• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    Oltin vanna, Bengal yo‘lbarslari va qimmatbaho mashinalar. Mayk Tayson qanday qilib 700 mln dollarni havoga uchirib yuborgani haqida

    Mayk Tayson nafaqat sport (u og‘ir vazn toifasi tarixidagi eng yosh Jahon chempioni hisoblanib, bir yil ichida mutlaq chempionlikkacha ko‘tarilgan), balki bir qancha moliyaviy rekordlarni ham o‘rnatgan.

    Foto: Google Images

    Foto: Google Images

    O‘tgan asrning 90-yillari o‘rtalariga kelib, Taysonning hisob raqamida yarim milliard dollar bor edi. U bu mablag‘larni janglardan olgan gonorarlari va reklama shartnomalaridan topgandi. Biroq Tayson bu pullarni oldi-orqasiga qaramay sarfladi va shunchaki yo‘qotib yubordi. To‘g‘ri, bunga promouter Don King ham moliyaviy hiyla-nayranglari bilan o‘z “hissa”sini qo‘shdi.  Lekin Taysonning xarajatlari oldida bu xamir uchidan patir ham emasdi.

    Tayson o‘z boyliklarini qanday boshqarishni bilmas edi. Hatto u bir marta rafiqasiga 2 million dollarga oltin vanna sovg‘a qilgandi

    Mayk 1986-yil noyabr oyida bo‘lib o‘tgan birinchi chempionlik jangidanoq (Trevor Berbikka qarshi) katta gonorar ola boshlagan. O‘shanda Mayk 1,5 million dollarlik chek olgandi. Albatta, o‘sha paytdagi va hozirdagi ko‘rsatkichlar o‘rtasida katta farq bor.

    Bir yil o‘tar-o‘tmas esa Tayson mutlaq Jahon chempioniga aylandi va har bir jangidan o‘n million dollarlab daromad ola boshladi. 1988-yilda u Maykl Spinksga qarshi jangi uchun 22 million dollar oldi. Bu esa o‘sha vaqtdagi rekord ko‘rsatkich hisoblanardi. Agar bu raqamlar soniyalarga taqsimlansa, Mayk ularning har biri uchun 240 ming dollardan olgan bo‘ladi.

    Taysonda pul shunchalik ko‘p ediki, hatto uni qanday sarflashni ham bilmas edi.

    Foto: Instagram / @ miketyson

    Foto: Instagram / @ miketyson

    “Yoshligimda pul bilan qanday muomala qilishni bilmas edim. Odamlarga pul berar va ziyofatlar uyushtirardim. Men o‘shanda aqldan ozgan edim. Ahvol shu darajaga yetib keldiki, kasal ekanligimni ham bilmas edim. Ko‘plab qizlarga mashina sovg‘a qilganman”, – deb yodga oladi o‘sha davrlarni Mayk.

    30 yoshida Tayson 410 ming dollarga tushgan hashamatli ziyofat uyushtiradi. Ziyofatlar o‘sha yillarda bokschining o‘ziga xos bir zaif tomoni edi.

    Bir necha yil oldin MoneyMakers nashri Taysonning yuqori cho‘qqida bo‘lgan davrdagi shirin va hashamatli hayotiga nazar tashlagan edi.

    Bokschining asosiy uyi 21 xonali va 24 ta hammomdan iborat ulkan Konnektikut qasri edi. Mulkning umumiy maydoni 15 ming kvadrat metrdan ortiqroqni tashkil etardi. U shunchalik ulkan ediki, hatto u yerga tungi klub va kazino ham sig‘dirilgan edi. Shuningdek, bokschining Merilend, Ogayo va Las-Vegasda ham kichikroq mulklari bo‘lgan.

    Faoliyati davomida Tayson 111 ta mashina sotib olgan, yana 19 tasini esa do‘stlariga sovg‘a qilib yuborgan. Uning mashinalari orasida Bentley Continental SC ajralib turardi, bu “toychoq” bokschiga 500 ming dollarga tushgan. Shuningdek, Ferrari, Lamborghini, Range Rover, Mercedes-Benz 500 va Rolls-Royce ham uning garajidan munosib o‘rin egallagandi.

    Foto: Google Images

    Foto: Google Images

    Ko‘pincha Mayk avtoulovlaridan voz kechib yuborardi yoki shunchaki ularni kimga berganini unutib qo‘yardi. Ammo Taysonning karyerasidagi eng shov-shuvli xarid — rafiqasi Robin Givensga Rojdestvo bayramiga atab sovg‘a qilgan oltin vannadir. Mayk ushbu cho‘milish qurilmasi uchun naq 2 million dollarning bahridan voz kechgan.

    Tayson intervyularining birida Givens uning yarim million dollarlik Bentley Continental SC’ni urib olganligi, keyin esa avtohalokat joyiga kelgan politsiyachiga pora sifatida mashinani berganini aytgandi:

    “Men yana hibsga olinishga chindan ham juda yaqin edim. Shunda mashinani politsiyachiga taklif qildim, u esa uni olib ketdi. Men shunchaki uning yoniga borib: ‘Quloq soling, janob. Shu mashina sizga, olib keting’, dedim. Men biroz vahimada edim: ‘Oling, bu la’nati mashinani, maylimi?’ U qulfni ochishni boshlaganda, men uni ushlaganimni angladim. U mashinani olishni xohlayotgandi. Men unga: ‘Yo‘q, sizlar ko‘p ishlaysizlar,  hayotingizni xavf ostiga qo‘yasizlar. Jin ursin mashinani. U sizga’ ”.

    1992-yilda Mayk jiddiy muammolarga duch kela boshladi: u Dezire Vashingtonni zo‘rlashda ayblanib hibsga olingandi. Uch yildan so‘ng u ozod qilindi, ammo qamoqdan chiqqanidan keyin ham Mayk tartibsiz hayot tarzini to‘xtatish haqida o‘ylamasdi. Piter Maknili, Bryus Seldon va Evander Holifildga qarshi janglari uchun u umumiy hisobda 100 million dollardan ko‘proq pul olgandi. Taysonning o‘sha davrdagi eng yirik xarajatlarining bir nechtasi quyidagicha bo‘lgan:

    Foto: Google Images

    Foto: Google Images
    • avtomobil va mototsikllar uchun 4,5 million dollar;
    • ust-bosh va taqinchoqlar uchun bir oyda 100 ming dollar;
    • kaptar va Bengal yo‘lbarslari uchun 400 ming dollar;
    • jonivorlar parvarishiga mas’ul odamlar uchun yiliga 125 ming dollar;
    • kundalik xarajatlar uchun oyiga 240 ming dollar;
    • maysa va bog‘ parvarishi uchun 300 ming dollar;
    • telefon, peyjer va hisob to‘ldirishlar uchun 230 ming dollar.
    Bu yerda ayniqsa, uchta Bengal yo‘lbarslarining sotib olinishi kishining e’tiborini tortadi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Mayk buni unga agenti tavsiya etganini aytadi. Shu tariqa u bir emas, naq 3 ta yo‘lbarsni o‘z uyiga olib keladi. Ularning har biri Taysonga 70 ming dollarga tushadi. Va yana oyiga 12 ming ularni saqlashga sarflangan. Keniya laqabli yo‘lbars bokschining sevimlisi edi, u Mayk bilan 16 yil birga yashagan, ammo qo‘shnilaridan birini tishlab olganidan keyin Keniya maxsus sharoitda saqlanish uchun olib ketiladi.

    “Kimdir yo‘lbars joylashgan hududga to‘siqdan sakrab o‘tib, u bilan o‘ynashni boshladi. Yo‘lbars qizni tanimasdi, shuning uchun bu baxtsiz hodisa. Voqeadan xabar topishgach, ular meni sudga berishga harakat qildi. Yo‘lbars uning qo‘lini tishlab olganini ko‘rganimdan so‘ng unga 250 ming dollar berdim. Ularning inson tanasiga qanday zarar yetkazishi mumkinligini umuman tasavvur qila olmasdim. O‘shanda ahmoq bo‘lgan ekanman, bu mushuklarni yuz foiz jilovlashning iloji yo‘q”, – deydi Mayk Tayson.

    Forbes ma’lumotlariga ko‘ra, Tayson butun faoliyati davomida 685 million dollar ishlab topgan, ammo 2003-yilda u o‘zini bankrot deb e’lon qiladi. Bundan tashqari, Mayk soliq idoralariga 23 million dollar miqdorida qarzdor ham bo‘lib qoladi. Shu bois faoliyatining oxirida u o‘z merosiga jiddiy ta’sir o‘tkazgan janglarga rozilik berishga majbur bo‘ladi.

    Foto: Google Images

    Foto: Google Images

    Shunga qaramay, hozir ham Tayson o‘zini juda ishonchli his qilmoqda: u muvaffaqiyatli tarzda o‘z nomidan foydalanmoqda hamda film, klip va televizion tomoshalarda suratga tushish orqali yaxshiga pul ishlashda davom etmoqda. Mayk o‘zining podkastini ishga tushirgan, shuningdek, u kannabis yetishtirish bilan shug‘ullanadi. 2019-yilda uning boyligi 3 million dollarga baholangandi.

    Tayson Roy Jonsga qarshi jang uchun kamida 10 million dollar ishlab topadi, biroq u bu pullarning barchasini xayriya qilishga va’da berdi

    Dastlab Mayk Tayson va Roy Jons o‘rtasidagi jang 2020-yilning 12-sentabr sanasiga belgilangandi, ammo keyinchalik tashkilotchilar uni 28-noyabrga (Toshkent vaqti bilan 29-noyabr tongda) qoldirdi. Turli manbalarga ko‘ra, bunga asosiy sabab translyatsiya huquqlarini sotish ekani aytilmoqda.

    Insayderlarning fikriga ko‘ra, televizion huquqlar 50 million dollarga sotib olingan. Taysonning kafolatlangan gonorari 10 million dollarni tashkil qiladi (Jonsniki esa 10,5 million dollarga teng, ayrim manbalarda esa 3 million dollar), agar jang yaxshi translyatsiya qilinsa, u yana 10 millionni bonus sifatida olishi mumkin. Mayk esa ushbu jangdan oladigan barcha daromadlarini xayriya uchun sarflashini e’lon qildi:

    Foto: Eurosport

    Foto: Eurosport

    “Men hammasini xayriya uchun sarflayman. Hozirda avvalgi pullarim yo‘qligidan xursandman. Bugun qilayotgan ishimdan mamnunman. Hech kim pulimni mendan tortib ololmaydi, endi atrofimda yirtqichlar guruhi yo‘q. Men yana sevgan ishimni qila olishimdan xursandman”.

    Boshqa maqolalar:

    • Qashshoqlikdan yulduzlikkacha. Konor Makgregorning qanday qilib millionerga aylangani haqida
    •  Bolalik, UFC, yashash tarzi, mashinalar va shaxsiy hayot. Habib Nurmagomedovning hayot yo‘li haqida

    26.11.2020, 23:58   Izoh (0)   44599
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Sukut, ko‘z yosh, og‘riq”. Sport olamidagi mashhurlar Diyego Maradonaning o‘limi haqida

    26.11.2020, 23:15

    “Jenoa” Genuya derbisida irodali g‘alaba qayd etib, Italiya Kubogi 1/8 finaliga chiqdi. Eldor Shomurodovdan golli uzatma

    26.11.2020, 23:14

    Manuel Noyer Chempionlar Ligasida Krishtianu Ronalduning rekordini yangiladi

    26.11.2020, 21:13

    Argentinadan Suriyagacha. Muxlislar Diyego Maradona bilan vidolashmoqda (fotogalereya)

    26.11.2020, 20:13

    Maradonaning neapollik bemor bolaga yordam berish uchun klubga qarshi chiqib, loy maydonda o‘ynab gol urgani haqida kichik hikoya

    26.11.2020, 18:00

    Diyego Maradonani so‘nggi yo‘lga kuzatish marosimi Argentina prezidenti qarorgohida bo‘lib o‘tadi

    26.11.2020, 17:03
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Salomatlik haqidagi zamonaviy tibbiyot allaqachon inkor qilgan yanglish fikrlar

    Salomatlik | 13 iyul, 08:39

    Putin Eronni yashirincha uranni boyitishdan voz kechishga chaqirdi

    Dunyo | 13 iyul, 08:25

    O‘zbekistonda muomalaga chiqarilgan bank kartalari soni keskin o‘sdi

    Iqtisodiyot | 13 iyul, 08:00

    AQSHda Trampga qarshi tergovlarga yordam bergan xodimlar ishdan bo‘shatildi

    Dunyo | 12 iyul, 23:50

    “Hech kimdan qo‘rqmayman” — Toshkentda tadbirkor bolalar maydonini egallab oldi, aholi norozi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 23:37

    “Barcha zapravkalarda elektr quvvatlagichlar o‘rnatiladi” — transport vaziri Ilhom Mahkamov

    O‘zbekiston | 12 iyul, 23:27

    Hindistonda rossiyalik ayol ikki bolasi bilan changalzorda yashayotgani aniqlandi

    Dunyo | 12 iyul, 23:10

    Abbosbek Fayzullayev va “SSKA” — Rossiya Superkubogi sohibi (video)

    Sport | 12 iyul, 22:42

    Fransiyada Yangi Kaledoniya nomli yangi davlat tuzish to‘g‘risida bitim imzolandi

    Dunyo | 12 iyul, 22:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.