Belgiya hukumatining koronavirus tarqalishini oldini olish va fuqarolarning o‘zini yakkalash bo‘yicha olib borgan maqsadli siyosati natijasida ikki hafta ichida mamlakatda COVID-19 bilan kasallanish holati 61 foizga — har 100 ming aholiga 688,1 holatga qadar tushdi. Bu haqda Belgiyaning Sciensano tibbiy tadqiqot institutiga tayanib, “Korrespondent.net” xabar berdi.

Foto; Reuters

Noyabr boshida Belgiya har 100 ming kishiga 1609 ta kasal to‘g‘ri kelayotgani sabab Yevropa mamlakatlari orasida yetakchilardan biri bo‘lib kelayotgandi.

Joriy haftada har kuni koronavirusga chalinish holati bilan kasalxonalarga o‘rtacha 372 nafar yangi bemor murojaat qilgan, bu o‘tgan haftaga nisbatan 25 foizga kam demak. Belgiya shifoxonalarida hozirda jami 5650 nafar bemor qolmoqda, ularning 1284 nafari intensiv terapiya bo‘limida, 837 nafari o‘pkani sun’iy nafas oldirish apparatiga ulangan.

Belgiyada pandemiya boshlanganidan buyon koronavirusga chalinganlar soni 550 ming kishidan oshgan. Bu davr oralig‘ida mamlakatda 5,6 milliondan ortiq test olingan bo‘lib, 21-oktabrdan boshlab Belgiyada testlar faqat kasallik belgilari kuzatilgan odamlardan olinmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Belgiyada 19-oktabrdan koronavirus sabab komendantlik soati joriy etilgan.