Daryo

Foto: Olmazorning 150 ming kishi yashaydigan yo‘ldosh shaharchasi loyihasi

Ushbu hududida 150 ming aholiga mo‘ljallangan ko‘p qavatli uylar, maktab, istirohat bog‘i va tijorat hududi qurilishi ko‘zda tutilgan

1 daqiqa o‘qish52 518 ko‘rishlar0 izoh0
Kadr: O‘zbekiston 24

Prezident Shavkat Mirziyoyev Olmazor tumaniga yaqin joylashgan Toshkentning yo‘ldosh shahridagi “Yashil vodiy” turar joy majmuasi loyihasi bilan tanishdi. Loyiha taqdimotini poytaxt hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev taqdim etdi.

Kadr: O‘zbekiston 24

Prezident Shavkat Mirziyoyev 2020-yil 12-iyul kuni Toshkent shahrining Olmazor tumaniga tashrifi doirasida Toshkent viloyati Toshkent tumanining Toshkent shahar Olmazor tumaniga yaqin 260 gektar hududida yangi yo‘ldosh shaharcha qurilishini ma’lum qilgan edi.

19-noyabr kuni taqdim etilgan loyihaga ko‘ra, 200 gektardan ziyod maydonda 150 mingdan ziyod odam uchun ko‘p qavatli uylar, maktab, bolalar bog‘chasi, istirohat bog‘i va savdo zonasini qurish rejalashtirilgan.

Yo‘ldosh shaharcha va sanoat zonasi (qizil rangda belgilangan) quriladigan hudud
Yo‘ldosh shaharcha quriladigan hududSkrinshot: Google.Maps

Shavkat Mirziyoyevning Olmazor tumaniga tashrifi yakunlari bo‘yicha tayyorlangan Prezident Administratsiyasining 22-iyundagi protokolida poytaxt ma’muriyatining “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi yo‘ldosh shahar qurilishiga buyurtmachi sifatida qayd etilgan.

Kadr: O‘zbekiston 24

Bayonnomada qayd etilishicha, bosh dizayner va bosh pudratchi tanlov orqali aniqlanadi va shaharning bosh rejasi xorijiy loyihalash tashkilotlari bilan birgalikda ishlab chiqiladi. Agar yo‘ldosh shaharda muhandislik tarmoqlarini qurish uchun energetika va uy-joy kommunal xizmatlari vazirliklari javob beradigan bo‘lsa, u holda avtomobil yo‘llari va yo‘l o‘tkazgichlarini qurish Toshkent shahar hokimligi tomonidan amalga oshirilishi kerak.

https://www.youtube.com/watch?v=t1jyQTe0vPo&ab_channel=O%27zMTRKO%27zbekistonmilliyteleradiokompaniyasi

Mavzuga doir: Shavkat Mirziyoyev Imom Buxoriy majmuasini jahon andozalari darajasida sifatli qurish haqida ko‘rsatma berdi

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar