Kattaqo‘rg‘on tuman hokimligida xalq deputatlari tuman kengashining navbatdan tashqari sessiyasi o‘tkazildi, deb xabar bermoqda Samarqand viloyati hokimligi.
Ma’lum qilinishicha, sessiya kun tartibida tashkiliy masala ko‘rildi. Tuman hokimi vazifasini bajaruvchi tasdiqlandi.
Qayd etilishicha, xalq deputatlari Kattaqo‘rg‘on tuman kengashining navbatdan tashqari sessiyasida deputatlar tomonidan tuman hokimi vazifasini bajaruvchi etib Jamshid Nasriddinov nomzodi tasdiqlangan.
Jamshid Nasriddinov shu vaqtga qadar Samarqand viloyati Qishloq xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgandi.
Eslatib o‘tamiz, 2020-yilning 29-oktabr kuni Qilichbek Xudoyberdiyev Kattaqo‘rg‘on tumani hokimi vazifasini vaqtinchalik bajaruvchi etib tayinlandi. U avvalroq kasallik oqibatida olamdan o‘tgan A’zamxon Bahromov o‘rnida ish boshlagandi. 2017-yildan buyon Kattaqo‘rg‘on tumaniga rahbarlik qilib kelgan A’zamxon Bahromov 2020-yilning 19-oktabrda kasallik oqibatida 60 yoshida vafot etgandi.
Izoh (0)