Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Serbiya hukumati koronavirus tarqalishi munosabati bilan 24-noyabrdan yangi cheklovlarni joriy qildi, deb yozadi “RBK” mamlakat hukumati saytiga tayanib.

Foto: AP Photo

Foto: AP Photo

Xususan, restoranlar, kafelar, barlar, tungi klublar, bukmekerlik kontoralari va savdo markazlari faoliyati cheklanadi — ular 18:00 da yopilishi kerak. Shuningdek, besh kishidan ko‘proq bo‘lib bir joyga to‘planish ham taqiqlangan. Do‘konlarda va savdo markazlarida har bir kishi uchun 4 metr kvadrat maydon to‘g‘ri kelishi kerak. Ishchilarning ko‘pchiligi masofadan ishlashga o‘tkazilishi kerak.

Jamoat joylarida va transportda niqob taqish majburiy. Shahar transporti yarmigacha to‘lishi kerak.

Cheklov choralari 10 kunga joriy qilinmoqda. Agar epidemiologik vaziyat yaxshilanmasa, bu choralar uzaytirilishi mumkin.

Serbiya Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatda epidemiya boshidan buyon 126 187 kishi koronavirusga chalingan. Vafot etganlarning umumiy soni 1237 kishini tashkil etadi.

Bir necha o‘nlab mamlakatlar COVID-19 tarqalishi tufayli yangi cheklovlar joriy qilishga ulgurdi, ular orasida Yevropa mamlakatlari ham bor. Chexiya, Belgiya, Italiya kabi mamlakatlarda komendantlik soati amal qilmoqda. Ba’zi mamlakatlar, shu jumladan, Gretsiya, Avstriya, Fransiya va Buyuk Britaniya o‘zini o‘zi yakkalash rejimiga qaytishga qaror qildi.

Avvalroq Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining COVID-19 bo‘yicha maxsus elchisi Devid Nabarro mamlakatlar infeksiyaga qarshi kurash uchun zarur infratuzilmani yaratmasa, Yevropada koronavirus tarqalishining uchinchi to‘lqini ko‘tarilishi mumkinligi haqida ogohlantirgan edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Irlandiyadagi qamoqxonada “buyuk qochish”, sakkiz soatli ish rejimini qo‘llagan Genri Ford va qon quyish bo‘yicha birinchi muvaffaqiyatli amaliyot. Kun xronologiya...
Mahalliy
“Daryo” reportaji: Namangandan topilgan zardushtiylar ibodatxonasining dunyoda tengi yo‘qligi aytilmoqda. Bu yerdagi 70 ta otashkadada tun-kun olov yonib turgan (v...
Madaniyat
O‘zbekistonda o‘tkazilgan Mokkoji Korea festivali va K-pop konserti — suratlarda