• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12557.56
    • RUB159.44
    • EUR14809.13
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +35°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Avto

    Qashshoqlikdan yulduzlikkacha. Konor Makgregorning qanday qilib millionerga aylangani haqida

    “Muvaffaqiyatli insonlarning uchta siri bor: o‘ziga bo‘lgan ishonch, ijobiy fikr, halol va mashaqqatli mehnat. Ko‘pchilik ushbu uchta prinsipni biladi, ammo ulardan juda kamchiligi bularni amalda qo‘llaydi”, – deydi Konor Makgregor o‘z muvaffaqiyati haqida.

    Darhaqiqat, Konorning bu gaplarni baralla aytishiga to‘laqonli ravishda haqi bor: oddiy irland oilasidan chiqqan yigit nafaqat ishsizlik nafaqasini oluvchi insondan aralash jang san’atlarining eng mashhur vakiliga aylandi, balki ushbu sport turini yanada ommalashishiga o‘zining ulkan hissasini qo‘shdi. Hozirda UFC shunchaki ochko, zarba va soniyalar emas. U allaqachon tomoshabinlarning ovunchog‘iga aylanib ulgurgan.

    O‘zini tutishi, UFC bilan mohirona muomalasi va hech bo‘lmaganda zaboni bilan Makgregor tom ma’noda tarix yarata oldi. Eddi Alvares, Habib Nurmagomedov va Neyt Dias bilan oktagondagi janglari, shuningdek, Floyd Meyvezer bilan ringdagi to‘qnashuvi irlandiyalik sportchining hayotini tubdan o‘zgartirib yubordi.

    To‘g‘ri, Konor hozir avvalgi vajohatini yo‘qotgan va anchadan buyon janglar o‘tkazmayotgan bo‘lsa-da, u yana bir necha o‘n yillar davomida o‘zi va atrofidagilari bilan birga yaxshi hayot kechirish imkoniga ega.

    Foto: Instagram /@thenotoriousmma

    Foto: Instagram /@thenotoriousmma

    “Yengil, yarim yengil yoki yarim og‘ir vazn toifalari meni qiziqtirmaydi, men qayg‘uradigan yagona vazn, bu cheklarimning og‘irligi. Ular esa o‘ta og‘ir vaznli”, – deydi Konor pullari haqida.

    Konorning oilasi va yaqinlari haqida

    Makgregorning asosiy boyligi, shubhasiz, bu uning oilasi va rafiqasidir.

    Irlandiyalik o‘z sevgisini tungi klublarning birida uchratgan. O‘shanda Konor 20, Di Devlin (Konorning rafiqasining ismi shunday) esa 18 yoshda edi. Shundan so‘ng juftlik Dublin yaqinida ijarada og‘ir yillarni boshdan o‘tkazgan, o‘sha yillari Makgregor santexnik bo‘lib ishlar va oyiga 186 yevro topardi. Devlin esa bu vaqt davomida Konorning yonida bo‘ldi va yigitchani imkoni yetganicha qo‘llab-quvvatladi.

    “U faoliyatimning boshidan beri men bilan birga bo‘lgan, o‘sha paytda menda umuman hech narsa yo‘q edi. U meni mashg‘ulotlarga olib borar, orzularimni tinglar va butun faoliyatimga yordam berardi. Agar u bo‘lmaganida, men hozir turgan joyimga chiqa olmas edim. Uni ishga olish, u bilan dunyo bo‘ylab sayohat qilish va u istagan narsalarni bera olish imkoniyatiga ega ekanligim meni g‘ururlantiradi”, – deydi Makgregor rafiqasi haqida.

    Hozirda baxtli juftlik ikki nafar farzandni voyaga yetkazmoqda.

    Foto: Instagram

    Foto: Instagram

    Shuningdek, Konor og‘ir yillarda yordam bergan oilasiga ham samimiy minnatdorchilik bildiradi.

    Vaqt o‘tishi bilan ularning safiga Konorga ustozlik qilgan Jon Kavana ham qo‘shiladi. U ham barcha qiyinchiliklarda Konor bilan yelkama-yelka turgan.

    Foto: Instagram /@thenotoriousmma

    Foto: Instagram /@thenotoriousmma

    “Har bir inson o‘z atrofidagi muhitning mahsulidir, shu bois o‘zimni maqsadlarga aniq yo‘naltirish uchun savodli odamlar bilan birga bo‘lishga harakat qilaman”, – deydi Makgregor atrofidagilarga hurmat bajo keltirar ekan.

    Konorning kiyinish uslubi haqida

    Foto: Yandex Photos

    Foto: Yandex Photos

    “Men yoqtiradigan ikkita narsa bor: raqiblarimning aftini bejash va yaxshi ko‘rinishga ega bo‘lish”. Haqiqatan ham, aynan kiyinish uslubi, soch turmagi va soqol ham Konorga qo‘shimcha mashhurlik bag‘ishlaydi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Kiyimlarni esa u jahonning eng qimmat brendlari bo‘lmish Versace, Louis Vuitton, Givenchy, Gucci singari butiklardan xarid qiladi.

    Konorning soatlari haqida

    Foto: Instagram /@thenotoriousmma

    Foto: Instagram /@thenotoriousmma

    Qo‘liga oddiy elektron soat taqqan kunlarini tabassum bilan eslaydigan Konorning eng zaif tomonlaridan biri soatlardir. Hozirga kunda MMA yulduzining tortmasida Rolex (Cosmograph Daytona), Oyster Perpetual Yacht-Master II, Perpetual Sky-Dweller, Oyster Perpetual, Hublot (MP-05 LaFerrari Sapphire, Franck Muller, Patek Philippe (Nautilus), Audemars Piguet, Royal Oak Offshore kabi dunyoga mashhur brendlarni ko‘rish mumkin. Ularning umumiy qiymati esa naq 800 ming dollarga baholanadi.

    Ijtimoiy tarmoqlar va reklama

    Konor Internet tarmog‘ida o‘ta faol bo‘lib. Uni Twitter’da 8,3 million, Instagram’da esa 37,3 million inson kuzatib boradi.

    Foto: Instagram /@thenotoriousmma

    Foto: Instagram /@thenotoriousmma

    Bundan tashqari, uning suratlari muntazam ravishda sport va moda jurnallari muqovalaridan o‘rin olib keladi.

    Shuningdek, Makgregor reklama shartnomalaridan ham millionlab dollar topishini alohida ta’kidlash joiz.

    Konorning mashinalari haqida

    Avtomobillar borasida ham Konor o‘ziga eng yaxshilarini ravo ko‘radi. Xususan, uning garajidan BMW i8 (155 ming dollar), Mercedes-Benz A200 Sedan (36 ming dollardan boshlanadi), Mercedes-Benz S550 Coupe (120 ming dollar), McLaren 650S (280 ming dollar), Cadillac Escalade (93 ming dollar), Range Rover (160 ming dollar), Rolls-Royce Ghost (400 ming dollar), Rolls-Royce Phantom Drophead Coupe (880 ming dollar) Lamborghini Aventador’ni (345 ming dollar) ko‘rish mumkin.

    Foto: Instagram /@thenotoriousmma

    Foto: Instagram /@thenotoriousmma

    Foto: Instagram /@thenotoriousmma

    Foto: Instagram /@thenotoriousmma

    Foto: Instagram /@thenotoriousmma

    Foto: Instagram /@thenotoriousmma

    Foto: Instagram /@thenotoriousmma

    Foto: Instagram /@thenotoriousmma

    Bundan tashqari, Konor 4 million dollar va 3 million dollarlik ikkita yaxtaga ham egalik qiladi.

    Foto: Instagram / @thenotoriousmma

    Foto: Instagram / @thenotoriousmma

    Konorning uylari haqida

    Foto: Instagram / @thenotoriousmma

    Foto: Instagram / @thenotoriousmma

    Ishi yuzasidan Makgregor ikki qit’ada yashashga majbur. Qo‘shma Shtatlarda Konorning bahosi 2,5 millionga dollarga teng bo‘lgan hashamatli villasi bor.

    Foto: Instagram / @thenotoriousmma

    Foto: Instagram / @thenotoriousmma

    Shuningdek, uning ixtiyorida Ispaniyadagi ham villa mavjud bo‘lib, u shundoqqina sohil bo‘yida joylashgan. Uning narxi 2,2 million dollarni tashkil qiladi.

    Va, albatta, vatani Irlandiyada ham uyi bo‘lib, uning narxi biroz kamtarroq – 2 mln yevro, ammo bu devorlarning qiymati pulda emas, balki ularning joylashgan hududidadir:

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    “Amerika yoki Irlandiya? Do‘stim, agar bu savolni yana bir marta eshitsam, yuzingni bejab qo‘yaman. AQSh hech qachon mening uyim bo‘lmaydi. Mening uyim Irlandiya. Vatanim bilan faxrlanaman va hech narsaga qaramay, bizda hamma narsa yaxshiligiga ishonaman. Amerikaga kelishimning yagona sababi UFC. Irlandiya – yer yuzidagi eng yaxshi joy. Men baxtli va mag‘rur irlandman”, – deydi Konor vatani haqida.

    E’tiborga molik tomoni, Konor ishlagan pullarini faqat sarflash bilan shug‘ullanmaydi, balki ularni boshqa tadbirkorlik sohalariga ham yo‘naltiradi. Bugunga kunda u bir qator dasturlar va ilovalar bilan birga spirtli ichimliklar mahsulotlarini ishlab chiqaradigan shaxsiy kompaniyasiga ham asos solgan.

    Mavzuga doir: Bolalik, UFC, yashash tarzi, mashinalar va shaxsiy hayot. Habib Nurmagomedovning hayot yo‘li haqida

    19.11.2020, 23:58   Izoh (0)   31939
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    AQShda o‘smir otasining 3,4 mln dollarlik Pagani Huayra superkarida avariyaga uchradi (video)

    19.11.2020, 22:58

    Jizzaxda maktab o‘quvchisi boshqaruvidagi “Niva” ikki voyaga yetmagan piyodani urib yubordi

    19.11.2020, 20:48

    Toyota robotlashtirilgan haydovchisiz boshqariluvchi “zapravkachi” loyihasini taqdim etdi

    19.11.2020, 16:23

    Popda Lacetti’ning Damas’ga urilishi oqibatida bir kishi vafot etdi

    19.11.2020, 14:34

    Buxoroda Lacetti yo‘lni kesib o‘tayotgan ota-bolani urib ketdi. Bola vafot etdi, otaning ahvoli og‘ir

    19.11.2020, 13:35

    Sergelida Isuzu va Matiz to‘qnashuvi oqibatida ikki mashina ham yonib ketdi (video)

    19.11.2020, 12:10
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Inflyatsiya va jamg‘armalar: Nega pul o‘z qiymatini yo‘qotadi?


    SonetUzStyle – ijodiy kontent uchun Kia Sonet sovg‘a qilamiz


    HONOR ilhomlantiruvchi AI texnologiyalarga ega HONOR 400 seriyasini taqdim etdi


    Farg‘ona viloyatida mo‘l hosil: fermerlar 95 sentnerdan ortiq g‘alla yetishtirdi 


    Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Fitch Ratings agentligining xalqaro kredit reytingini “BB, barqaror” darajasiga oshirdi


    Imzodan Engelberg premium romlari hashamatlikning timsolidir


    NRG Uzbekistan 60 gektar maydonda "shahar ichida shahar" keng ko‘lamli turar-joy loyihasini ishga tushirmoqda


    Toshkentda navbatdagi SAG XL gilam do'koni o'z ishini boshladi


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    Smart Business va UZCARD Farg‘ona tadbirkorlari uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda 


    “O‘zbekgidroenergo” AJning xalqaro kredit reytingi BB (barqaror) darajasiga ko‘tarildi


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    Burger va lavashdan tortib kabob hamda flat-white’gacha — barchasi bir joyda!  

     

    Tavsiya etamiz

    SSSRning qo‘shni davlatga bosqini tarixi: Afg‘onistonda yodgorlik o‘rnatilgan yagona sovet askari kim edi?

    5 iyul, 15:22

    “Erishib bo‘lmaydigan ball belgilangani yo‘q” — “El-yurt umidi” jamg‘armasi ijrochi direktori

    4 iyul, 22:11

    “AQSH o‘yindan chiqmoqchi”. Ukraina Qo‘shma Shtatlar yordamisiz qayergacha bora oladi?

    4 iyul, 19:55

    Isroil AQSHga hujum qilgan kun: o‘nlab amerikaliklarni o‘ldirish bu anglashilmovchilik edimi yoki fitna?

    2 iyul, 19:45
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Toshkentda iyun oyida tilanchilik bilan shug‘ullangan 70 kishiga nisbatan maʼmuriy qamoq jazosi tayinlangan

    O‘zbekiston | 5 iyul, 20:28

    Makron Starmerdan Falastinni davlat sifatida tan olishni talab qilmoqda — Telegraph

    Dunyo | 5 iyul, 19:50

    Tramp Eronni uran boyitish ishlarini davom ettirayotganlikda aybladi

    Dunyo | 5 iyul, 19:05

    Burger va lavashdan tortib kabob hamda flat-white’gacha — barchasi bir joyda!

    Reklama | 5 iyul, 18:48

    Kelasi hafta avvalida harorat biroz pasayadi

    O‘zbekiston | 5 iyul, 18:25

    Toshkentda navbatdagi SAG XL gilam do'koni o'z ishini boshladi

    Reklama | 5 iyul, 19:30

    Yashil energiyaga zarba: Tramp yangi qonun bilan imtiyozlarni bekor qildi

    Dunyo | 5 iyul, 18:00

    Toshkentda 33 yoshli ayolni fohishalik uchun Moskvaga jo‘natayotgan shaxs ushlandi

    O‘zbekiston | 5 iyul, 17:50

    Namanganda gaz tarmog‘iga o‘g‘rincha ulanib olgan bog‘ egasi davlatga 1,4 mlrd so‘m zarar yetkazdi

    O‘zbekiston | 5 iyul, 17:00

    “Liverpul” Jotaning oilasiga futbolchi bilan tuzilgan shartnoma bo‘yicha maosh to‘lab boradi

    Sport | 5 iyul, 16:53
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.