Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Prezident Shavkat Mirziyoyev 19-noyabr kuni bir qator obyektlarni, jumladan, O‘zbekiston davlat san’at muzeyining yangi binosi loyihasi taqdimoti bilan tanishdi. Bu haqda “O‘zbekiston 24” telekanalining informatsion dasturida ma’lum qilindi.

Kadr: O‘zbekiston 24

Kadr: O‘zbekiston 24

Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi buyurtmasiga binoan taniqli yapon me’mori Tadao Ando tomonidan ishlab chiqilgan loyihaga binoan Davlat san’at muzeyining hozirgi binosi yonida yangi uch qavatli dumaloq shakldagi inshoot qurilishi rejalashtirilgan.

Muzey uchun yangi bino qurish zarurati mavjud binoning ko‘rgazma imkoniyatlari cheklanganligi bilan bog‘liq – hozir u yerda eksponatlarning atigi 2 foizini taqdim etish mumkin. Yangi inshoot qurilishi bilan muzeyning imkoniyatlari va maydoni ancha kengayadi.

Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov San’at muzeyini “Yangi O‘zbekiston uchun eng muhim muzeylardan biri” deb atadi.

Kadr: O‘zbekiston 24

Kadr: O‘zbekiston 24

“Ayni paytda Toshkentdagi San’at muzeyi rekonstruksiya qilinmoqda. Men ushbu muzeyni yangi O‘zbekiston uchun eng muhimlaridan biri deb bilaman. Barchamiz yaxshi bilamizki, muzey - tarix, muzey bu - tarbiya.

Bundan tashqari, Toshkentda bunday katta muzey yo‘q. Hozir muzey eksponatlarning atigi 2 foizini namoyish etish imkoniyatiga ega”, – dedi Madaniyat vazirligi rahbari.

Kadr: O‘zbekiston 24

Kadr: O‘zbekiston 24

Sentabr oyida hukumat komissiyasi muzeyni rekonstruksiya qilish loyihasining dizayn konsepsiyasini ma’qullagandi. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-dekabrdagi qarori bilan xiyobonning Shahrisabz, Taras Shevchenko va Yoqub Kolas ko‘chalari kesishmasida joylashgan qo‘shni hududi uni kengaytirish va modernizatsiya qilish uchun muzeyga o‘tkazildi.

Ta’kidlanishicha, qo‘shimcha hududda shisha va betondan ishlangan va Tadao Ando me’morchiligi uchun xos bo‘lgan umumiy maydoni 17 ming kvadrat metrdan ortiq bo‘lgan yangi ko‘rgazma galereyasi qurilishi rejalashtirilgan.

Kadr: O‘zbekiston 24

Kadr: O‘zbekiston 24

Prezidentga taqdim etilgan loyihaning eskizlariga ko‘ra, yangi bino Belarus yozuvchisi va shoiri Yoqub Kolasning byusti joylashgan maydonning muhim qismini egallaydi va ilgari u yerda o‘zbek shoirasi Zulfiyaning haykali bo‘lgan.

https://www.youtube.com/watch?v=t1jyQTe0vPo&ab_channel=O%27zMTRKO%27zbekistonmilliyteleradiokompaniyasi

Izoh
Asosiy yangiliklar
Iqtisodiyot
Jahon banki dunyo 2030-yilga borib o‘ta qashshoqlikni bartaraf eta olmasligini ma’lum qildi
Mahalliy
Andijonda muqaddam uch marta sudlangan 42 yoshli erkak boshqa fuqaroni pichoqlab o‘ldirdi
Dunyo
Shimoliy Koreya o‘zining raketa sinovlarini AQSH va Janubiy Koreya mashg‘ulotlariga “adolatli javob” deb atadi