Ohangaron “Saxovat” keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun internat uyida bemorlarga berilgan mahsulotlar tekshirildi, deya xabar bermoqda O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi.
Qayd etilishicha, Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Tibbiy ijtimoiy xizmatlar agentligi so‘rovnomasiga binoan taqdim etilgan, bemorlarga berilayotgan sariyog‘ mahsuloti “O‘zstandart” agentligi laboratoriyasida tegishli tartibda sinovdan o‘tkazilgan.
Keksalar va nogironligi bo‘lgan bemorlarga berilayotgan sariyog‘ mahsuloti aslida margarin ekanligi ma’lum bo‘lgan.
Izoh (0)