Eron prezident Hasan Ruhoniy yadro fizikasi bo‘yicha olim Muhsin Faxrizoda o‘ldirib ketilganidan keyin bu kabi holatlarni yana sodir bo‘lishining oldini olish yuzasidan farmoyishni imzoladi.
Hasan Ruhoniy “qo‘rqoqlarcha qilingan qotillik”dan xafa ekanini bildirib, olimning mazlumlarcha halok bo‘lganini qayd etdi. U bu kabi salbiy holatlar takrorlanishining oldini olish bo‘yicha topshiriq bergan. Prezident farmoyishida dushmanlarning xatti-harakatlariga qarshi kurashish yuzasidan buyruq berilgan.
Fizik olim Muhsin Faxrizoda 27-noyabrda o‘ldirib ketilgan. Uning avtomobili Tehron yaqinidagi provinsiyada o‘qqa tutilgan. Hasan Ruhoniy mazkur jinoyat ortida Isroil hukumati turganini taxmin qilgan. Turkiya eronlik olim o‘ldirilganidan keyin mintaqada tinchlikni buzmaslikka chaqirgan.
25-noyabrda Axios o‘z manbalariga tayanib, Isroil harbiylari AQShning Eronga harbiy zarbasiga tayyorgarlik ko‘rayotganini xabar qilgandi. Oxirgi 10 yil ichida Eronda yana 4 nafar yadro fiziklari o‘ldirib ketilgan.
Izoh (0)