harakatlanishini va u yerga avtomobil qo‘yib ketishning oldini olish nazoratini kuchaytiradi hamda bu ishlarni doimiy ravishda amalga oshiradi;

    g) Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan birgalikda o‘quvchilar va talabalar o‘rtasida velosipedda to‘g‘ri harakatlanish, belgilangan yo‘laklardan tashqarida harakatlanmaslik, yo‘l qoidalariga qat’iy rioya qilish bo‘yicha umumta’lim maktablari, professional va oliy ta’lim muassasalarida yo‘l harakati xodimlari ishtirokida dars o‘tish hamda o‘quv qo‘llanmalar va bukletlar tayyorlab o‘quvchi va talabalarga tarqatish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilaydi.

    2020-yil 1-dekabrdan barcha davlat organlari va tashkilotlari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari:

    • birinchi rahbarlar va o‘rinbosarlariga “Shaxsiy namuna” tamoyili asosida tanlangan kunlarda (haftada kamida bir marta) xizmat avtomobillaridan foydalanmagan holda velosipedda yoki piyoda ishga kelishi va ketishi;
    • ish joyiga yaqin masofada yashaydigan ishchi xodimlarning velosipedda yoki piyoda ishga kelishi va ketishi tavsiya qilindi.
    Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari:

    a) 2020-yil 1-dekabrga qadar “Salomatlik yo‘laklari”ni tashkil etishda mahallalar, qishloqlar, tumanlar va shaharlardagi barcha mavjud piyoda va velosipedda yurish yo‘laklarining holatini inventarizatsiya qiladi.

    Bunda, “Salomatlik yo‘laklari”ni tashkil etishni birinchi navbatda yaxshi holatda bo‘lgan mavjud piyoda va velosipedda yurish yo‘laklariga tegishli chizmalar chizish, axborot ko‘rsatkichlari va belgilar hamda yoritish tizimlarini o‘rnatish, tekis va to‘siqsiz harakat qilish imkonini yaratish hamda zarur hollarda yangi yo‘laklar tashkil etilishiga e’tibor qaratiladi;

    b) 2020-yil 10-dekabrga qadar yillar kesimida har bir mahalla, qishloq, tuman va shaharda “Salomatlik yo‘laklari”ni tashkil etishning tarmoq jadvalini tasdiqlaydi.

    Tashkil etiladigan “Salomatlik yo‘laklari” sifati ustidan nazorat olib borish maqsadida (haftada kamida bir marta) tegishli mas’ullar ishtirokida, ushbu yo‘llarda velosipedda yoki piyoda harakatlanish belgilandi;

    Qurilish vazirligi 2021-yil 1-yanvarga qadar:

    • “Salomatlik yo‘laklari”ni barpo etishda “to‘siqsiz muhit” tashkil etilishi, xususan, yo‘laklarga turli to‘siqlar o‘rnatilishi, qo‘shimcha qurilishlar qurilmasligi va boshqalar bo‘yicha amaldagi shaharsozlik normalariga tegishli qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritadi;
    • Jismoniy tarbiya va sport vazirligi bilan birga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining qurilish masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari hamda bosh arxitektorlarning “Salomatlik yo‘laklari”ni to‘g‘ri tashkil etish bo‘yicha malakasini oshirish kurslarini tashkil etadi.
    Qaror bilan tuman va shaharlarda ko‘chalarni modernizatsiya qilish va yangi yo‘llarni qurishda “Salomatlik yo‘laklari” nazarda tutilmagan taqdirda ushbu loyihalar uchun moliyalashtirish amalga oshirilmasligi hamda davlat komissiyasi tomonidan qabul qilinmasligi belgilab qo‘yildi.

    Avvalroq O‘zbekistondagi rahbarlarga haftada kamida bir marta ishga xizmat avtomobilisiz kelib-ketishi tavsiya etilgani hamda 2021-yil iyuldan boshlab vazir va hokimlarning semizlik darajasini onlayn kuzatib borish tizimi yo‘lga qo‘yilishi haqida xabar berilgandi.

    03.12.2020, 07:25   Izoh (0)   14284
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekiston Budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi ish stajini hisoblashdagi qo‘shib yozishlar haqida ma’lumot berdi

    03.12.2020, 07:10

    O‘zbekistonda issiqlik ta’minoti uchun yangi to‘lov tizimida nimalar o‘zgardi?

    03.12.2020, 06:40

    Ohangarondagi “Saxovat” uyida keksalar uchun berilgan sariyog‘ aslida margarin ekani ma’lum bo‘ldi

    03.12.2020, 06:25

    Samarqandda Damas, Nexia va Lacetti ishtirokida yuz bergan YTHda haydovchilardan biri vafot etdi

    03.12.2020, 05:50

    Ziroat Mirziyoyeva boshchiligidagi “Zamin” fondi 60 foiz bolalarni karlikdan qutqarishga yordam beruvchi loyiha boshladi

    03.12.2020, 00:48

    O‘zbekistonda monopoliyalar soni 2017-yildan beri eng past ko‘rsatkichga tushdi

    02.12.2020, 23:58
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv

     

    Tavsiya etamiz

    Kobulda transafg‘on temiryo‘li bo‘yicha uch tomonlama bitim imzolandi

    18 iyul, 09:12

    Toshkentda kichik halqa avtomobil yo‘lining bir qismi 4 kunga yopiladi

    18 iyul, 08:47

    O‘rtoqlik uchrashuvi. “Bashakshehir” Germaniya klubidan ustun keldi. Shomurodovdan assist (video)

    17 iyul, 23:16

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Toshkent ko‘chalaridan biri avtomobil va yo‘lovchilar uchun bir oyga yopiladi

    O‘zbekiston | 19 iyul, 00:23

    Nepalda onlayn firibgarlik va jinoyatchilik ko‘payishi sababli Telegram bloklandi

    Dunyo | 18 iyul, 23:57

    Qirg‘iziston Tojikiston va O‘zbekiston bilan chegaralar tutashgan nuqta to‘g‘risidagi shartnomani ratifikatsiya qildi

    Dunyo | 18 iyul, 23:30

    O‘zbekistonda sudlar tomonidan oqlangan shaxslar soni 2,5 baravar kamaydi

    O‘zbekiston | 18 iyul, 23:11

    Yaponiyada qotillikda ayblanib, 39 yil qamoqda o‘tirgan erkak aybsiz deb topildi

    Dunyo | 18 iyul, 22:50

    Tramp, Putin va Si Szinpin sentyabrda Xitoyda uchrashishi mumkin — The Times

    Dunyo | 18 iyul, 22:35

    Tramp The Wall Street Journal ustidan sudga murojaat qilish bilan tahdid qildi

    Dunyo | 18 iyul, 22:20
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.