• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12581.97
    • RUB157.75
    • EUR14698.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    “Sukut, ko‘z yosh, og‘riq”. Sport olamidagi mashhurlar Diyego Maradonaning o‘limi haqida

    Argentinalik afsonaviy futbolchi Diyego Maradona 25-noyabr kuni 60 yoshida vafot etdi.

    Futbol va sport olamidagi ko‘plab mashhurlar argentinalik dahoning o‘limiga o‘z munosabatini bildirmoqda. “Daryo” ularning ayrimlarini bir sahifaga to‘pladi.

    Foto: Twitter

    Foto: Twitter

    “Bugun do‘stim bilan xayrlashaman, dunyo esa — daho bilan. Tengi yo‘q sehrgar. U bizni juda erta tark etdi va o‘zidan hech kim to‘ldira olmaydigan bo‘shliq qoldirdi”.

    Krishtianu Ronaldu, “Yuventus” futbolchisi

    “Hamma bizdan so‘z kutmoqda. Biroq biz boshdan o‘tkazayotgan og‘riqni qanday so‘z bilan ifodalash mumkin? Hozir ko‘z yosh to‘kish vaqti. Keyin esa so‘zga navbat keladi”.

    “Napoli” klubi

    “U mening davrimda katta ustunlik bilan boshqalardan ajralib turardi. Balki, futbol tarixidagi eng buyuk o‘yinchidir. Baxtli, biroq behalovat hayotdan keyin umid qilamanki, u xudoning qo‘lida xotirjam tortadi”.

    Gari Lineker, sobiq futbolchi

    Foto: Instagram

    Foto: Instagram

    “Bu barcha argentinaliklar va futbol uchun qayg‘uli kun. U ketdi, biroq u biz bilan, chunki Diyego abadiy.

    Men u bilan birga o‘tkazgan har bir onni butun umr yodimda saqlab qolaman. Uning oilasi va do‘stlariga hamdardlik bildiraman. Alvido”.

    Leo Messi, “Barselona” futbolchisi

    “Futbol xudosi bizni tark etdi. Diyego, hammasi uchun rahmat”

    Andrea Pirlo, “Yuventus” bosh murabbiyi

    “Maradona futbol olamidagi so‘nggi uch o‘n yillikda o‘zining muhim izini qoldirdi. Endi xudo uni uyiga chaqirdi. Oxirating obod bo‘lsin, Diyego. Hammasi uchun rahmat.

    Yozef Blatter, FIFA sobiq prezidenti

    “Argentinalik bo‘lish baxti hech qanday qiymatga sotilmaydi”. Maradonaning 100 mln dollarga sotilmagan vatanparvarligi haqida

    “Xayolga kelgan birinchi o‘y Agueroni ovutish bo‘ldi, axir Maradona uning o‘g‘liga bobo bo‘ladi. Futbol tarixida aqlbovar qilmas futbolchilar ko‘p emas va u ular sirasiga kiradi. Butun klub nomidan uning oilasiga hamdardlik bildiraman”.

    Pep Gvardiola, “Manchester Siti” bosh murabbiyi

    Foto: Twitter

    Foto: Twitter

    “Maradona, ‘Xudoning qo‘li’ bizni tark etdi. 1986-yilda ikkimiz ham chempionga aylangandik. Bizni o‘zaro solishtirishgandi. U mening qahramonlarimdan biri edi, do‘stim edi”.

    Mayk Tayson, sobiq bokschi

    “Bu juda og‘ir. Senga qo‘ng‘iroq qilishadi va Maradona o‘lganini aytishadi. Sen esa bunga ishona olmaysan. U Argentina uchun juda muhim shaxs. U juda kuchli, hamma vaqtda g‘alaba qozongan, biroq bu hodisani yenga olmadi”.

    Diyego Simeone, “Atletiko” bosh murabbiyi

    “Barcha davrlarning eng buyuk sportchilaridan biri. Millionlab odamlar uni deb futbolni yaxshi ko‘radi”.

    Habib Nurmagomedov, UFC jangchisi

    Mavzuga doir: Maradonaning neapollik bemor bolaga yordam berish uchun klubga qarshi chiqib, loy maydonda o‘ynab gol urgani haqida kichik hikoya

    “U 1986-yilda aqlbovar qilmas darajada edi, uni ushlab qolishning iloji yo‘q edi. O‘sha vaqtda u qanday o‘yinchi ekanini tushunib yetganman. O‘yinlarni yolg‘iz o‘zi yutardi, qolganlardan ancha ustun edi. Uning o‘limi futbol uchun katta yo‘qotish. Bu katta tragediya”.

    Zinedin Zidan, “Real” bosh murabbiyi

    Mening do‘stim, mening kumirim, mening o‘ninchi raqamim. Xoh u o‘yin bo‘lsin, xoh tushlik, birgalikda o‘tkazgan har bir onimiz uchun tashakkur.  Alvido, mening kumirim, seni yaxshi ko‘raman... Sehrgarlar sehrgari!”.

    Ronaldinyo, sobiq futbolchi

    “U kishilarni o‘zi bilan faxrlanishga majbur qilardi. Albatta, uning ojiz tomonlarini hech kim inkor etmaydi, biroq siz uning kelib chiqishini yaxshi bilasiz. Afsona oldida shlyapamni yechishga tayyorman”.

    Guss Hiddink, futbol murabbiyi

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    “Juda og‘ir kun. O‘zimizning Diyego bizni tark etdi. Sukut, ko‘z yosh, og‘riq — bu hozirda biz his qilayotgan kechinmalar.

    Diyego bizning abadiy minnatdorchiligimizga loyiq. U futbol tarixidagi ertaklarda barcha ko‘rib turadigan joydan o‘rin oladi”.

    Janni Infantino, FIFA prezidenti

    “Diyego mening kumirim edi, uning o‘yinidan ilhomlanar edim. Futbolda u buyuk shaxs. U o‘yinchi sifatida shunday shedevrlar ijro etgandi-ki, uni na Messi, na Ronaldu, na Pele qaytara oladi.

    Shubhasiz, 60 yosh — bu juda erta. Biroq u o‘zining turmush tarzi nimalarga olib borishini yaxshi bilardi. Shunga qaramay uni barcha buyuk futbolchi va samimiy inson sifatida xotirlaydi”.

    Andrey Kanchelskis, “Navbahor” sobiq bosh murabbiyi

    Mavzuga doir: Argentinadan Suriyagacha. Muxlislar Diyego Maradona bilan vidolashmoqda (fotogalereya)

    “Diyego Maradonaning o‘limidan chuqur qayg‘udaman. U Janubiy Amerikada qahramon edi. Shuningdek, “Napoli” ishqibozlarining kumiriga aylangan, ular buni umrbod unutmaydi. Maradona istalgan yosh toifasidagi muxlisni lol qoldirgan futbolchi sifatida tarixga kiradi”.

    Aleksander Cheferin, UEFA prezidenti

    “Bu yerda so‘z ortiqcha. U men hozirgacha ko‘rgan futbolchilar ichida eng yaxshisi. Afsuski, Pele qanday o‘ynaganini ko‘rmaganman. Maradonaning o‘limi — bu futbol va sport uchun tragediya”.

    Valeriy Karpin, “Rostov” bosh murabbiyi

    Foto: Twitter

    Foto: Twitter

    “Uning ketganidan qayg‘udaman, ammo u bilan uchrashtirgani uchun bu hayotdan mamnunman. Sening merosing abadiy qoladi, sehring hech qachon unutilmaydi”

    Ronaldo, sobiq futbolchi

    “Futbolning ikki qirolidan biri vafot etdi. Qushning ikki qanoti bo‘ladi. Uning bitta qanoti ketdi va endi bitta qanoti bilan uchishga harakat qiladi”.

    Xayrulla Hamidov, jurnalist, futbol sharhlovchisi

    Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!

    26.11.2020, 23:15   Izoh (0)   33428
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Jenoa” Genuya derbisida irodali g‘alaba qayd etib, Italiya Kubogi 1/8 finaliga chiqdi. Eldor Shomurodovdan golli uzatma

    26.11.2020, 23:14

    Manuel Noyer Chempionlar Ligasida Krishtianu Ronalduning rekordini yangiladi

    26.11.2020, 21:13

    Argentinadan Suriyagacha. Muxlislar Diyego Maradona bilan vidolashmoqda (fotogalereya)

    26.11.2020, 20:13

    Maradonaning neapollik bemor bolaga yordam berish uchun klubga qarshi chiqib, loy maydonda o‘ynab gol urgani haqida kichik hikoya

    26.11.2020, 18:00

    Diyego Maradonani so‘nggi yo‘lga kuzatish marosimi Argentina prezidenti qarorgohida bo‘lib o‘tadi

    26.11.2020, 17:03

    Maradonaning o‘limi sabab “Boka Xuniors”ning Libertadores Kubogidagi o‘yini qoldirildi

    26.11.2020, 16:42
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    Yengillik kuch bilan birlashganda: 2025-yilning talabalar uchun mo‘ljallangan to‘rtta ASUS noutbuki 


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    Way II kompaniyasi o‘z investorlariga dividend to‘lovlarini amalga oshirdi


    Onix 100 million so‘m keshbek aksiyasini qayta yo‘lga qo‘ydi 


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!

     

    Tavsiya etamiz

    O‘zbekistonda non narxi nega qimmatlashayotgani o‘rganildi

    16 avgust, 23:46
    Audio Icon

    Qutblar tutashuvi – AQSH prezidentlari sovet va Rossiya rahbarlari bilan necha marta uchrashgan?

    16 avgust, 21:27
    Audio Icon

    “U imperiyani qutqarishi kerak edi” Tarixdagi eng yirik va qudratli jangovar kema – Yamato haqida

    15 avgust, 09:15

    Arash mojarosi: bir o‘zbek undan pulini ololmay sarson, boshqasi esa ko‘p pul bermoqda

    14 avgust, 21:02
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Heytga uchragan Kerem Bursin, Pokizaning g‘alati hobbisi, Hande Erchelning nikoh marosimi — Turk kinosi yangiliklari

    Shou-biznes | 17 avgust, 12:35

    O‘zbekistonning ayrim hududlarida 18-avgust kuni yomg‘ir yog‘ishi mumkin

    O‘zbekiston | 17 avgust, 12:10

    Starlink O‘zbekistonda 2026-yilda ishga tushirilishi mumkin

    O‘zbekiston | 17 avgust, 11:37

    Putin Ukrainada jang qilgan Shimoliy Koreya askarlarini “qahramon” deb atadi

    Dunyo | 17 avgust, 11:08

    Hamzat Chimayev Dyu Plessini mag‘lubiyatga uchratib, UFC’ning yangi chempioniga aylandi (video)

    Sport | 17 avgust, 10:49

    Rossiyada og‘ir hayotiy vaziyatda qolgan 100 dan ortiq fuqaro O‘zbekistonga qaytariladi

    O‘zbekiston | 17 avgust, 10:35

    O‘zbekistonda soliq huquqbuzarliklari haqida xabar berganlarga qancha mukofot to‘langani ma’lum qilindi

    O‘zbekiston | 17 avgust, 10:01

    Javobidan hayratda qolasiz: “Senimi, shoshmay tur” multfilmida odamlar qayerga g‘oyib bo‘lgan?

    Kino | 17 avgust, 09:30
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.