Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi 882,8 million so‘mga Toyota Prado sotib oldi. Bu haqda Davlat xaridlari portalidagi ma’lumotlarda keltirilgan.

Lot raqami 1809329 bo‘lgan xarid Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi tomonidan 2020-yilning noyabr oyida amalga oshirilgan bo‘lib, buyurtma Nukus shahriga yetkazib berilishi kerak bo‘lgan.

Shuningdek, ushbu portal ma’lumotlariga ko‘ra, Jo‘qorg‘i Kenges bundan ikki yil oldin — 2018-yilning dekabrida ham Toyota Prado-200 xarid qilgan. O‘shanda ushbu xarid 886 million so‘mga tushgan.

Skrinshot: Davlat xaridlari portali

Skrinshot: Davlat xaridlari portali

Avvalroq Davlat aktivlarini boshqarish agentligi ijtimoiy tarmoqda keng jamoatchilik tomonidan bildirilayotgan fikrlarni inobatga olgan holda Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy boshqarmasi uchun Trailblazer avtomobilini sotib olish fikridan qaytgan edi.

Eslatib o‘tamiz, noyabr boshida Zarbdor tumani hokimi Zafar Ro‘ziyev Captiva xizmat mashinasi bo‘la turib, 370 million so‘mga Trailblazer, shuningdek, pandemiya davrida Uchqo‘rg‘on, Pop, Qo‘shrabot va Narpay tumanlari hokimliklari ham Trailblazer sotib olgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Denov tumani hokimligi esa karantin kuchaytirilgan paytda — 2020-yilning iyulida 398 million so‘mga Trailblazer LTZ-AT, Namangan viloyati hokimligi ham iyulda budjet mablag‘lari hisobidan 1 milliard 579 million so‘mga Toyota LC200 avtomobilini hamda sentabr oyida qariyb 400 million so‘mga Trailblazer LTZ-AT rusumli avtomobil xarid qilgan.

Bundan tashqari, Mirzacho‘l tumani hokimligi 370 million so‘mga Trailblazer, Qashqadaryo viloyati hokimligi hokim o‘rinbosariga 349 million so‘mga Equinox, hokimning xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchisigayordamchisi hamda ishlar boshqarmasi boshlig‘iga 621 million so‘mga 3 ta Tracker xizmat mashinalari sotib olgan.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burhonov mansabdor shaxslar pandemiya sharoitida davlat mablag‘larining samarali sarflanishi naqadar muhim ekanligini to‘la anglab yetmayotgani, qimmat narxlardagi xizmat avtotransportlarini xarid qilinayotganiga munosabat ham bildirgan. Shuningdek, Prezidentning yangi qaroriga ko‘ra, tuman hokimlariga narxi 267,5 million so‘mdan yuqori xizmat avtomobili sotib olish taqiqlanishi mumkinligi ma’lum qilingandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Madaniyat
Instagram: Ustozlarini tabriklayotgan mashhurlar, onasiga qo‘shni bo‘layotgan Nilufar Usmonova, Ziyodaning volidasiga atalgan syurprizi
Sport
A Seriya. “Roma” Eldor Shomurodov maydonga tushmagan o‘yinda “Inter”ni mag‘lub etdi
Dunyo
Nikaragua hukumati Niderlandiya bilan diplomatik munosabatlarni uzdi