Daryo

O‘zbekiston San’at muzeyi binosi yonida uning yangi uch qavatli inshooti qad ko‘taradi

Loyiha muzey binosining tarixiy qiymati va yaxlitligini saqlab qolgan holda me’morchilikdagi zamonaviy tendensiyalarni hamda bugungi kunning ijtimoiy arxitekturasini aks ettiradi

1 daqiqa o‘qish19 272 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Prezident matbuot xizmati

Shavkat Mirziyoyev 19-noyabr kuni O‘zbekiston davlat san’at muzeyining yangi binosi loyihasi bilan tanishdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi buyurtmasi bilan dunyoga mashhur yapon me’mori Tadao Ando tomonidan ishlab chiqilgan loyihaga muvofiq, muzeyning mavjud binosi yonida aylana shaklida uch qavatli yangi inshoot qad ko‘tarishi ko‘zda tutilgan.

Foto: Prezident matbuot xizmati

“Bu qurilishning ahamiyati shundaki, muzeyning hozirgi sharoiti bilan mavjud eksponatlarning bor-yo‘g‘i 3 foizini namoyishga qo‘yish mumkin. Yangi imorat qurilgach, ushbu san’at dargohining ko‘rgazma maydoni kengayadi”, -— deyiladi rasmiy axborotda.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Ta’kidlanishicha, loyiha muzey binosining tarixiy qiymati va yaxlitligini saqlab qolgan holda me’morchilikdagi zamonaviy tendensiyalarni hamda bugungi kunning ijtimoiy arxitekturasini aks ettiradi, “poytaxtimiz ko‘rkiga ko‘rk qo‘shadi”.

Mavzuga doir: Hukumat yapon me’mori loyihalashtirgan O‘zbekiston Davlat san’at muzeyi binosini rekonstruksiya qilish konsepsiyasini tasdiqladi

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar