Dortmundning “Borussiya” klubi Bundesliga 8-turida “Herta”ni mag‘lubiyatga uchratdi (5:2).

Foto: Twitter

Dortmundliklarning beshta golidan to‘rttasiga Erling Holand mualliflik qildi. Holand Germaniya chempionatidagi dastlabki 22 o‘yinida 23 ta gol urishga erishdi.

Bu chempionat tarixidagi rekord natija hisoblanadi. Undan avvalgi rekord “Hamburg” sobiq hujumchisi Uve Zeyelerga tegishli bo‘lib, u 1953—1972-yillarda dastlabki 22 o‘yinida 20 ta gol urgan.

Eslatib o‘tamiz, Golden Boy—2020 sovrini sohibi Erling Holand 2020/21-yilgi mavsumda 7 ta o‘yin o‘tkazib, 10 gol va ikkita golli uzatma muallifiga aylandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!