• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12531.78
    • RUB159.82
    • EUR14538.12
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Toshkent viloyati bosh infeksionisti Guljahon Yo‘ldosheva ishi bo‘yicha sud jarayoni boshlandi

    Jinoyat ishlari bo‘yicha Chirchiq shahar sudida 27-noyabr kuni Toshkent viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasi bosh shifokori Guljahon Yo‘ldosheva va boshqalarga nisbatan sud jarayonlari boshlandi. Bu haqda “Kun.uz” xabar berdi.

    Guljahon Yo‘ldosheva

    Guljahon Yo‘ldosheva
    Foto: “Kun.uz”

    Sud ishiga jinoyat ishlari bo‘yicha Chirchiq shahar sudi raisi Sunnatillo Avloqulov raislik qilmoqda. Raislik qiluvchi dastlab jarayon ishtirokchilarini sudlanuvchilar va ularga e’lon qilingan ayblov bilan tanishtirdi.

    Foto: “Kun.uz”

    Mazkur jinoyat ishida viloyat bosh infeksionisti Guljahon Yo‘ldosheva Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi “a” bandi (juda ko‘p miqdordagi mablag‘ni o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish), 209-modda 2-qismi “a” bandi (takroran sodir etilgan mansab soxtakorligi), 25-167-modda 3-qismi “a” bandi, 207-modda 1-qismi (mansabga sovuqqonlik bilan qarash) va 207-modda 3-qismi “a” bandi (odam o‘limiga olib kelgan mansabga sovuqqonlik bilan qarash) bilan ayblanmoqda.

    Yana to‘rt nafar shaxsga Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan ayblov e’lon qilingan. Jumladan, Sherzod Ro‘zimetov va Jahongir Ziyodullayev 116-modda 3-qismi (odam o‘limiga sabab bo‘lgan kasb yuzasidan o‘z vazifalarini lozim darajada bajarmaslik), 228-modda 2-qismi “a”, “b” bandlari (takroran va bir guruh shaxslar tomonidan hujjatlarni qalbakilashtirish) va 228-modda 3-qismi (hujjat qalbakiligini bila turib, undan foydalanish) bilan; Alisher Dadamatov va Jannat Hakimova 167-modda 3-qismi “a” bandi (juda ko‘p miqdordagi mablag‘ni o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan ayblanmoqda.

    Foto: “Kun.uz”

    Ayblov o‘qib eshittirilgach, yig‘ilganlar sud tarkibi va jarayon ishtirokchilari bilan tanishtirildi. Ayblanuvchilar va ularning advokatlari tomonidan sud tarkibiga nisbatan e’tirozlar bildirilmadi. Protsessual tartib bo‘yicha sudlanuvchilarning shaxsiga aniqlik kiritildi hamda ularning huquq va majburiyatlari tushuntirildi.

    Shundan so‘ng sudlanuvchi Guljahon Yo‘ldoshevaning advokati sudga iltimosnoma kiritib, himoyasi ostidagi shaxsga qo‘llanilgan uy qamog‘i ehtiyot chorasini munosib xulq-atvorda bo‘lish tarzidagi ehtiyot chorasiga o‘zgartirish, jinoyat ishi hujjatlari bilan tanishib chiqish, undan nusxalar olish va ayblov xulosasini rus tilida prokuror tomonidan tasdiqlangan holda taqdim etilishini ta’minlashni so‘radi.

    Raislik etuvchi iltimosnomaning ehtiyot chorasini o‘zgartirish haqidagi qismi protsessual tartibda ko‘rib chiqilishini, ayblov xulosasini rus tilida taqdim etish masalasida prokurorga xat chiqarilishini, jinoyat ishi hujjatlari bilan tanishib chiqish haqidagi qismi bo‘yicha esa biror bir qarshilik yo‘qligini, istalgan vaqtda ish hujjatlari bilan tanishish mumkinligini ma’lum qildi.

    Nashrning yozishicha, sud jarayonlarining dastlabki kuni shu tariqa o‘z ishini yakunladi. Navbatdagi sud majlisi 4-dekabr kuni soat 11:00 ga belgilandi.

    Avvalroq Guljahon Yo‘ldoshevaga nisbatan tergov yakunlanib, jinoyat ishi sudga yuborilgani haqida xabar berilgandi.

    Eslatib o‘tamiz, koronavirusga chalingan bemor o‘limi va 250 million so‘m budjet mablag‘larini talon-toroj qilganlikda ayblanib, qamoqqa olingan Toshkent viloyati bosh infeksionisti Guljahon Yo‘ldoshevaga nisbatan jinoyat ishi 2020-yil 11-avgustda Chirchiq shahar prokuraturasi tomonidan qo‘zg‘atilgan. 8-sentabrga kelib, ehtiyot chorasi sifatida ayblanuvchi qamoqqa olingan edi.

    Uning qamoqqa olinishi jamoatchilik o‘rtasida keng muhokamalarga sabab bo‘ldi. Bir qator davlat va nodavlat tashkilotlarning rahbarlari, xususan, Senat raisi Tanzila Norboyeva, Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi o‘rinbosari, gender tenglikni ta’minlash masalalari bo‘yicha komissiya a’zosi Saida Mirziyoyeva mazkur hodisaga munosabat bildirib, prokuraturani shifokorga nisbatan qo‘llanilgan ehtiyot chorasi o‘zgartirishga chaqirgan.

    Shundan so‘ng Guljahon Yo‘ldosheva 6-oktabr kuni uy qamog‘iga o‘tkazilgandi.

    28.11.2020, 00:19   Izoh (0)   43451
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda 1-dekabrdan kompyuterxona va internet-kafelar faoliyatiga ruxsat beriladi

    27.11.2020, 23:27

    Rossiyaning Astraxan viloyati 2021-yilda O‘zbekistondan 10 ming mehnat migrantini qabul qilishga tayyorligini ma’lum qildi

    27.11.2020, 23:12

    Sergelida 10 yoshli bolani urib, voqea joyidan qochib ketgan Cobalt haydovchisi qo‘lga olindi

    27.11.2020, 22:57

    Toshkent shahar IIBBda yangi lavozim tayinlovlari amalga oshirildi

    27.11.2020, 22:28

    O‘zbekistonda haydovchilik guvohnomasi uchun imtihon olish vakolati IIVdan xususiy sektorga berilishi kutilmoqda

    27.11.2020, 22:12

    Toshkentda sovuq qurol olib yurish uchun javobgarlik belgilangan kundan boshlab qancha bayonnoma rasmiylashtirilgani ma’lum qilindi

    27.11.2020, 21:57
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “S&P” O‘zbekiston Milliy Bankining rеyting prognozini “ijobiy”ga ko‘tardi 


    BYD Astana Motors rasmiy dilerlik tarmog‘i Toshkentdagi barcha beshta dilerlik markazida "Best Buy Day" tadbirini o‘tkazadi


    Anorbank va Beelab O‘zbekiston raqamli banking bozorida hamkorlik o‘rnatdi


    Oqtepa Lavash “Kalmar o‘yini” asosida Dalgona Boksini chiqardi


    O‘zbekiston terma jamoasining dunyodagi eng yirik sport tadbiriga chiqishi Kia brendining mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi 


    Click & Smart Business (sobiq UZKASSA): biznes muvaffaqiyati va mijozlar qulayligi uchun hamkorlik


    Toshkent shahar hokimligi ko‘magida 2025-yil 2-4-oktyabr kunlari CAEx HoReCa & UzFPT ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi


    Toshkent va Bangkok o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov: Centrum Air yangi xalqaro yo‘nalishni ishga tushiradi 


    Paynet xizmatlari endi Kapitalbank bankomatlarida mavjud


    American University of Technology (AUT) 28-iyun - Ochiq eshiklar kuniga taklif etadi


    “Mikrokreditbank” ATB IX Germaniya-O‘zbekiston biznes forumi doirasida ODDO BHF bank bilan 50 million dollarlik shartnoma imzoladi


    Market Yandex Go Samarqandda ishga tushdi


    "Eco Expo Central Asia 2025" doirasida xalqaro ekologik tashabbuslar birlashmoqda


    Savdo, fintex va “yashil” loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda


    “Wyndham Garden Charvak” kurort majmuasi qurilishi qanday kechayotganini ko‘rsatdi

     

    Tavsiya etamiz

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    Kino | 25 iyun, 23:50

    “XVJ O‘zbekiston iqtisodiyotiga soliq yukini oshirishni taklif qilmoqda. Izohga hojat yo‘q” — Yuliy Yusupov

    O‘zbekiston | 25 iyun, 23:38

    Eʼtiborsiz qoldirmaslik kerak bo‘lgan D vitamini tanqisligining 9 ta belgisi

    Maslahatlar | 25 iyun, 23:10

    Sochingizga zarar yetkazadigan tungi odatlar

    Go‘zallik | 25 iyun, 22:50

    “Daryo” dayjesti: 25-iyunning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 25 iyun, 22:30

    Oddiy va kamtar: boyligini ko‘z-ko‘z qilmaydigan turk aktyor va aktrisalari

    Kino | 25 iyun, 22:03
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.