• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12496.94
    • RUB159.38
    • EUR14405.22
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Shunday uy ololmay, o‘lib ketsam kerak, deb o‘ylardim”. Sardoba fojiasi oqibatida boshpanasidan ajralganlarga yangi uylar topshirilmoqda

    2020-yilning 1-may kuni Sardoba suv ombori to‘g‘onining 6-piket devoridan suv sizib chiqishni boshlab, toshqin yuzaga kelgan edi. Natijada Sirdaryo viloyatining Sardoba, Mirzaobod va Oqoltin tumanlarida jami 4710 ta xonadon zarar ko‘rgandi.

    Sirdaryo viloyati hokimligi axborot xizmatining “Daryo”ga ma’lum qilishicha, bugungi kungacha 1850 ta kottej mukammal ta’mirlanib, o‘z egalariga topshirilgan. Yashash xonadoniga jiddiy zarar yetgan fuqarolar uchun jami 2640 ta xonadonni o‘z ichiga olgan 66 ta ko‘p qavatli turar joy bunyod etildi. Oliy Majlis Qonunchilik palatasining bir guruh deputatlari va Adliya vazirligi vakillaridan iborat ishchi guruh ishtirokida mazkur uy-joylar aholiga adolatli va shaffof tarzda topshirilishi ta’minlanmoqda.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Ayni paytga qadar ishchi guruh tomonidan 2 ming 932 ta oilaning uy-joy olish masalasida qilgan murojaati qabul qilindi va ularning barchasi bir oy davomida o‘rganib chiqildi. Mahalla faollari, qo‘ni-qo‘shnilarning fikr-mulohazalari va munosabatlari inobatga olingan holda qur’a tashlash yo‘li bilan Mirzaobod, Sardoba va Oqoltin tumanlarida jami 1842 ta xonadon kaliti aholiga berildi. Shundan 1753 ta xonadon egalari o‘z uylariga ko‘chib kirdi. “Daryo” muxbiri viloyatning ushbu hududlarida bo‘lib, yangi uy a’zosiga aylangan fuqarolarning ayrimlari bilan suhbatlashdi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    “Tikuv mashinalarim ham suvda oqib ketdi”

    Ruxsora Imomova oila a’zolari bilan Sardoba tumanining suv bosgan hududlaridan biri “Yurtdosh” mahallasida istiqomat qilardi. Samarqand viloyatidan kelin bo‘lib tushgan bu ayol may tongi voqeasini shunday xotirlaydi:

    “1-may kuni ham odatdagidek juda erta uyg‘ongandik. Turmush o‘rtog‘im Toshkent shahriga ishlagani ketish uchun tayyorgarlik ko‘rib, mashina gaplashgani ko‘chaga chiqib ketgandi. Oradan hech qancha vaqt o‘tmay shum xabar bilan uyga qaytib keldi: suv omboridan suv sizib chiqyaptikan. Bu xabar mahalladoshlar orasida juda tez tarqaldiki, barchani vahima bosgan, odamlar bir-birini ogohlantirardi. Pasport va pullarimizni ham olmay, ustimizdagi kiyimlarimiz bilan ko‘chaga chiqdik va katta yo‘l tomon yugurdik. Jonimiz omon qolganiga shukr, deyman. Muhimi, yaqinlarimning barchasi soppa-sog‘, qolgan narsalar mehnat orqali topiladi”, — dedi u.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Tikuvchilik borasida ko‘p yillik tajribaga ega, o‘nlab shogirdlar yetishtirgan Ruxsora Imomova hozirda “Sardoba Oqsaroy tekstil” MChJda faoliyat yuritmoqda.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    “Talafotdan keyin bir necha oy qaynopamning xonadonida istiqomat qildik. Ma’lum vaqt ijara uyda ham kun kechirdik. Eski uyimizga jiddiy zarar yetgani uchun hokimiyatdagilar yaroqsiz deb topishdi va ‘Do‘stlik’ mahallasida qurilgan 1480 ta ko‘p qavatli yangi xonadonlardan birini berishdi. Ko‘chib o‘tganimizga o‘n kundan oshdi. Umr yo‘ldoshim, uch nafar farzandim va qaynonam bilan birga yashayapmiz. Hamma sharoitlar yetarli, isitish va yorug‘lik tizimi ham ancha yaxshi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Ko‘p yildan beri tikuvchilik bilan shug‘ullanaman. Oldingi xonadonimizda ham buyurtma asosida pardalar, kelin sarpolar tikardim. Mahalladagi qizlarga hunar sirlarini o‘rgatib, ustozlik qilardim. Ming afsuski, uchta tikuv mashinam ham suvda oqib ketdi. Bitta mashinam qizlik davrimdan esdalik bo‘lib qolgandi. Yangi uyga ko‘chganimizdan keyin ushbu korxonaga ishga kirdim. Bir oy davomida bizni qayta o‘qitishdi. Bu yerda qilgan ishimiz va xatti-harakatimizga qarab maosh olishimizni aytishdi. Tikuv mashinasiga yaxshi tushunganim uchun atrofimdagi tikuvchilarga ham bilmaganlarini o‘rgatib turibman. Korxonada, ko‘rib turganingizdek, yuzlab xotin-qizlar ishlaydi. Ish joyim uyimning yonida, yo‘l kiraga pul sarflamayman. Ishxonamiz tushlik beradi”, — dedi mohir tikuvchi.

    “Xonalar issiq, yo‘llarimiz asfalt”

    Oqoltin va Mirzaobod tumanining ikkita mahallasida yashovchi aholining boshpanasi yaroqsiz holga kelgani uchun ularga 360 ta xonadondan iborat 9 ta ko‘p qavatli uy qurildi. Mirzaobod tumanida joylashgan ushbu mahallaga “Nurli kelajak” nomi berildi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    70 yoshni qarshilagan Yo‘ldoshali ota Qo‘chqorovning oilasiga ham zamonaviy xonadonlardan biri topshirildi. Bir umr qishloq xo‘jaligi sohasida traktor haydab, suvchi bo‘lib ishlagan otaxon bugun juda xursand.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    “Yangi xonadonga 14-noyabr kuni ko‘chib keldik. 3 xonali uyda 6 kishi yashaymiz. Oqoltin tumanining ‘Ahillik’ mahallasidagi barcha qo‘ni-qo‘shnilarga ham zamonaviy xonadonlar topshirildi. Hammamiz shu mahallada yana birgamiz. 70 yoshga kirib, hali bunday sharoitlarni ko‘rmagandim. Dalada mol-qo‘yning orqasidan yurgan edik. Xonalar issiq, sovuq va issiq suv bor, yo‘llarimiz asfalt. Shunday uy ololmay, o‘lib ketsam kerak, deb o‘ylardim. Xudoga shukr, minglab odamlar qatori bizga ham nasib qildi. Pasportlarimiz va kadastr hujjatlarigacha yangilab berishdi. Davlatimiz rahbariga katta rahmat”, — dedi Yo‘ldoshali ota Qo‘chqorov.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Zamonaviy shaharcha qiyofasini kasb etgan “Nurli kelajak” mahallasida kunora to‘y marosimi o‘tkazilmoqda: kimdir o‘g‘lini uylagan, yana kimdir qizini turmushga uzatgan. Aziza Ismatova ham uch xonali yangi xonadoniga kelin tushirdi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    “Kelin olish niyatida uyimizni ta’mirdan chiqargan edik. Ammo 1-may kuni suv bosib, katta zarar ko‘rdik. Ushbu voqeadan keyin qattiq tushkunlikka tushib qolgandik. Shukrki, bizga barcha sharoitlarga ega uch xonali uy, 40 million so‘m pul va turli maishiy texnikalar berishdi. Bundan tashqari, eski uyimiz ham o‘zimizga qoldi. O‘g‘limning to‘yini yangi uyimizda o‘tkazdik. Ilohim yoshlar baxtli bo‘lishsin”, — dedi Aziza Ismatova.

    Mavzuga doir:

    • Abdulla Aripov Sardobaga bordi. Fojiadan jabr ko‘rgan aholi yangi uylarga ko‘chib o‘tadi
    • Sardoba fojiasidan jabrlangan fuqarolarga yangi xonadonlar qur’a tashlash natijasiga ko‘ra taqsimlanishi ma’lum qilindi
    • Qozog‘istonda Sardoba fojiasi oqibatida boshpanasidan ajralganlarga yangi uylar topshirildi

    29.11.2020, 20:28   Izoh (0)   45414
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Boshingizga bir urib, mana senga xat, jim o‘tir, deydigan davrlar o‘tdi” — Allamjonov AOKA va OAV bahsi haqida

    29.11.2020, 19:21

    O‘zbekistonda 2025-yilgacha barcha shaharlar bosh rejasi tasdiqlanishi kutilmoqda

    29.11.2020, 18:25

    “Daryo” fotosayohati: Turkiyaning Istanbul shahridagi Taqsim maydoni va Istiqlol ko‘chasi manzaralari

    29.11.2020, 09:55

    Zangiota yuqumli kasalliklar shifoxonalarida koronavirusga oid ilmiy tadqiqotlar olib boriladi

    28.11.2020, 22:27

    Buxoroda to‘rt yildan beri gazsiz yashayotgan nogironligi bor shaxsga OAV aralashuvi bilan bir kunda gaz berildi

    28.11.2020, 21:25

    Surxondaryoda haydovchilik guvohnomasi bo‘lmagan yigit otasining Cobalt’ida YTHga uchradi. Avariya oqibatida 22 yoshli yigit vafot etgan

    28.11.2020, 19:15
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Moody’s Ratings” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytingi prognozini “Ba2”- “ijobiy” darajagacha ko‘tardi


    Paynet xizmatlari endi Kapitalbank bankomatlarida mavjud


    InfinBANK tomonidan XISMK liniyasi bo‘yicha taqdim etilayotgan islomiy moliyalashtirish – biznesni rivojlantirish uchun ishonchli yechim 


    TBC Bank va Bahodir Jalolov firibgarlarga qarshi jangga chiqdi 


    Moody’s “Biznesni rivojlantirish banki” reytinglarini “salbiy”dan “barqaror”ga o‘zgartirdi


    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?


    O‘zbekiston terma jamoasining dunyodagi eng yirik sport tadbiriga chiqishi Kia brendining mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi 


    Click & Smart Business (sobiq UZKASSA): biznes muvaffaqiyati va mijozlar qulayligi uchun hamkorlik


    AKFA Group “AKFA Medline Social” nomli tibbiy startap qurilishini boshlanganini e’lon qildi 


    “Mikrokreditbank” ATB IX Germaniya-O‘zbekiston biznes forumi doirasida ODDO BHF bank bilan 50 million dollarlik shartnoma imzoladi


    "Eco Expo Central Asia 2025" doirasida xalqaro ekologik tashabbuslar birlashmoqda


    Texnologiyaning yangi bosqichi — HUAWEI Mate XT va HUAWEI Mate 70 Pro bilan tanishing


    Toshkent shahar hokimligi ko‘magida 2025-yil 2-4-oktyabr kunlari CAEx HoReCa & UzFPT ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi


    Anorbank va Beelab O‘zbekiston raqamli banking bozorida hamkorlik o‘rnatdi


    Oqtepa Lavash “Kalmar o‘yini” asosida Dalgona Boksini chiqardi

     

    Tavsiya etamiz

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Buyuk Britaniya Arktikani “muzlatish” uchun 13,4 mln dollar ajratdi

    Dunyo | 24 iyun, 00:10

    Eron AQSHning Yaqin Sharqdagi bazalariga hujum qildi (video)

    Dunyo | 23 iyun, 23:49

    “Daryo” dayjesti: 23-iyunning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 23 iyun, 23:36

    Tramp Eronga berilgan zarbalarni tanqid qilgan kongressmenni haydab chiqarishga chaqirdi

    Dunyo | 23 iyun, 23:30

    CNN: Eron va Isroil o‘rtasidagi mojaro ikki yilgacha cho‘zilishi mumkin

    Dunyo | 23 iyun, 23:20

    “Haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi” – Senat Tanzila Norboyeva nomidan tarqalgani aytilgan xabarlarni rad etdi

    O‘zbekiston | 23 iyun, 23:10

    Saidlaziz Saidkarimov Prezident administratsiyasi Nazorat inspeksiyasi boshlig‘i lavozimidan ozod etildi

    O‘zbekiston | 23 iyun, 22:53

    Prezident eksportchi korxonalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha topshiriq berdi

    O‘zbekiston | 23 iyun, 22:52
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.